Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim berish va malaka oshirishning
ustuvor yo‘nalishlari
Aholining barcha qatlamlarida raqamli ko‘nikmalarni oshirish
maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
yoshlar
orasida
axborot
texnologiyalarini
ommalashtirish,
shuningdek, aholining barcha qatlamlari orasida raqamli texnologiyalardan
foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
keksa va o‘rta yoshdagi aholiga Internet jahon axborot tarmog‘ida
ishlash, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan va boshqa
texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarni o‘z ichiga olgan
kompyuter savodxonligi kurslarini tashkil etish;
axborot texnologiyalari sohasida masofaviy, onlayn va virtual
o‘qitish texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, onlayn kurslar uchun
platformalar ishlab chiqish;
raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali kadrlar avlodini
shakllantirish maqsadida umumta’lim maktabi o‘quvchilariga dasturlashni
o‘rgatish uchun sharoit yaratish;
aholi o‘rtasida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish sohasida yirik IT-
korxonalarni jalb qilgan holda davlat xususiy sheriklik mexanizmlarini
tashkil qilish;
viloyat va shaharlarda raqamli ko‘nikmalar darajasidagi bo‘shliqni
bartaraf
etish
maqsadida
respublikaning
barcha
hududlarida
ixtisoslashtirilgan o‘quv markazlarini tashkil etib vertikal boshqaruv o‘quv
modeli tizimini tuman va shaharlar darajalarida (IT-park filiali-o‘quv
markazi-maktab) joriy etish;
raqamli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan aholi ulushini oshirish maqsadida
yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida bepul onlayn kurslarni tashkil
etish;
362
fuqarolarning raqamli iqtisodiyot sohasida bilim darajasini mustaqil
baholash, shu jumladan boshlang‘ich bilim darajasini bepul baholash
onlayn resurslarni tashkil qilish;
aholi o‘rtasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun “Bir
million dasturchi” loyihasini amalga oshirish.
Davlat boshqaruvida raqamli ko‘nikmalarni oshirish maqsadida quyidagi
tadbirlar amalga oshiriladi:
davlat xizmatchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
sohasidagi ko‘nikmalari va malakalarini oshirish mexanizmini
rivojlantirish va doimiy takomillashtirib borish;
iqtisodiyotning
real
sektorida
raqamlashtirishning
istiqbolli
sohalarida yangi yutuqlar muhokamasi bo‘yicha tadbirlarni (forumlar,
seminarlar, konferensiyalar va boshqalar) o‘tkazish;
iqtidorli IT-mutaxassislarini o‘qitish, qo‘llab-quvvatlash va ularni
targ‘ib qilish hamda mamlakatdan iqtidorli qatlamning chiqib ketishi oldini
olish uchun ularning rivojlanishiga imkoniyat yaratish;
raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini baholash
mexanizmlarini ishlab chiqish va bunda quyidagi jihatlarni inobatga olish:
axborot savodxonligi (qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan
ma’lumotlarni topish qobiliyati); kompyuter savodxonligi (raqamli
qurilmalar bilan ishlash qobiliyati); media savodxonligi (ommaviy axborot
vositalarini tanqidiy o‘rganish imkoniyati); kommunikativ savodxonlik
(zamonaviy raqamli aloqa vositalaridan foydalanish qobiliyati); texnologik
innovatsiyalarga
(yangi
texnologiyalarga)
ijobiy
munosabatni
shakllantirish;
ta’lim tizimiga har bir ta’lim darajasi uchun raqamli iqtisodiyotning
asosiy vakolatlariga qo‘yiladigan talablarning shakllanishi va joriy etilishi,
(vakolatlar modelini hisobga olgan holda) ularning uzluksizligini
ta’minlash;
davlat organlari xodimlarini malakasini oshirish uchun zamonaviy
ta’lim texnologiyalaridan va xodimlarning malakasini baholashning yangi
mexanizmlaridan foydalangan holda masofadan o‘qitish bo‘yicha yagona
elektron platformani yaratish;
davlat va mahalliy hokimiyat organlari raqamli rivojlanish bo‘yicha
ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarining mas’ul xodimlari bilan ishlash
mexanizmini takomillashtirish, shu jumladan raqamli texnologiyalarni
363
rivojlantirish maqsadlariga erishishga asoslangan moddiy rag‘batlantirish
tizimini (KPI) joriy etish;
raqamli
iqtisodiyot,
zamonaviy
axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini joriy etish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan
xodimlarni minimal ma’lumot darajasi va kasblar malakasi nuqtai
nazaridan xodimlarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblari
klassifikatoriga rioya qilmasdan jalb qilish.
Ta’lim sohasida raqamli ko‘nikmalarni oshirish maqsadida quyidagi
tadbirlar amalga oshiriladi:
ta’lim pog‘onasining boshlang‘ich bosqichida o‘quvchilarga raqamli
texnologiyalarni taqdim etish orqali raqamli ko‘nikmalarni o‘zlashtirish
uchun imkoniyatlar yaratish, tahliliy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish,
kelajakda zarur bo‘ladigan keng ko‘lamli raqamli transformatsiya
sharoitida yoshlarga bilim va ko‘nikmalar berish;
yagona masofaviy ta’lim platformasini kelajakda ta’limning barcha
yo‘nalishlarida tatbiq etish maqsadida yaratish va amalga oshirish;
o‘quvchilar uchun raqamli texnologiyalardan foydalanishning
umumiy darajasini oshirish maqsadida umumta’lim maktablarining asosiy
o‘quv dasturlariga doimiy o‘zgartirishlar kiritish;
texnologik kasblar va innovatsion faoliyat sohasida o‘qishni tashkil
etishga qaratilgan yuqori samarali xalqaro amaliyotni ta’lim tizimiga joriy
etish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog‘liq yo‘nalishda
kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari sonini, axborot
texnologiyalar sohasida o‘rtacha darajada kompetensiyaga ega bo‘lgan
o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini oshirish;
axborot
texnologiyalar
sohasidagi
tashkilotlarining
o‘quv
jarayonlarga qatnashishini rag‘batlantirish orqali umumta’lim maktablarda
informatika fanini o‘qitish metodlarini takomillashtirish;
oliy ta’lim muassasalarida tegishli sohalarda “Buyumlar interneti”,
robototexnika, sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash va o‘rganish
bo‘yicha laboratoriyalar, shuningdek, xorijiy korxonalarni ushbu sohaga
jalb qilishni tashkil qilish;
qog‘oz shaklidagi materiallarni raqamlashtirish formatlaridan
foydalanish bo‘yicha davlat yagona talabini ishlab chiqish va qo‘llab-
364
quvvatlashni
ta’minlash
orqali
ta’limda
o‘quv
materiallarini
raqamlashtirish;
raqamli texnologiyalar sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish
va rag‘batlantirish, ularning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish;
g‘oyalar va yangi texnologiyalar yaratishni targ‘ib qiluvchi
respublika tanlovlari va tadbirlarini (xakatonlar, konkurslar, olimpiadalar
va boshqalar) o‘tkazish;
yangi qidiruv tizimlarini yaratish yo‘nalishini ishlab chiqish va
aniqlash, shu jumladan audio va video materiallarni izlash va aniqlash
uchun yechimlar, axborotni qidirish va olishda semantikadan foydalanish,
mashinaviy tarjima tizimidagi yangi texnologiyalar, shuningdek,
mashinaviy o‘qitishning yangi algoritmlari va texnologiyalarini
rivojlantirish;
katta hajmdagi ma’lumotlar to‘plamini tahlil qilish va bilimlarni
to‘plash bo‘yicha, shu jumladan katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish,
saqlash va intellektual tahlil qilishning yangi usullari va algoritmlarini,
katta hajmdagi ma’lumotlarni tarqatish uchun yangi usullar va dasturlar,
shu bilan birga murakkab muhandislik yechimlarini bashoratli
modellashtirish uchun yangi usullar va dasturiy ta’minotlar bo‘yicha ilmiy-
tadqiqot ishlarini olib borish;
xatolarga chidamliligini oshirish va tizim elementlari o‘rtasidagi
almashinuv vaqtini qisqartirish uchun yangi yuqori darajali hisoblash va
ma’lumotlarni saqlash tizimlarini, shu jumladan parallel hisoblashning
yangi algoritmlarini, yangi superkompyuter texnologiyalari va dasturlarini,
yangi aloqa texnologiyalari va o‘zaro ta’sir protokollarini yaratish,
shuningdek, tizim elementlari o‘rtasidagi almashinuv vaqtini qisqartirish,
yuqori samarali va ishonchli ma’lumotlarni saqlash tizimlari uchun yangi
dasturlar yaratish sohasida tadqiqotlar o‘tkazish;
robototexnika
komplekslari
va odamlar o‘zaro ta’sirining
algoritmlarini
ishlab
chiqish,
ma’lumotlar
uzatish
tarmoqlari
infratuzilmasini,
o‘rnatilgan
sensorlar
va
sensor
tarmoqlarni
takomillashtirish, shuningdek, “bulutli” xizmatlarini taqdim etishning turli
xil modellarini amalga oshirish uchun dasturiy ta’minot yaratish bo‘yicha
ilmiy ishlarni olib borish;
365
xalqaro yirik korxonalarning markazlari bilan hamkorlikda
raqamlashtirish yo‘nalishidagi milliy kadrlar malakasini oshirish
mexanizmini tatbiq etish;
maktabgacha, o‘rta va oliy ta’lim tizimi uchun elektron ta’lim
resurslarini yanada takomillashtirish, shuningdek, ichki va jahon ta’lim
resurslaridan foydalanishni ta’minlash;
inson kapitalini rivojlantirish, shu jumladan, ixtisoslashgan ta’limni
rivojlantirish hamda IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish, IT-
korxonalar uchun institutsional sharoitlarni yaxshilash va ma’muriy
to‘siqlarni kamaytirish;
ayollarga va nogironlarga raqamli ko‘nikmalarni o‘rgatish uchun
davlat tomonidan yordam ko‘rsatish;
maktab va maktabgacha ta’lim tizimiga raqamli transformatsiya va
yangi texnologiyalar bo‘yicha innovatsion o‘quv dasturlarini joriy etish;
elektron xizmatlarga aholi ishonchini shakllantirish va aholining tez
rivojlanayotgan raqamli imkoniyatlaridan foydalanish yuzasidan zarur
ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha samarali choralarni ko‘rish;
ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda, texnologiya hayotiy
muhim masalalarni hal qilish, o‘qitish, ish qidirish va tadbirkorlikni
rivojlantirishga yordam beradigan mavzularda muntazam ravishda ta’lim
kampaniyalarini o‘tkazish;
odamlarni hukumat va biznes tomonidan taqdim etiladigan raqamli
xizmatlardan foydalanishga chorlash.
Dostları ilə paylaş: |