360
innovatsion
g‘oyalar,
startaplar
va
venchur
loyihalarini
moliyalashtirish tizimining barqaror zanjirini rivojlantirish uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish;
axborot texnologiyalari sohasida yangidan
ish boshlagan va kichik
korxonalarga startap-loyihalarni amalga oshirishda, innovatsiya faoliyati
natijalarini investitsiyalarni jalb qilgan holda ko‘maklashish;
sportchilarni kompyuter sport turlari bo‘yicha, shu jumladan davlat-
xususiy sheriklik shartlari asosida o‘qitish uchun kompyuter sport
markazlari (professional klublar) tarmog‘ini yaratish;
kompyuter o‘yinlari sanoatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha
kompleks
chora-tadbirlarni
amalga
oshirish,
xorijiy
investitsiyalarni
mahalliy
IT-mahsulotlarini
ishlab
chiqish
va
rag‘batlantirishga
jalb qilish, ushbu sohadagi malakali mutaxassislarni
tanlab olish va tayyorlash;
axborot texnologiyalari sohasida autsorsing xizmatlari bozorini
rivojlantirish uchun zarur tashkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy
sharoitlarni yaratish;
loyiha boshqaruviga o‘qitishni
joriy etish, shuningdek, startap-
loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi inkubatsiya va akseleratsiya markazlari
faoliyatini tashkil etish orqali axborot texnologiyalari sohasidagi oliy
ta’lim sifatini oshirish;
IT-parkning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalarini ochish orqali
mahalliy dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilarining manfaatlarini ifodalash
hamda ularga o‘z mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda ilgari surishda
ko‘maklashish;
har tomonlama tahliliy va amaliy tadqiqotlar asosida raqamlashtirish
jarayonlarining ishlab chiqarish va iqtisodiyot tarmoqlariga ta’sirini
baholash
va
kelgusida
mamlakat
iqtisodiyotining
raqamli
transformatsiyasini kengaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
axborot texnologiyalari sohasida tijoratlashtirish salohiyati baland
bo‘lgan yuqori texnologik mahsulotlar yaratilishiga yo‘naltirilgan ilmiy-
tadqiqot ishlanmalari ishlab chiqilishini rivojlantirish
;
IT-park asosida ilg‘or texnologiyalardan (Big Data, IoT, AI
blokcheyn va boshqalar) foydalangan holda ustuvor tarmoqlar uchun “aqlli
yechimlar” ni ishlab chiqishni rag‘batlantirish;
361
biznes korxonalari, universitetlar, ilmiy-tadqiqot
institutlari va ilmiy
markazlar o‘rtasidagi hamkorlikka asoslangan yuqori texnologiyali
tadbirkorlik markazlari va klastyerlarini yaratishga ko‘maklashish;
texnoparklar, akseleratorlar va inkubatorlarni xakatonlar, tanlovlar va
konferensiyalar orqali tizimli ravishda davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash va grant subsidiyalari berish.
Dostları ilə paylaş: