330
gorizontal integratsiyaga ehtiyoj ham mavjud boʻlib, u bitta tashkilot
doirasidan tashqarida boʻlib, firmaning oʻzini, sheriklari, etkazib
beruvchilari va mijozlarini ham qamrab oladi.
Turli zamonaviy texnologiyalar yordamida raqamli transformatsiyani
amalga oshirish tegishli raqamli platformaga asoslanishi kerak.
Raqamli
platforma deganda maqsadli fan sohasini boshqarish uchun yagona
avtomatlashtirilgan tizimga axborot va texnologik jihatdan birlashtirilgan
raqamli ma’lumotlar, modellar va vositalar tushuniladi,
bundan tashqari,
ushbu platforma manfaatdor tomonlarning bir-biri bilan oʻzaro
munosabatlarini tashkil qilishi kerak.
Har bir raqamli platformaning atrofida tegishli raqamli korxona
ekotizimi, shu jumladan resurslar va komponentlarni yetkazib beruvchilar,
iste’molchilar, xizmatlar va operatsiyalarni yetkazib beruvchilar paydo
boʻladi. Amaliy jarayonlar,
ularning samaradorligi, sifat menejmenti va
operatsion rejalashtirish toʻgʻrisidagi barcha ma’lumotlar real vaqt rejimida
tashkilotning yaxlit tarmogʻida mavjud boʻlishi ham muhimdir.
Yuqoridagilarning barchasini sarhisob qilsak, korxona ishlab
chiqarish hajmi va qiymatining keskin oʻsishi, shuningdek uning bozordagi
raqobatbardoshligi barcha biznes jarayonlarini toʻliq raqamli oʻzgartirish
sharti bilan amalga oshiriladi.
Raqamlashtirishning maqsad va vazifalari
Ilgari, ishlab chiqarishni optimallashtirish
uning individual
elementlari va bosqichlarini modernizatsiya qilishni oʻz ichiga olgan.
Boshqa tomondan, raqamlashtirish oddiy korxonani raqamli korxonaga
aylantirish boʻlib, uni nafaqat ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini,
balki kompaniyaning barcha faoliyat turlarini
yangilashni ham qamrab
oladigan global jarayon sifatida qarash mumkin.
Raqamlashtirishning umumiy kontseptsiyasiga asoslanib, uning
maqsadi ishlab chiqarishda qarorlarni qabul qilish tezligini oshirish, ishlab
chiqarish jarayonlarining oʻzgaruvchanligini oshirish va ish bilan band
boʻlgan xodimlar sonini kamaytirishdir.
Belgilangan maqsadlarga
raqamli transformatsiya orqali, mehnat
unumdorligi, kooperatsiya, hamkorlik, sifat nazorati, qoʻllab-quvvatlash va
ishlab chiqarish natijalarini bashorat qilishning yuqori darajasiga erishiladi.
331
Bu foyda, raqobatbardoshlikni va korxonaning umumiy bozor qiymatini
keskin oshirish imkoniyatini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: