352
mobil va yo‘ldosh aloqa operatorlarining investitsion faolligini
rag‘batlantirishning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratish;
mobil aloqa tarmog‘ini 4G va 5G texnologiyasi bo‘yicha
rivojlantirish,
Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha
viloyatlar markazlarini beshinchi avlod aloqa tarmog‘i bilan bosqichma-
bosqich qamrab olish;
barcha aholi punktlari va ijtimoiy obyektlarni optik va mobil keng
polosali xizmatlardan foydalanish tarmoqlari bilan qamrab olish;
avtomagistral va temir yo‘llari, turistik
obyektlarni mobil aloqa
tarmoqlari bilan qoplashni ta’minlash;
Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanish tariflarini takomillashtirish
va optimallashtirish;
geografik joylashuvidan qat’iy nazar, fuqarolarning o‘sib borayotgan
axborotga ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun keng polosali simsiz va mobil
texnologiyalarni yanada rivojlantirish;
iste’molchilarga televizion signalni uzatish, yer usti televizion
eshittirish, kabel televideniyesi, IP-televideniye, ma’lumotlar
uzatish
tarmoqlari, mobil aloqa, Internet texnologiyalaridan foydalangan holda
teleradioeshittirish, televizion va radio xizmatlarining barcha turlarini
to‘liq qamrab olgan holda raqamli eshittirishni takomillashtirish;
“bulutli” hisoblashlar asosida ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash
markazlarini rivojlantirish, foydalanuvchi talablariga muvofiq, O‘zbekiston
Respublikasining axborot resurslariga doimiy ulanishni ta’minlash;
bozorning
erkin
rivojlanishi
imkoniyatini
saqlab,
telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish uchun sharoitlarni yaxshilash,
biznes yuritish va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun
ma’muriy to‘siqlarni
kamaytirish;
elektron hukumat doirasida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish
uchun barcha davlat organlari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarini
idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulagan holda ushbu tarmoqni
rivojlantirish;
mamlakatimiz hududida davlat organlari, jismoniy va yuridik
shaxslar uchun axborotni saqlash, qayta ishlash, himoya qilish va elektron
davlat xizmatlarining foydalanuvchanligini ta’minlash mexanizmlarini
takomillashtirish;
353
davlat organlari faoliyatini raqamlashtirish va elektron davlat
xizmatlarini ko‘rsatish doirasida “xizmat sifatida dasturiy ta’minot”,
“xizmat
sifatida
platforma”,
“xizmat
sifatida
infratuzilma”
texnologiyalarini
keng joriy etish;
shahar infratuzilmasini boshqarishda raqamli texnologiyalarni joriy
etish orqali transport logistikasi, shahar infratuzilmasi, shahar muhitining
sifati, shahar rivojlanishini boshqarish samaradorligi, jamoat,
biznes va
yashash joylari bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun “aqlli” va
“xavfsiz” shahar loyihalarini izchil amalga oshirish;
keng
polosali
ulanishni
rivojlantirishning
texnologik
asosi
iste’molchilarga asosiy va qo‘shimcha xizmatlarni, shu jumladan
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish xizmatlarini, aholining hayotini
qo‘llab-quvvatlashda aqlli tizimlarni joriy etishning
bir qismi sifatida
individual infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga bosqichma-bosqich
kirishni ta’minlash uchun yagona infratuzilma yordamida multiservis
tarmoqlarini rivojlantirish;
mavjud aloqa (simsiz va optik), simli va simsiz aloqa texnologiyalari
va tizimlari, shuningdek, yangi geografik
axborot va navigatsiya
tizimlarining samaradorligini oshirish yo‘llarini o‘z ichiga olgan aloqa va
navigatsiya texnologiyalarini rivojlantirish;
aloqa operatorlari o‘rtasida raqobatni rivojlantirish uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratish.
Dostları ilə paylaş: