O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanish



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

Ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanish 
Operator yoki provayder “Iste’molchilarning huquqlarini himoya 
qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq abonentlarga oʻzi tomonidan 
koʻrsatiladigan ma’lumotlar uzatish xizmatlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida 
zarur, toʻgʻri va tushunarli ma’lumot berishi shart. 
Operator yoki provayder tomonidan abonentga quyidagi ma’lumotlar 
taqdim etilishi zarur: 

operator yoki provayderning nomi, pochta manzili, foydalanuvchilar 
va abonentlar bilan hamkorlik qiladigan filiallarining nomi, ular joylashgan 
joy, ish tartibi va aloqa telefonlari; 

operator yoki provayderga berilgan litsenziya raqami va amal qilish 
muddati; 

ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatish tartibi va 
shartlari; 

foydalaniladigan abonent interfeyslari va ma’lumotlar uzatish 
protokollari; 

ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatishdagi cheklovlar; 

tarif rejalari; 

muayyan tarif rejasi, marketing kampaniyalari doirasida yoki 
tadbirlar oʻtkazish davrida ma’lumotlar uzatish tarmogʻidan foydalanish 
xizmatlarini taqdim etishda imtiyozlar yoki chegirmalar; 

ma’lumotlar uzatish tarmogʻidan foydalanishning pulli va pulsiz 
xizmatlari roʻyxati; 


212 

ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlariga haq toʻlash muddatlari va 
shakllari; 

abonentlarning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi; 

axborot-ma’lumot xizmatining va texnik ta’minlash xizmatining 
telefon raqamlari (mavjud boʻlganda); 

axborot-ma’lumot berish boʻyicha xizmat koʻrsatish tizimi 
toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 

ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatish hududlarida 
texnik imkoniyatlari mavjudligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. 
Operator yoki provayder bilan abonent oʻrtasida tuziladigan 
shartnomada quyidagi ma’lumotlar majburiy ravishda koʻrsatilishi shart: 

shartnoma tuzilgan joy va sana; 

operator yoki provayderning nomi; 

operator yoki provayder hisobvaragʻi rekvizitlari; 

operator yoki provaydyerlarga berilgan litsenziya rekvizitlari; 

shartnomaning amal qilish muddati; 

abonent toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 

hisob-kitob shakli va tartibi; 

tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi; 

tarif rejasi, xizmatlarning narxlari; 

shikastlanishlarni bartaraf etish muddatlari; 

sifat koʻrsatkichlari (ma’lumotlar uzatishning maksimal tezligi, 
ma’lumotlar uzatishning minimal kafolatlangan tezligi, ma’lumotlar 
uzatish kechikishining maksimal vaqti); 

koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati (zarur boʻlganda). 
Shartnomada tomonlar oʻrtasidagi kelishuvga asosan qonun 
hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham koʻrsatilishi mumkin. 
Abonent operator yoki provayder bilan shartnoma tuzganidan keyin, 
operator yoki provayder ulanish usuliga bogʻliq holda, abonentga ulanish 
uchun zarur parametrlarni yetkazadi (IP-adres va boshqa adres 
rekvizitlari), ma’lumotlar uzatish tarmogʻida ishlash va foydalanish tartibi 
toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq koʻrsatadi, foydalanuvchining zarur uskunasini 
(kompyuter, modem, faks) va zarur dasturiy ta’minotni tavsiya qiladi. 
Internetdan jamoat boʻlib foydalanish punktida bir martalik 
ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari foydalanuvchilarga Jamoat 


213 
foydalanish joylarida internet tarmogʻidan axborot olish imkonini berish 
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq koʻrsatiladi. 
Operator yoki provayder ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini 
koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan axborotni abonentlarga taqdim etish 
maqsadida axborot-ma’lumot berish boʻyicha xizmat koʻrsatish tizimini 
yaratadi. 
Quyidagi ma’lumotlar operator yoki provayder tomonidan 
abonentning soʻroviga muvofiq 24 soat mobaynida hech qanday 
cheklovlarsiz taqdim etilishi shart: 

ma’lumotlar uzatish tarmogʻining koʻrsatiladigan xizmatlari 
toʻgʻrisidagi; 

ma’lumotlar uzatish tarmogʻidan foydalanish xizmatlariga boʻlgan 
tariflar toʻgʻrisidagi; 

abonentga uning shaxsiy hisobvaragʻining holati va ma’lumotlar 
uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanish haqini toʻlash boʻyicha 
qarzdorlik toʻgʻrisidagi, jumladan abonentga ulangan xizmatlar: 
ma’lumotlar uzatish vaqti, tezligi, olingan va (yoki) uzatilgan axborot 
hajmi, shuningdek limitlangan trafikli tariflardagi trafik qoldigʻi 
toʻgʻrisidagi; 

texnik nosozliklar toʻgʻrisidagi. 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin