350
Axborot
texnologiyalari
sohasida
kadrlarni
tayyorlash bo‘yicha oliy ta’lim va o‘rta maxsus
ta’lim muassasalariga qabul kvotalar soni
ming
7
1
2
1
5
2
0
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-yil 1-yanvardan
boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi barcha uchun ochiq bo‘lgan
mahalliy dasturiy mahsulotlar va IT-xizmatlar elektron platformasini
yaratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi:
mahalliy
IT-kompaniyalar
va
dasturiy
mahsulotlar
ishlab
chiqaruvchilar hamda ularning mahsulotlari va xizmatlarining yagona
ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, ularga o‘z mahsulotlarini
ichki va tashqi bozorlarda ilgari surishda ko‘maklashish;
davlat organlari va tashkilotlarida
axborot tizimlari va boshqa
dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha rejalashtirilayotgan loyihalar
to‘g‘risida ma’lumotlarni e’lon qilish;
mamlakatda
raqamli
iqtisodiyotni
rivojlantirishning
amaliy
masalalarini hal qilish hamda axborot texnologiyalari sohasidagi qonun
hujjatlarini takomillashtirish jarayonida samarali va ochiq muloqotni
yo‘lga qo‘yish.
2020-yil 1-noyabrdan boshlab yopiq binolarda aloqani tashkil etish
maqsadida mobil aloqa operatorlari uchun ajratilgan radiochastota
doirasida 500 mVt dan oshmaydigan
quvvatda ishlaydigan baza
stansiyalaridan foydalanishga ruxsatnomani rasmiylashtirish bo‘yicha
talablar bekor qilindi.
2020-yil 1-noyabrdan boshlab mobil aloqa operatorlari uchun:
telekommunikatsiya qurilmalari va inshootlarining qurilish-montaj,
rekonstruksiya, sinovdan o‘tkazish va integratsiya qilish ishlarini
yakunlash hamda tijorat maqsadida foydalanishni yo‘lga qo‘yish,
shuningdek,
telekommunikatsiya
qurilmalari
va
inshootlarining
konstruksiyasini
o‘zgartirish,
mavjud
qurilmalardagi
hamda
telekommunikatsiya liniyalari va inshootlaridagi uskunalarni kengaytirish
bo‘yicha xabardor qilish tartibi joriy etildi;
radioelektron qurilmalar, asbob-uskunalar
va boshqa qurilmalarni
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish ruxsatnomasini, sotib olish,
351
o‘rnatish, loyihalash va qurish uchun ruxsatnoma olmasdan, belgilangan
tartibda rasmiylashtirish huquqi berildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda har yili 1-
dekabrga qadar raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishlarida
ilmiy-
tadqiqot va innovatsion loyihalarning maqsadli dasturlarini Fan va
texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashiga tasdiqlash uchun kiritib
boradi hamda ushbu sohada alohida e’tiborni quyidagilarga qaratadi:
axborot texnologiyalari sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha
fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borish;
iqtisodiyot tarmoqlarida virtual va to‘ldirilgan reallik, sun’iy
intellekt, kriptografiya, mashinali o‘qish, katta ma’lumotlarni tahlil qilish
va “bulutli” hisoblash texnologiyalaridan
foydalanish imkoniyatlarini
o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish;
istiqbolli innovatsion ishlanmalar va startap-loyihalarini amalga
oshirish hamda ularni tijoratlashtirish va texnologiyalar transferini qo‘llab-
quvvatlash.
Belgilab qo‘yilsinki, maqsadli dasturlarni moliyalashtirish xarajatlari
ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan
mablag‘lar doirasida, shuningdek, Innovatsion rivojlanish va novatorlik
g‘oyalarini
qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasi
hamda
Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan qoplanadi.
Dostları ilə paylaş: