272
9 § Kvant texnologiyalari
Reja:
1.
Kvant texnologiyasi tushunchasi
2.
Kvant texnologiyalarining vujudga kelishi
3.
Kvant texnologiyalarining tarkibiy tuzilishi
Kvant
texnologiyasi tor ma’noda
energiya va nurlanish
uzluksizmasligini, cheklangan qismlarda, ya’ni
kvantlarda uzatilishini
anglatadi.
Keng ma’noda esa “kvant” soʻzi inglizchadan “miqdor, qism, kvant”
deb tarjima qilinib, bu nomning oʻzi kvant mexanikasining asoslaridan biri
“kvantlash” tamoyilidan iboratligiga dalolat beradi. Ushbu printsipga
koʻra, nurlanish energiyasi qismlarga, kvantlarga boʻlib uzatiladi va qabul
qilinadi. Bu esa mikroolamning koʻplab ob’yektlari,
birinchi navbatda
atomlar va elektronlar uchun toʻgʻri keladi.
Misol: raqamli texnologiyalar bilan shugʻullanganimizda, biz
kundalik hayotda doimo “kvant” oʻzgarishlarga duch kelamiz. Chunonchi,
tovush toʻlqinli xususiyatga ega va analog uskunalarda «boricha» qayd
etiladi, ya’ni mikrofon membranasining tebranishlari gramofon yozuvidagi
yoʻlakchalarga aylandi. Raqamli yozuvda tovush “kvantlanadi”: ma’lum
chastotaga ega boʻlgan usul (deskritizasiya chastotasi deb nomlanadi)
tovush kuchini oʻlchaydi va 32 “kvant” qiymatlari toʻplamini hosil qiladi.
81
Kvant
– fizik tushuncha bo’lib, biror kattalikning bo’linmas
miqdorini bildiradi. Biror fizik kattalikning kvantlanishi deganda,
ushbu
kattalik bir qator aniq va diskret (diskret-uzlukli, alohida qismlardan
tashkil topgan jarayon) qiymatlarni qabul qilishi tushuniladi.
Shunday
qilib, atomdagi elektronning energiyasi kvantlanadi, yorug’lik “qismlarga”
ajralgan holda tarqaladi, ya’ni kvantlarga taqsimlanadi.
Kvant mexanikasi – fizikaning bir bo’limi bo’lib, u bizning tabiiy
olamimiz bilan bog’liq bo’lgan hamma narsani, shu jumladan fazo, vaqt va
materiyani o’rganadi. Kvant fizikasi bizni o’rab
turgan hamma narsani
boshqaradi.
81
https://nplus1.ru/material/2020/01/31/course-quantum-technology-chapter1
273
XX -asrning boshlarida kvant mexanikasining kashf qilinishi
insoniyatga quyidagi bir qator texnologiyalarni yaratish imkonini berdi:
lazerlar,
zarrachalar tezlatgichlari, MRT, umuman yarimo’tkazgichli
elektronika - tranzistorlar va LED (Nur chiqaruvchi diod)dan tortib
kompyuterlar, mobil aloqa va internetgacha.
Kvant fizikasi odamlarning kundalik hayotini butunlay o’zgartirib
yubordi. Raqamli texnologiyalar davri bu fan
yutuqlariga asoslanganligi
haqda juda kamdan kam odam o’ylashgan. Keyingi besh-o’n yillar ichida
kvant texnologiyalarining yanada rivojlanishi, yaqin vaqtgacha faqat ilmiy
fantastika jurnallari sahifalarida tasvirlangan qurilmalarning yaratilishiga
olib kelishi mumkin.
82
Dostları ilə paylaş: