O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlariga haq toʻlash



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

Ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlariga haq toʻlash 
Ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari uchun tariflar qonun 
hujjatlariga muvofiq tomonlar oʻrtasida tuziladigan shartnomada 
belgilaniladi. 
Hisob-kitoblar shakli va tartibi qonun hujjatlariga muvofiq, operator 
yoki provayderning texnologik imkoniyatlardan kelib chiqib abonent bilan 
kelishilgan holda operator yoki provayder tomonidan belgilanadi hamda 
shartnomada aks ettiriladi va hisob-kitoblar amalga oshiriladi. 
Ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari uchun tariflar milliy 
valyutada belgilanadi va barcha toʻlovlar milliy valyutada amalga 
oshiriladi. 
Operator yoki provayder avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimlari 
yordamida abonentga koʻrsatilgan xizmatlar (ma’lumotlar uzatish vaqti, 
tezligi, olingan va (yoki) uzatilgan axborot hajmi, shuningdek abonent pul 


214 
mablagʻlarining harakati va boshqalar) toʻgʻrisidagi axborot hisobini 
yuritadi. 
Operator yoki provayder shartnoma asosida hisob-kitoblarni amalga 
oshirish maqsadida bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlarga haq 
toʻlash toʻgʻrisida abonentga axborot taqdim etadi. Bunda quyidagi 
ma’lumotlar koʻrsatilishi shart: 

operator yoki provayder rekvizitlari va murojaat uchun telefon 
raqamlari; 

hisob-kitob davri; 

bajarilgan ishlar narxi; 

taqdim etiladigan xizmatlar roʻyxati, har bir xizmat uchun hisob-
kitob davri va ular uchun toʻlanadigan summa; 

qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi (agar undirilsa); 

umumiy toʻlanadigan summa; 

hisob taqdim etilgan sana; 

haq toʻlash muddati. 
Operator yoki provayder tomonidan abonentning hisob varagʻi 
yuritilgan taqdirda, toʻlov toʻgʻrisida koʻrsatilgan axborot operator yoki 
provayder va abonent oʻrtasidagi shartnoma shartlarining oʻzgarishlari 
bilan bogʻliq abonentning hisobvaragʻi boʻyicha balans tuzatishlarini, 
shuningdek kelib tushgan va abonentning hisobvaragʻida aks ettirilgan 
oldingi hisob-kitob davridagi xizmatlar uchun abonentning toʻlovlari 
toʻgʻrisidagi axborotlarni oʻz ichiga olishi kerak. 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin