3.16-rasm. 3G texnologiyasi
Diapazonlar soni va foydalanish zonasiga qarab telefonlar sinflarga
va chastota oʻzgarishiga boʻlinadi:
Bir diapazonli - telefon bitta polosali chastota bilan ishlashi
mumkin. Hozirda mavjud emas, lekin ba’zi bir telefon modellarida,
masalan, Motorola C115-da qoʻllanilgan yoki telefonning muhandislik
menyusidan foydalanib ma’lum chastota diapazonini qoʻlda tanlash
mumkin.
Ikki diapazonli (Dual Band) - Evropa, Osiyo, Afrika,
Avstraliya uchun 900/1800 hamda Amerika va Kanada uchun 850/1900.
Uch diapazonli (Tri-band) - Evropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya
uchun 900/1800/1900 hamda Amerika va Kanada uchun 850/1800/1900.
Toʻrt diapazonli (Quad Band) – barcha 850/900/1800/1900
diapazonlarni qoʻllab-quvvatlaydi.
206
Simsiz dastur protokoli (WAP) (inglizcha Wireless Application
Protocol - ma'lumotlarni simsiz uzatish protokoli) maxsus GSM tarmoqlari
uchun yaratilgan boʻlib, unda portativ qurilmalararo (mobil telefon, PDA,
peyjerlar, ikki tomonlama radioaloqa qurilmalari, smartfonlar va boshqa
terminallar) Internet vositasidagi aloqani oʻrnatish kerak. WAP ikkita
tarmoq
texnologiyalarining
birlashishi
natijasida
paydo
boʻldi:
ma'lumotlarni simsiz raqamli uzatish texnologiyasi va Internet. WAP-dan
foydalangan holda mobil qurilmadan foydalanuvchi Internetdan har
qanday raqamli ma'lumotlarni yuklab olishi mumkin. Mobil qurilmalarni
monoxrom (keyinchalik toʻrt va sakkiz rangli) ekranlarida mobil kontentni
namoyish qilish uchun WAP bilan bir qatorda, WML HTMLga oʻxshash,
ammo ancha engil va mobil qurilmalar uchun ixtisoslashgan texnologiya
yaratildi.
Oʻzbekiston
Respublikasi
axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2018-yil 21-maydagi 173-
sonli buyrugʻiga ilova tariqasida Ma’lumotlar uzatish tarmogʻi, shu
jumladan Internet xizmatlarini koʻrsatish qoidalari ishlab chiqilgan va
tasdiqlangan.
Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga,
Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi,
“Aloqa toʻgʻrisida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999-yil 26-martdagi 137-son “Oʻzbekiston Respublikasi
axborot resurslarini tayyorlash va ularni ma’lumotlarni uzatish
tarmoqlarida, shu jumladan internetda tarqatish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ma’lumotlar uzatish
tarmogʻi, shu jumladan Internet xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini
belgilaydi.
Mazkur qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan:
GSM-shlyuz – mobil aloqa tarmoqlari va telekommunikatsiyalarning
boshqa tarmoqlari oʻrtasida trafikni oʻtkazish uchun moʻljallangan apparat-
dasturiy vosita;
IP-shlyuz – IP tarmoqlar va telekommunikatsiyalarning boshqa
tarmoqlari oʻrtasida trafikni oʻtkazish uchun moʻljallangan apparat-
dasturiy vosita;
207
IP-adres – TCP/IP texnologiyalari bilan boshqariladigan ma’lumotlar
uzatish tarmogʻida kompyutyerlar yoki uzellarni identifikatsiyalaydigan
noyob adres;
IP-televideniye (IPTV) – televideniye, video, audio, matn, grafika va
shu kabi, boshqa ma’lumotlar, IP protokoli asosidagi tarmoqlar
ta’minlanadigan, sifat, xavfsizlik, interaktivlik va ishonchlilikning talab
qilinadigan darajasini ta’minlash maqsadida boshqariladigan multimedia
xizmatlari;
IP-telefoniya –
IP
texnologiyasi
asosida
paketlar
kommutatsiyalanadigan ma’lumotlar uzatish tarmoqlari orqali nutqli
axborot, jumladan mahalliy, shaharlararo va xalqaro aloqani ayirboshlash
xizmati;
SMS-shlyuz – mobil telefondan foydalanmasdan SMS xabarlar
joʻnatish va olish imkonini beradigan apparat-dasturiy vosita;
Wi-Fi xizmati tashkilotchisi – ma’lumotlar uzatish tarmogʻi
xizmatlaridan foydalanish uchun Wi-Fi texnologiyasi boʻyicha oʻzlarining
chetki uskunalaridan, mijozlar yoki tashrif buyuruvchilar hisoblanadigan
tor doiradagi foydalanuvchilarga uskunadan foydalanishni taqdim etadigan
ma’lumotlar uzatish tarmogʻi operatori yoki ma’lumotlar uzatish tarmogʻi
xizmatlari provayderi yoxud abonent – yuridik shaxs;
Wi-Fi xizmatlari – ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan
foydalanish uchun Wi-Fi texnologiyasi boʻyicha chetki uskunalarga
foydalanuvchilarning cheklangan doirasiga uskunadan foydalanishni
taqdim etish;
abonent – ma’lumotlar uzatish tarmogʻi operatori yoki ma’lumotlar
uzatish tarmogʻi xizmatlari provayderi bilan shartnoma tuzgan,
ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarining iste’molchisi hisoblangan
yuridik yoki jismoniy shaxs;
autentifikatsiya – ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan
foydalanuvchi tomonidan koʻrsatilgan identifikatsiyalash ma’lumotlarining
haqiqiyligini aniqlash;
domen nomi – axborot resursiga yoki axborot tizimiga berilgan,
ularni Internet tarmogʻida identifikatsiyalash uchun xizmat qiladigan
noyob nom;
208
domen nomlari tizimi – Internet tarmogʻida domen nomlarini berish,
roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi;
identifikatsiyalash – mavjud ma’lumotlar asosida ma’lumotlar
uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanuvchi shaxsini aniqlash;
Internet tarmogʻi – yagona adres va nomlar makonidan
foydalaniladigan, shlyuzlar yordamida birlashtirilgan, yagona TSR/IP
protokoliga muvofiq ishlaydigan koʻplab tarmoqlardan iborat global
xalqaro tarmoq (boshqariladigan tarmoqlar birlashmasi);
Internetdan jamoat boʻlib foydalanish punkti – foydalanuvchilarga
Internetdan foydalanish yuzasidan haq evaziga yoki bepul xizmatlar
koʻrsatish joyi;
ma’lumotlar uzatish – ma’lumotlarni (raqamli shaklda taqdim
etilgan, elektron vositalar bilan qayta ishlash uchun yaroqli boʻlgan,
nutqni, matn, faksimil xabarlar, dinamik tasvirlarni (videoni) va
boshqalarni oʻz ichiga oladigan axborotlarni) ikkilik signallar koʻrinishida,
keyinchalik hisoblash texnikasi vositalari bilan qayta ishlash uchun,
telekommunikatsiyalar vositalari orqali bir punktdan boshqa bir punktga
koʻchirish;
ma’lumotlar uzatish tarmogʻi – Oʻzbekiston Respublikasi hududida
yagona xizmat koʻrsatish, taqdim etish va toʻlov prinsiplari asosida barcha
jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotlar uzatish xizmatlarini koʻrsatish
uchun moʻljallangan telekommunikatsiyalar tarmogʻi;
ma’lumotlar uzatish tarmogʻi operatori (bundan buyon matnda
operator deb yuritiladi) — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq
asosida ma’lumotlar uzatish tarmogʻiga ega boʻlgan, uning ishlashini,
rivojlanishini ta’minlovchi va ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari
koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari – operator va provayderning
ma’lumotlar uzatish tarmogʻi orqali signallar va axborotning boshqa
turlarini qabul qilish, uzatish va qayta ishlash boʻyicha faoliyati mahsuli;
ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari provayderi (bundan buyon
matnda provayder deb yuritiladi) – foydalanuvchilarga operatorlar
tarmogʻi orqali tijorat asosida ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini
koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
209
ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanuvchi (bundan
buyon matnda foydalanuvchi deb yuritiladi) – ma’lumotlar uzatish
tarmogʻi xizmatlarining iste’molchisi hisoblangan yuridik yoki jismoniy
shaxs;
xosting xizmatlari – Internet tarmogʻida doimiy boʻladigan serverda
axborotni joylashtirish uchun texnik resurslarni taqdim etish xizmati;
Operator va provayderning Oʻzbekiston Respublikasi hududida
ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyati
qonun hujjatlariga muvofiq litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Operator yoki provayder tomonidan ma’lumotlar uzatish tarmogʻidan
va ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanishning taqdim
etilishi, operatorlar va provaydyerlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar,
shuningdek operatorlar yoki provaydyerlarning abonentlar bilan oʻzaro
munosabatlari yozma yoki elektron shaklda tuziladigan shartnoma asosida
amalga oshiriladi.
Ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari roʻyxati operator yoki
provayder hamda abonent oʻrtasida tuziladigan ma’lumotlar uzatish
tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatish shartnomasida belgilangan boʻlishi kerak.
Ma’lumotlar uzatish tarmogʻi orqali ma’lumotlar uzatish tarmogʻi
xizmatlarining quyidagi turlari taqdim etilishi mumkin:
ma’lumotlar uzatish tarmogʻidan foydalanish (turli standartlar
boʻyicha), trafik tranziti, shuningdek ma’lumotlar uzatishning xalqaro
tarmoqlaridan, jumladan Internetdan foydalanish;
real vaqtda axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish;
elektron xabarlar qabul qilish va uzatish (shu jumladan, elektron
pochta);
konfidensial axborotni kriptografik va boshqacha muhofaza qilish;
kichik (quyi) tarmoq ajratish;
domen va domen nomlari tizimini roʻyxatga olish va olib borish;
IP-adres ajratish va tutib turish;
IP-telefoniya va IP-televideniye (IPTV);
xosting xizmatlari.
Operator yoki provayder qonun hujjatlariga muvofiq ma’lumotlar
uzatish tarmogʻining boshqa xizmatlarini ham koʻrsatishi mumkin.
|