O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Elektron hukumatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

 
Elektron hukumatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari 
Elektron hukumatni rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlar 
amalga oshiriladi: 

mamlakat miqyosida sifatli va talab yuqori bo‘lgan elektron davlat 
xizmatlarini yanada kengaytirish, bosqichma-bosqich barcha davlat 
xizmatlarini raqamli shaklga o‘tkazish, shu jumladan ko‘rsatilayotgan 
avtomatlashtirilgan xizmatlar ulushini 2022-yilga qadar 60 foizga 
yetkazish; 

elektron hukumat axborot tizimlarini ishlab chiqishda yagona 
texnologik yondashuvni ta’minlash, shu jumladan ochiq kodli dasturiy 
ta’minotdan foydalangan holda davlat organlarining idoraviy tizimlarini 
ishlab chiqish xarajatlarini qisqartirish; 


354 

iste’molchilar talabidan kelib chiqqan holda ochiq davlat 
ma’lumotlarini ishlab chiqish, shakllantirish va ulardan foydalanish 
mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, “ochiq ma’lumotlar”ga 
asoslangan davlat mobil ilovalari va dasturlari ulushini oshirish; 

davlat ma’lumotlarini boshqarishning yagona tizimini shakllantirish 
orqali davlat boshqaruvida ma’lumotlarni to‘plash va raqamlashtirish 
uchun kerak bo‘lgan barcha resurslarni yaratish orqali asoslangan 
qarorlarni qabul qilishni avtomatik ravishda shakllantirish; 

davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillarini optimallashtirish, 
shu jumladan ma’muriy tartibotlarni avtomatlashtirish orqali talab qilingan 
ma’lumotlar va hujjatlarning sonini qisqartirish; 

litsenziyalar va ruxsatnomalar berish bilan bog‘liq barcha tartib-
taomillarni optimallashtirish va ularni real vaqt rejimida ishlovchi elektron 
shaklga o‘tkazish; 

elektron hukumat tizimi doirasida elektron davlat xizmatlaridan aholi 
va tadbirkorlik subyektlari uchun shaxsni masofadan tasdiqlashning 
qo‘shimcha shakl va usullarini joriy etilishini nazarda tutuvchi raqamli 
identifikatsiyalashni rivojlantirish; 

aholi va tadbirkorlik subyektlariga elektron hukumat tizimlari orqali 
yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan axborot yetkazish va xabardor qilish 
imkoniyatini; 

aholi 
va 
tadbirkorlik 
subyektlarining 
davlat 
organlari 
va 
tashkilotlariga murojaatlarini ko‘rib chiqish holatini onlayn rejimida 
kuzatish samarali tizimlarini (“treking”) joriy etish; 

davlat organlarining faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish 
va ulardan foydalanish samaradorligini baholash tizimini joriy etish; 

aholining takliflari va mulohazalarini, shuningdek, aholi fikri asosida 
amalga oshirilayotgan loyihalar ulushini oshirishni hisobga olgan holda 
qonun hujjatlari loyihalarini onlayn tarzda muhokama qilishda fuqarolar va 
tadbirkorlar ishtirok etishi mexanizmini yanada takomillashtirish; 

davlat organlari va boshqa subyektlarning barcha xizmatlari uchun 
bojlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni onlayn to‘lash va navbatlarni 
avtomatlashtirish axborot tizimlari komplekslarini yaratish; 

arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish va 
ochiq ma’lumotlarni shakllantirish doirasida zarur bo‘lgan davlat organlari 
va tashkilotlarining ma’lumotlar bazalarida ma’lumotlarni shakllantirish; 


355 

idoraviy va idoralararo axborot tizimlarini, elektron hukumat 
xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlarining axborot resurslarini, 
markaziy ma’lumotlar bazalarini xavfsiz saqlash va ularning 
integratsiyasini ta’minlaydigan, shuningdek, davlat organlari va 
tashkilotlarining turli axborot tizimlaridagi turli tarqoq hamda takroriy 
ma’lumotlarni keyinchalik tahliliy qayta ishlash imkoniyatini yaratadigan 
Elektron hukumatning ma’lumotlarini qayta ishlash markazini yaratish; 

jamiyat hayotining barcha jabhalariga raqamli texnologiyalarni keng 
joriy qilish, shu jumladan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha raqamli 
infratuzilmani shakllantirishni va elektron hukumat axborot tizimlarini 
keng joriy qilishni yanada jadallashtirish: 

sog‘liqni saqlash, bunda tibbiyot sohasida zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va elektron 
xizmatlarni taqdim etishni hisobga olgan holda milliy integratsiyalashgan 
axborot tizimini joriy etish; 

ta’lim 
jarayoniga 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini qo‘llagan xolda ta’limni boshqarishni avtomatlashtirish 
va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish; 

mehnat faoliyati va aholi ijtimoiy ta’minotini tartibga solish 
jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; 

aholiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali 
uy-joy kommunal xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish; 

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish 
orqali qurilish sohasida shaffoflik va sifatni oshirish tizimini yo‘lga 
qo‘yish; 

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish 
orqali qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish unumdorligini oshirish, 
mahsulotlar tannarxini kamaytirish va eksport salohiyatini oshirish tizimini 
tashkil etish; 

elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazish, 
uglevodorod xomashyosini qazib chiqarish, qayta ishlash hamda 
iste’molchilarga 
yetkazish 
jarayonlarini 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini tatbiq etish orqali to‘liq nazorat etish tizimini yo‘lga 
qo‘yish; 

ochiq ma’lumotlarga qulay kirishni ta’minlash uchun davlat 
idoralariga API-larni ishlab chiqish va taqdim etish. 


356 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin