3.41- rasm. Kompaniyalarning kapitallashuvi (1999-2019 yy.)
291
Yettita superplatformalar, xususan Microsoft, undan keyin Apple,
Amazon.com, Alphabet (Google kompaniyasining bosh kompaniyasi),
Facebook, Tensent Holdings va Alibaba umumiy bozor qiymatining
uchdan ikki qismini tashkil qiladi.
Raqamli inqilob rekord vaqt ichida juda katta boylik keltirdi, ammo u
asosan oz sonli davlatlar, kompaniyalar va shaxslar orasida toʻplangan.Shu
sababli, siyosatning asosiy maqsadi nafaqat qiymat yaratish, balki raqamli
iqtisodiyotning potentsialidan hamma foydalanishi uchun qiymatni saqlash
yoki taqsimlashdir.
Ma’lumotlarning iqtisodiy va ijtimoiy ta’sir sohasidagi oʻzgaruvchan
kuchi hukumatlar, korxonalar va odamlar imkoniyatlardan foydalanishga
moslashishi
va
xavf-xatarlardan
qochishi
kerakligini
anglatadi.
Mamlakatlar va turli manfaatdor tomonlarning raqamli transformatsiyani
oʻzlashtirish qobiliyati juda farq qiladi va ularning rivojlanish darajasi va
raqamli tayyorligiga bogʻliq. Rivojlangan mamlakatlar koʻp jihatdan
resurslari va imkoniyatlari cheklangan mamlakatlarga qaraganda raqamli
platformalarning tobora oʻsib borayotgan roliga qarshi kurashish uchun
yaxshiroq jihozlangan. Mavjud imkoniyatlarning cheklanganligi nafaqat
rivojlanmagan aloqa va koʻnikmalarning yetishmasligi, yoki texnologik,
moliyaviy yoki logistika nuqtai nazaridan, balki mahalliy tarkibni yaratish
bilan bogʻliq muammolar va me’yoriy-huquqiy va institutsional asoslar
bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Raqamli inqilob, avvalambor, raqamli asrda
rivojlanishga hissa qoʻshish oʻrniga qiymatni yaratish va saqlab qolish
uchun intilayotganlarga koʻproq foyda keltirishi xavfi mavjud.
Jahon bugungi kunda kam rivojlangan va giperraqamlashgan
mamlakatlar oʻrtasida tafovut mavjud. Masalan, kam rivojlangan
mamlakatlarda har besh kishidan bittasi, rivojlangan davlatlarda esa har
besh kishidan toʻrttasi Internetdan foydalanadi. Shunday qilib, vaziyat
yaxshilanayotgan bir paytda, koʻplab rivojlanayotgan mamlakatlarda hali
ham arzon va ishonchli raqamli aloqa yetishmasligi mavjud.
Bundan tashqari, rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa kam
rivojlangan mamlakatlarda koʻplab kichik biznes egalari raqamli
iqtisodiyotdan toʻliq foydalanish uchun zarur imkoniyat, koʻnikma va
bilimlarga ega emaslar. Agar ular uyali telefonlar yoki Internetga kirish
292
imkoniga ega boʻlsa ham, ular oʻz bizneslarini rivojlantirish uchun bunday
mablagʻlardan qanday qilib samarali foydalanishni bilmasliklari mumkin.
Raqamli ma’lumotlar va ilgʻor texnologiyalardan foydalanish
imkoniyatlari kabi sohalarda tafovut ancha katta. Jumladan, Afrika va
Lotin Amerikasi birgalikda dunyodagi ma’lumotlar markazlarining 5%dan
kamrogʻiga ega. Bundan tashqari, davlatlar oʻrtasida va ularning ichida
elektron tijoratga tayyorlik darajasidagi katta tafovutlar elektron tijoratning
afzalliklarini taqsimlash xavfini oshiradi.
Raqamli iqtisodiyotning iqtisodiy jugʻrofiyasi an’anaviy Shimol-
Janub boʻlinishini aks ettirmaydi, bunda bitta rivojlangan mamlakat va
bitta rivojlanayotgan mamlakat, AQSh va Xitoy barqaror ravishda
yetakchilik qilmoqda. Shunday qilib, yuqorida aytib oʻtilgan global
raqamli platforma landshaftida AQSh va Xitoyning ustunligiga qoʻshimcha
ravishda, ular blockcheyn texnologiyalari bilan bogʻliq boʻlgan barcha
patentlarning 75 foizini, IoT global xarajatlarining 50 foizini va bulutli
hisoblashlar global bozorining 75 foizidan ortigʻini tashkil etadi. Shu
sababli, raqamli rivojlanishning koʻplab sohalarida dunyoning qolgan
qismi, ayniqsa Afrika va Lotin Amerikasi, AQSh va Xitoydan ancha
orqada qolmoqda.
Texnologik va bozor kontsentratsiyasining hozirgi tendentsiyalari
rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarning raqamli iqtisodiyotning
dinamik rivojlanishi va boʻshliqni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan
texnologik oʻrganish jarayonlarda ishtirok etish qobiliyatiga ta’sir qiladi.
89
Raqamli ma’lumotlarni raqamli tahlil va tadbirkorlik imkoniyatiga
aylantirish imkoniyati cheklangan davlatlar qiymat yaratish nuqtai
nazaridan kamchiliklarga duch kelishmoqda. Sun’iy intellekt va
ma’lumotlar tahlilidan keng foydalanish ushbu texnologiyalardan
foydalanish qobiliyatiga ega boʻlganlar va ega boʻlmaganlar oʻrtasidagi
texnologik tafovutni yanada oshirishi mumkin.
Ilgʻor raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan mamlakatlarda keng
yoyilmagan. Mamlakatlar oʻzlarining texnologik imkoniyatlarini yanada
rivojlantirishlari kerak, ammo koʻplab rivojlanayotgan davlatlar birinchi
navbatda raqamli ma’lumotlarni yaratish va qoʻllab-quvvatlash uchun
mahalliy manbalar sifatida asosiy ma’lumotlardan foydalanishga
89
https://unctad.org/en/pages/PublicationWebflyer.aspx?publicationid=2586
293
intilishadi. Biroq, bunday ma’lumotlar ularni raqamli intellekt va iqtisodiy
imkoniyatga aylantirish uchun zarur boʻlgan raqamli texnologiyalar va
bilimlarsiz deyarli foydasizdir. Raqamli iqtisodiyot oʻtish va unda qiymat
yaratish uchun yetarlicha kuchli mahalliy raqamli sohalarni va
imkoniyatlarni yaratish zarur. Dasturiy ta’minot sohasi ilgʻor mamlakatlar
ishlab chiqarish samaradorligi va mehnat unumdorligini oshirish bilan
birga, individual yechimlar va oʻqitish imkoniyatlariga ham ega.
Rivojlanayotgan koʻplab mamlakatlarda raqamli tadbirkorlar asosiy
raqamli texnologiyalarni mahalliy ravishda rivojlantirishda turli xil
toʻsiqlarga duch kelishadi, ayniqsa ular oʻz faoliyatlarini kengaytirishga
intilishsa imkoniyatlari cheklanadi. Raqamli tadbirkorlik ekotizimi va
innovatsion rivojlanishning asosiy muammolari – bu kichik va odatiy
boʻlmagan bozor, tadbirkorlarning bilim va tajribasi yetishmasligi,
malakali
va
arzon
ishchi
kuchining
yetishmasligi,
moliyaviy
imkoniyatlardan foydalanish cheklanganligidan iborat.
Rivojlanayotgan
mamlakatlardagi
mahalliy
firmalar
global
platformalar
tomonidan
taqdim
etiladigan
raqamli
xizmatlardan
foydalanishlari mumkin. Ba’zi hollarda qidirish usullari, harakatlanish
sharoiti yoki madaniy oʻziga xosliklar kabi mahalliy bilimlar mahalliy
raqamli platformalarga foyda keltirishi mumkin, bu ularga mahalliy
talabga muvofiq xizmatlarni taklif qilish imkonini beradi. Hindistonda
“Ola Cabs”, Indoneziyadagi “Goek” va Pokiston, Turkiya, Yaqin Sharq va
Shimoliy Afrikadagi “Karim” kabi nisbatan kam aktivlarga ega korxonalar
ba’zi bir rivojlanayotgan bozor platformalari oʻrnatilgan transport
kompaniyalari bilan raqobatlashishda tez oʻsishni namoyish etdi.
Shunga qaramay, rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyatida
bunday oʻsishga jiddiy toʻsiqlar mavjud. Mahalliy va mintaqaviy
platformalarning kengayishi va global oʻyinchilar bilan raqobatlashishi
qiyin. Bundan tashqari, global raqamli raqobatchilar raqamli bozorning
istiqbolli segmentlarini allaqachon oʻzlashtirganliklari sababli, raqamli
mahsulotlarni rivojlanayotgan bozorlarga yetkazib berish, odatda nisbatan
yuqori rivojlangan mamlakatlarning raqamli platformalari strategiyalariga
qaraganda koʻproq aktivlarni talab qiladigan analog-raqamli jarayonlarni
aralashtirishni talab qiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda zaif mahalliy
ekotizimlar, mijozlar va xodimlarning texnik ma’lumotlari pastligi va /
294
yoki jismoniy logistika muammolari tufayli raqamli platformalar hayotiy
boʻlishi uchun qator innovatsion biznes modellaridan foydalanishi kerak.
Bunga tarmoqdan tashqari quvvatlarni, ta’minot zanjiri jarayonlari va
logistika infratuzilmasining murakkab va qiyin rivojlanishi kiradi. Bunday
platformalar katta qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar, chunki ular
xaridorlarning yuqori narxlarni toʻlashga tayyorligi va eng muhimi,
ularning toʻlov qobiliyati nisbatan past boʻlgan sharoitda yuqori daromad
keltirishi uchun harakat qilishlari kerak. Aslida, bu foydalanuvchi bazasini
oʻsishini qiyinlashtiradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda yaratilgan raqamli platformalar,
ularning aksariyati innovatsion yoki oʻrnatilgan platformalar emas, balki
tranzaktsion platformalar ekanligi bilan ajralib turadi. “Tranzaktsion”
platformalar foydalanuvchilar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro ta’sir
oʻtkazish va tranzaktsiyalar uchun virtual muhitni yaratadi, innovatsion
platformalar esa ilovalar va dasturiy ta’minot tarkibini ishlab
chiqaruvchilar hamda kod ishlab chiquvchilar uchun muhit yaratadi.
Innovatsion platformalar raqamli iqtisodiyot va rivojlanish oʻrtasidagi
munosabatlar uchun koʻproq ahamiyatli, chunki ular kombinator
innovatsiyalar va raqamli infratuzilma mahsulotlari uchun ekotizimlarni
yaratadilar.
Bundan
tashqari,
rivojlanayotgan
mamlakatlarda
ishbilarmonlar va novatorlarning bunday muhim raqamli tarkibiy
qismlardan foydalanish uchun zaruriy koʻnikmalari va imkoniyatlari
boʻlmasligi mumkin.
Rivojlanayotgan
mamlakatlarda
intellektual
qurilmalarning
tarqalishini
nazorat
qilish
yoki
zaif
rejalashtirish
sharoitida
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va biznesning tartibga
solinishi cheklanganligi sababli firibgarlik, kiberhujum va maxfiylikni
oshkor qilish xavflari mavjud. Ayrim, shu jumladan rivojlangan
mamlakatlar, global raqamli kompaniyalar bilan oʻzaro hamkorlik qilish
uchun zarur huquqiy va iqtisodiy pozisiyalarga ega emaslar. Monopoliyaga
qarshi organlarni yaratgan rivojlanayotgan mamlakatlarda bunday
tashkilotlar nisbatan yangi va kichik boʻlib, tobora kuchayib borayotgan
jahon iqtisodiyotida raqobat masalalarini koʻrib chiqish uchun cheklangan
manbalarga ega.
295
Global raqamli platformalarni adolatli ravishda soliqqa tortish har
qanday rivojlanish darajasidagi davlatlar uchun qiyinchilik tugʻdiradi, lekin
rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa kam rivojlangan mamlakatlarda,
rivojlanish uchun ichki resurslarni jalb qilish zarurati va shuningdek,
ularning imkoniyatlari kamligi sababli soliq yigʻish jarayoni yanada
keskinlashishi mumkin. Ular va eng yirik raqamli platformalar oʻrtasidagi
kuch ham ularning foydasiga emas. Bundan tashqari, koʻpgina
rivojlanayotgan mamlakatlarda raqamli platformalar mavjud emas, ammo
ular aksariyat hollarda foydalanuvchi sifatida raqamli platformalar bozori
qiymatiga katta hissa qoʻshadilar.
Mehnat bozori institutlari rivojlangan taraqqiy etgan mamlakatlarda
mehnat va ijtimoiy himoya siyosatini olib borish oson kechadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda, umuman olganda, ijtimoiy himoya uchun
zarur manbalar deyarli yoʻq.
Va nihoyat, koʻplab rivojlanayotgan mamlakatlar raqamli
transformatsiyadan foyda olish siyosatini ishlab chiqish va monitoring
qilish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan sohalarda ishonchli ma’lumotlar va
statistikaning yoʻqligidan zarar koʻrmoqdalar.
Raqamli ma’lumotlar va platformalarning tarqalishi rivojlanish
uchun koʻplab yangi imkoniyatlarni yaratishi mumkin. Raqamli
ma’lumotlardan rivojlanish maqsadlarida va ijtimoiy muammolarni, shu
jumladan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bilan bogʻliq
muammolarni hal qilish uchun foydalanish mumkin. Bu iqtisodiy va
ijtimoiy natijalarni yaxshilashga yordam beradi va innovatsiyalar
samaradorligini oshirish uchun harakatlantiruvchi kuchga aylanadi.
Platformalar tomonidan taqdim etilgan infratuzilma aloqa, operatsiyalar,
ma’lumot almashish va hamkorlik samaradorligini oshirishi mumkin.
Rivojlanayotgan
mamlakatlardagi
mahalliy
firmalar
global
platformalar
tomonidan
taqdim
etiladigan
raqamli
xizmatlardan
foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishsa, katta foyda olishlari mumkin.
Raqamli platformalar analog operatsiyalarga nisbatan tranzaktsion
xarajatlarni kamaytirishi mumkin. Bu bilan esa ichki va tashqi bozorda,
ayniqsa mikrofirmalar va kichik va oʻrta korxonalar uchun imkoniyatlar
yaratadi. Elektron tijorat platformalari bunday korxonalarga kichik ichki
bozorlarni chetlab oʻtish, tadbirkorlik uchun toʻsiqlarni kamaytirish,
296
biznesmenlarni va shunga oʻxshash korxonalarni jalb qilish va kichik
startaplarni moliyalashtirishning yangi manbalarini taqdim etish orqali
eksport imkoniyatlarini ta’minlashi mumkin. Mavjud toʻlov va elektron
tijorat platformalaridan foydalanish kichik va oʻrta korxonalarga, ayniqsa
ular ma’lum bir bozorlarga xizmat qilsa, sotuv hajmini koʻpaytirishga
imkon beradi. Demak, bunday korxonalar yangi mijozlarni jalb qilish
uchun global elektron tijorat platformalaridan foydalanishi mumkin, ammo
platformalar bilan raqobatlashmaydi. Ma’lumotlardan foydalanish orqali
firmalar oʻzlarining jarayonlarini yaxshilashlari va talab qilinadigan
mahsulotlar va xizmatlarni taklif qilishlari va individuallashtirilgan
mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali mijozlarning ehtiyojlarini yaxshiroq
qondirishlari mumkin. Tranzaktsiyalar va qidirish xarajatlari va bozor
toʻsiqlarini kamaytirish orqali raqamli platformalar aktivlar yoki
xizmatlarni taklif etuvchilarga (potentsial) iste’molchilar bilan bogʻlanishni
osonlashtiradi. Bu nafaqat raqamli tovarlar, xizmatlar savdosi va vazifalar
yangi turlarining paydo boʻlishiga olib keladi, balki an’anaviy savdo-
sotiqning onlayn rejimda harakatlanishiga, xaridor va sotuvchilarni
yaxshiroq bogʻlanishlari va mahsulot boʻyicha xabardorligini oshirish
uchun turli xil raqamli platformalardan foydalanishga imkon beradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda kompaniyalar va iste’molchilar uchun
potentsial foyda samaradorlikni oshirishdan chuqur ixtisoslashuv va
mehnat taqsimotiga qadar oʻzgarishdan tortib, barcha manfaatdor tomonlar
uchun katta assortiment va oldindan kutuladigan foyda, shuningdek, xom
ashyo va tayyor mahsulot narxlari va narxlarining pasayishidan iborat.
Iste’molchilar uchun raqamli platformalar arzonroq narxda tovarlar va
xizmatlarning keng doirasiga va tanloviga kirishni ta’minlaydi va qulay
xususiyatlarni, shuningdek individual tovarlar va xizmatlarni taqdim etadi.
Iste’molchilar vositachilar yoʻqligi sababli tovarlar va xizmatlarni tezroq
olish orqali qoʻshimcha qiymatga ega boʻlishlari mumkin.
Umuman olganda, onlayn platformalarga murojaat qilish, ma’lum bir
bozor segmentlarida raqobatlashadigan kichik firmalar, jumladan,
sayyohlik bozori va yuqori qoʻshimcha qiymatli oziq-ovqat savdosi,
shuningdek hududlardagi rivojlanayotgan mintaqaviy bozorlar qiymat
zanjiri uchun foydali boʻlishi mumkin. Ushbu segmentlar va bozorlar
nisbatan kichikdek tuyulishi mumkin, ammo bunday tarmoq platformalari
297
ishlab chiqaruvchilarga koʻproq mijozlarni jalb qilishga va koʻlam miqyosi
va daromadlarini oshirishga yordam beradi. Ba’zi hollarda mahalliy
ma’lumotlarga boʻlgan ehtiyoj mahalliy foydalanuvchilarga yaxshiroq
xizmatlarni taqdim etish uchun oʻsha joyning oʻzidagi platformalarga
ustuvorlik beradi. Boshqa hollarda, ba’zi platformalar “global-lokal” deb
hisoblanadi. Masalan, Facebookning tarmoq ta’siri umuman olganda
globaldir, Uberning ta’siri esa asosan u ishlaydigan har bir shaharda amal
qiladi. Demak, global miqyosdagi mahalliy platformalar tarmoq
effektlarini yangi maydonga kirganda koʻpaytirishi kerak va shuning uchun
ular oʻzlarining barcha xizmatlarini taqdim etishda lokal platformalarga
qaraganda mahalliy raqobatga koʻproq duch kelishi mumkin. Agar kirish
mumkin boʻlsa, global raqamli platformalar innovatsion va raqamli
korxonalarni barpo etadigan infratuzilmani taqdim etish orqali foydali
boʻlishi mumkin va shu bilan mahalliy tadbirkorlik uchun asos boʻlib
xizmat qiladi.
Raqobatbardoshligi
nuqtai
nazaridan
rivojlanayotgan
mamlakatlardagi rivojlanmagan raqamli infratuzilma mahalliy yoki
mintaqaviy raqamli platformalar uchun imkoniyat yaratishi mumkin.
Masalan, bir qator vertikal bozorlarda mintaqaviy platformalar allaqachon
global platformalar bilan raqobatlashmoqda, ayniqsa elektron tijorat
sohasida
(masalan,
Amazon.com
bilan
Flipkart),
turizm
va
mehmonxonalarni band qilish (Jumia travel bilan Airbianby yoki
Hotels.com), multimedia oʻyin-kulgi sohasida («Ayrocotv» bilan
«Netflix» yoki «YouTube») va mobil taksi xizmatlari (“Litlle cab”
“Uber”). Ushbu segmentlarda rivojlanayotgan mamlakatlar shaharlaridagi
raqamli ekotizimlarning global platformalar tomonidan boshqariladigan
pogʻonaga nomutanosibligi, ma’lum darajada, mahalliy va mintaqaviy
platformalar uchun himoyalangan bozor boʻshliqlarini ochishi mumkin.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda startaplar oʻsishining asosiy yoʻli
bozorning yangi segmentiga kirish (raqamli innovatsiya) yoki global
platformalar xizmat koʻrsatishni istamaydigan (differensiasiya) bozorlarni
topishdir.
Rivojlanayotgan
mamlakatlarda
raqamli
platformalar
nomukammal va parchalanmagan analog infratuzilma uchun xizmat
koʻrsatadigan raqamli mahsulotlar segmentlarida raqobatlashishga eng
298
yaxshi imkoniyatga ega, ular raqobatdosh mahsulotni taklif qilishlari
mumkin.
Raqamli platformalarda ishlarning oʻsishi, xususan, rivojlanayotgan
mamlakatlarda, ish oʻrinlarining moslashuvchanligini va ishga joylashish
imkoniyatini yaratadi. Rivojlanayotgan ayrim mamlakatlarda olib
borilayotgan siyosat va amaliyotlar raqamli iqtisodiyotda ishtirok etish
uchun potentsial birinchi qadam sifatida AKT xizmatlari va ish joylari
bilan ta’minlash uchun ijtimoiy mas’uliyatli autsorsingni qoʻllab-
quvvatlamoqda.
Yuqorida muhokama qilingan imkoniyatlar oʻz-oʻzidan paydo
boʻlmaydi va barchaga foyda keltirmaydi. Rivojlanish manfaati uchun
global elektron tijorat platformalaridan rivojlanayotgan mamlakatlarda
nafaqat chet el tovarlarini sotib olish va import qilish, balki mahalliy ishlab
chiqarish va eksportni qoʻllab-quvvatlash uchun foydalanish kerak. Ushbu
sohadagi oʻzgarishlarni tahlil qilish uchun statistik ma’lumotlar mavjud
emas, ammo rivojlanayotgan mamlakatlarda global elektron tijorat
platformalaridan foydalanish asosan importning oshishiga olib keladi
degan xavotir mavjud.
Rivojlanayotgan
mamlakatlar
global platformalarda
taqdim
etilayotgan raqamli xizmatlardan toʻliq foydalanishlari uchun tadbirkorlar
xaridor va sotuvchilar kabi xizmatlardan erkin foydalanishlari kerak.
Koʻpgina platformalarga kirish hamma joyda hamon bir xil emas.
Cheklangan kirishning keng tarqalgan omili bu xalqaro toʻlov
yechimlarining yoʻqligidadir. Global elektron tijorat platformalari
integratsiyalashgan toʻlov yechimlarini taklif qiladi, ammo koʻplab
rivojlanayotgan mamlakatlarda kompaniyalar kerakli bank hisob raqami
yoki filialiga ega boʻlmaguncha ulardan foydalana olmaydi. Shunga
oʻxshash assimetriyalar, masalan, Afrikaning Sahroi-Kabiridagi global
bozorlarda mobil ilovalarni sotishda ham uchraydi. Afrikada eng katta
reklama platformalari faqat arab, ingliz, portugal va frantsuz tillarida
reklamalarni qabul qiladi, bu esa yangi xizmatlarning monetizasiya
salohiyatini cheklaydi.
Bundan tashqari, bozorda kontsentratsiyaning oshishi va unga global
raqamli platformalarning ta’siri, adolatsiz biznes amaliyoti va renta
daromadlarini oʻzlashtirishga yoʻnaltirilganlik bilan bogʻliq xatarlar
299
tashvishlantirmoqda. Asosiy muammo bozor kontsentratsiyasi dinamikasi
bilan bogʻliq. Ba’zi global raqamli platformalar ma’lum sohalarda kuchli
pozitsiyalarni egallashdi, jumladan, Google Internet qidiruv bozorining
qariyb 90% ni tashkil qiladi; Global ijtimoiy media bozorining uchdan ikki
qismini tashkil etadigan va dunyo mamlakatlarining 90% dan ortigʻida
yetakchi ijtimoiy media platformasi Facebook hisoblanadi; Amazon.com
esa global elektron tijorat chakana bozorining qariyb 40 foizini va Amazon
Web Services orqali global bulutli infratuzilma xizmatlari bozorida ham
shunga oʻxshash ulushni tashkil qiladi. Xitoyda Weixin tizimi (Tencent
Holdingsga tegishli) 1 milliarddan ortiq faol foydalanuvchilarga ega va
Alipey toʻlov yechimi (Alibaba egalik qiladigan) bilan birgalikda
Xitoyning deyarli barcha mobil toʻlovlar bozorini egallab oldi. Alibaba
Xitoyda elektron tijorat bozorining qariyb 60 foiziga ega.
Bunday raqamli yetakchilar ustunliklarining tez oʻsishi qisman
tarmoq samarasi; platformalarni ma’lumotlarni olish, kuzatib borish va
tahlil qilish qobiliyati; foydalanuvchilar uchun boshqa platformaga
oʻtishning narxi yuqoriligi natijasidir. Bu qisman platformalar tomonidan
bozor pozitsiyalarini mustahkamlash, jumladan, potentsial raqobatchilarni
jalb qilish, qoʻshimcha mahsulotlar yoki xizmatlar turlarini kengaytirish,
tadqiqotlar va ishlanmalarga strategik sarmoyalar kiritishni qoʻllab-
quvvatlash, ichki va xalqaro miqyosda siyosiy lobbizm, shuningdek,
an’anaviy sektorlarda koʻp millatli korxonalar bilan strategik sheriklik
asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijasidir. Uzoq
muddatli rivojlanish nuqtai nazaridan, bu muvaffaqiyatli raqamli
platformalar ma’lum miqyosdagi koʻplab rivojlanayotgan mamlakatlarga
yetib kelganida, ular global oʻyinchilar tomonidan sotib olinadigan
jozibador ob’yektga aylanishi mumkinligi bilan bogʻliq. Masalan, Lazada
(Janubi-Sharqiy Osiyo) Alibaba platformasi tomonidan sotib olingan; Suk
(Gʻarbiy Osiyo) - Amazon.com; Flipkart (Hindiston) - Walmart; va «99»
(Braziliya) - «Didi Chusin».
Rivojlanayotgan koʻplab mamlakatlarda raqamli innovatsion
platformalarning yoʻqligi rivojlanishga muhim ta’sir etadi. Xususan, global
innovatsion platformalarning ustun boʻlishiga olib keladi, bu esa
rivojlanayotgan mamlakatlarda bozor talablariga juda ham mos
kelmaydigan texnologik innovatsiyalar yoʻllarini yanada mustahkamlaydi.
300
Global innovatsion platformalar global miqyosda eng katta talab va ta’sirni
ta’minlaydigan texnologik chegaralarni ushlab turishni davom ettirishi
mumkin. Bundan tashqari, ular hali ham aqlli ishlab chiqarishga oʻtmagan
ishlab chiqarish korxonalari uchun mos keladigan sodda, arzon va
ishonchli
yangiliklarga
qiziqishi
dargumon.
Natijada,
koʻplab
rivojlanayotgan mamlakatlarning raqamli iqtisodiyotdan orqada qolishi
xavfi ortadi. Bundan tashqari, rivojlanayotgan mamlakatlarda mahalliy
raqamli innovatsion platformalarning paydo boʻlish potentsiali vaqt oʻtishi
bilan bozorlar oʻsishi va global platformalarning innovatsion imkoniyatlari
oshishi bilan kamayadi. Raqamli iqtisodiyotdan orqada qolgan davlatlar,
agar ishlab chiqaruvchilarning katta qismi asosan boshqa jugʻrofiy
hududlarga yoʻnaltirilgan texnologiyalarga ixtisoslashgan boʻlsa, mahalliy
innovatsion ekotizimlarni rivojlantirish imkoniyatlarini yoʻqotishi mumkin.
Platformalashtirishning
tabiati
va
miqyosi
rivojlanayotgan
mamlakatlarda mikrofirmalar, kichik va oʻrta korxonalarga turlicha ta’sir
qiladi. Raqamli texnologiyalarning sekin rivojlanishi bilim, motivatsiya,
resurslar va tegishli tizimlarning yetishmasligini aks ettiradi. Masalan,
ba’zi rivojlanayotgan mamlakatlarda turizm sohasidagi bilimlarning
yetishmasligi kichik mehmonxonalar, hatto yaxshi aloqa boʻlsa ham global
tizimlarga ulanishning texnik imkoniyatlarini cheklaydi. Qishloq
xoʻjaligida onlayn platformalardan foydalanish iqtisodiy jihatdan
maqsadga muvofiqdir, chunki korxonalar salohiyatni oshirish, oʻqitish yoki
boshqa texnik yordam koʻrinishida qoʻshimcha moliyaviy yordam olishlari
yoki sifat standartlariga javob berishlari kerak.
Yana bir dolzarb va munozarali masala shundan iboratki, qator
sabablarga koʻra hukumatlar va raqamli platformalar turli xil nuqtai
nazarlarga ega va ushbu masalada manfaatlar qarama-qarshiligi sabab
ma’lumotlarning chegaralar orqali oʻtishi xavotirlidir. Mamlakatning
fuqarolari, korxonalari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan
ma’lumotlar qiymat yaratishda ishlatilishi mumkin boʻlgan raqamli
iqtisodiyotning eng muhim iqtisodiy manbai boʻlganligi sababli,
ma’lumotlarning suvereniteti, xalqaro miqyosda ma’lumotlarni boshqarish
va undan foydalanish, ma’lumotlarni qayta ishlash orqali olinishi mumkin
boʻlgan qiymatni ajratish bilan bogʻliq muammolar yuzaga keladi. Mavjud
vaziyatda,
foydalanuvchi
ma’lumotlarini
toʻplaydigan,
ushbu
301
ma’lumotlarni boshqaradigan va pul ishlashi mumkin boʻlgan platform
zarur. Natijada global raqamli platformalar ma’lumot toʻplash natijasida
hosil boʻlgan qiymatni aniqlashda ustunlikka ega. Shuning uchun, oʻz
hududida hosil boʻlgan ma’lumotlarni boshqarishni istagan mamlakat
uchun yagona imkoniyat, uning chegaralari boʻylab ma’lumotlarning
harakatlanishini
cheklash
boʻlishi
mumkin.
Koʻpgina
davlatlar
ma’lumotlarning ustidan nazoratni bekor qilishga shoshilmayaptilar va
buning evaziga nima olishlarini bilmaydilar.
Raqamli iqtisodiyotda ma’lumotlar tobora qimmatbaho manbaga
aylanar ekan, mamlakatlar xorijiy firmalarga ma’lumotni cheklovsiz
yigʻishga
ruxsat
berishga
tayyor
emaslar.
Bundan
tashqari,
platformalarning global kontsentratsiyasida ma’lumotlarning erkin harakati
odatda bitta yoʻnalishda harakatlanishni anglatadi. Ma’lumotlarning
xalqaro harakati uchun toʻsiqlardan foydalanishda koʻrib chiqilgan boshqa
sabablarga milliy xavfsizlik uchun qabul qilingan xatarlar, boshqa
mamlakatlar tomonidan ma’lumotlarni egallab olish, buzib kirish xavfi va
huquqni muhofaza qilish organlari uchun ma’lumotlarga oson kirish
zarurati kiradi.
Jugʻrofiy jihatdan, global ma’lumotlar qiymatini yaratish zanjirini
shakllantirayotgan aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlar ma’lumotlar
yetkazib beruvchilardir, va faqat ma’lumotlarning koʻp qismini egallagan
platformalar va mamlakatlar uni qoʻshimcha qiymatga ega axborot
mahsulotlariga aylantirishi mumkin, bu esa oʻz navbatida pul ishlashni
anglatadi. Ma’lumotlarning global qiymati zanjirida, shuningdek reklama
platformalari va bulutli infratuzilma xizmatlari provayderlari kabi ma’lum
bir qiymat zanjirlarida rivojlanayotgan davlatlar boʻysunuvchi tomon
boʻlib, qiymat va ma’lumotlar bir nechta mavjud platformalarda
markazlashtiriladi. Bu esa yangi xalqaro qaramlikning paydo boʻlishiga
olib kelishi mumkin, ya’ni rivojlanayotgan davlatlar asosan AQSh va
Xitoyga global raqamli platformalar uchun xom-ashyo yetkazib beruvchiga
aylanib qoladi, shu bilan birga ushbu platformalarga bunday ma’lumotlar
asosida olingan raqamli tahlil uchun toʻlashlari kerak.
Koʻpgina mamlakatlarda soliqqa tortish raqamli iqtisodiyotda
qiymatni saqlashning eng muhim usuli hisoblanadi. Raqamli platformalar
tomonidan yuzaga keladigan katta qiyinchilik soliqlarning adolatli ulushini
302
toʻlamaslik uchun soliqlarni optimallashtirish usullaridan foydalanish
qobiliyatidir. Raqamli platformalar baholash va oʻlchash qiyin boʻlgan
katta miqdordagi nomoddiy aktivlarga tayanadi. Ushbu nomoddiy
aktivlarni dunyo boʻylab harakat qilishi oson boʻlgani uchun, ular agressiv
soliqni rejalashtirish imkoniyatlarini taqdim etadilar. Yana bir muammo
shundaki, qiymat qayerda ishlab chiqarilayotgani haqida aniqlik
yoʻqligidir. Raqamli iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan qiymatning katta
qismi foydalanuvchi tomonidan yaratilgan ma’lumotlardan olinadi. Ushbu
omillarning barchasi global platformalarga daromadlarni yuqori soliq
stavkali yurisdiktsiyalardan past soliq stavkali yurisdiktsiyalarga oʻtkazish
va shu bilan ularning amaldagi stavkasini pasaytirishga imkon beradi.
Masalan, Alphabet va Facebookning 2017 yildagi foydasining uchdan ikki
qismi AQSh tashqarisidan kelgan, ammo soliqlarning atigi 10 foizi chet
elda toʻlangan.
Koʻtarilgan platformalashtirish tendentsiyasi mehnat bozorining
oʻzgarishi va bandlikning yangi shakllarining paydo boʻlishi bilan birga
kechadi. Xususan, tobora koʻproq odamlar platformalarda individual
pudratchilar yoki mustaqil ishchilar sifatida ishlamoqda. Aksariyat
holatlarda, platforma egasi boshqa ish beruvchilar singari ish sharoitlari
ustidan bir xil nazoratni ushlab tursa ham, individual ishchi-xodim ish
bilan
bogʻliq boʻlgan
imtiyozlarning
koʻpini
yoʻqotib,
mehnat
munosabatlarining salbiy tomonlarini boshdan kechiradi. Bu koʻpincha
shartnoma boʻyicha ish haqi eng kam ish haqiga nisbatan pastligidan
dalolat beradi va ishchilar oldindan aytib boʻlmaydigan daromad oqimiga
ega boʻlishlari va mehnat munosabatlariga xos boʻlgan himoya
vositalaridan foydalanmaydilar. Raqamli iqtisodiyotda ushbu ish
toifalarining tipologiyasi mehnat huquqlariga ta’sir koʻrsatishi mumkin
boʻlgan munozarali masalaga aylandi.
Sof iqtisodiy jihatlardan tashqari, shaxsiy hayot va xavfsizlik,
demokratiya va axloqiy muammolar, ommaviy kuzatuv va raqamli
mustamlakachilik xatarlari ortib bormoqda.
Raqamlashtirishning
afzalliklari
avtomatik
emas.
Mamlakat
rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash uchun potentsialga ega, ammo har qanday
amalga oshirilgan qiymat adolatli taqsimlanishi dargumon. Yakuniy ta’sir,
yuqorida aytib oʻtilganidek, mamlakatlar va ularning manfaatdor
303
tomonlarining rivojlanishi darajasiga va milliy, mintaqaviy va xalqaro
darajadagi siyosatlarga bogʻliq boʻladi.
Raqamlashtirish rivojlanishning barcha darajalarida turgan davlatlar
uchun asosiy siyosiy muammolarni yuzaga keltirdi. Bu asosan raqamli
tengsizlik va bozor kuchilarining mavjud yuqori kontsentratsiyasidagi
tafovutlar natijasidir. Raqamli iqtisodiyot uchun muqobil konfiguratsiyani
topish zarur, bu yanada muvozanatli natijalarga hamda ma’lumotlar va
raqamli intellektni ishlatishdan olinadigan foydani adolatli taqsimlashga
olib keladi. Hukumat oʻyin qoidalarini belgilash orqali raqamli
iqtisodiyotni shakllantirishda hal qiluvchi rol oʻynaydi. Faol siyosat
raqamli iqtisodiyotni ijobiy yoʻnalishda harakatlantiradi va barqaror
rivojlanish maqsadlariga erishish uchun qoʻllab-quvvatlaydi. Bu amaldagi
dasturiy va me’yoriy hujjatlarni moslashtirishni va boshqa sohalarda
yangilarini qabul qilishni taqozo etadi.
Raqamli iqtisodiyotda qiymat yaratish va uni saqlash uchun zarur
boʻlgan arzon va ishonchli ulanishni ta’minlash diqqatni talab qiladi. Bu
kam rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa qishloq va olis joylarda katta
muammo boʻlib qolmoqda.
Rivojlanayotgan
mamlakatlarda,
ayniqsa
kam
rivojlangan
mamlakatlarda mikrofirmalar va kichik va oʻrta korxonalar raqamli
iqtisodiyotda
samarali
raqobatlashishi
uchun
tegishli
axborot-
kommunikatsiya
texnologiyalari
infratuzilmasidan
foydalanish
imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Bunga hech boʻlmaganda mobil telefon
aloqasi kiradi, lekin tobora qishloq joylarida ham ulanishning arzon
narxlariga ega keng polosali aloqa ham boʻlishi kerak. Bundan tashqari,
mikrofirmalar hamda kichik va oʻrta korxonalar (KOʻB) axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish uchun yordamga
muhtoj.
Mamlakatlar raqamlashtirish va platformalashtirishda ishtirok etishga
va ular bilan bogʻliq imkoniyatlardan foydalanishga tayyorlikning turli
bosqichlarida turibdi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda koʻproq odamlar va
korxonalar
raqamli
iqtisodiyotning
ishlab
chiquvchilari,
ishlab
chiqaruvchilari va eksportchilari boʻlishlariga yordam berish uchun zarur
boʻlgan salohiyatni kuchaytirishga harakat qilish kerak.
304
Elektron tijoratdan foyda olish uchun rivojlanayotgan davlatlar
siyosatning bir qator yoʻnalishlari, xususan arzon narxlardagi AKT
infratuzilmasi va xizmatlarini taqdim etish, toʻlov tizimlarini tashkil etish,
savdo logistika tizimini takomillashtirish va savdoni osonlashtirish,
elektron tijorat koʻnikmalarini rivojlantirishni ragʻbatlantiruvchi va
moliyaviy imkoniyatlardan foydalanishni tartibga soluvchi me’yoriy
asoslarni qamrab olishi kerak. UNKTAD tomonida tezkor elektron
tijoratga tayyorlikni baholash kam rivojlangan va boshqa davlatlar uchun
foydali boʻlgan boshlangʻich nuqta boʻlib, muammolarni bartaraf etishga
yordam beradigan siyosatni takomillashtirish sohalarini aniqlab beradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun raqamli iqtisodiyotning ishlab
chiqarish qobiliyatini rivojlantirish juda muhimdir. Bu nafaqat raqamli
platformalarni yaratish, balki raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish va
mavjud firmalarning raqamlashtirilishiga bogʻliq.
Ba’zi davlatlar Xitoy va AQSh kabi dinamik platforma ekotizimini
yaratishga muvaffaq boʻlishdi. Ba’zi rivojlanayotgan mamlakatlar mahalliy
platformalarni rivojlantirish boʻyicha aniq siyosatlarini ishlab chiqdilar.
Masalan, Efiopiya xorijiy taksilarga buyurtma berish platformalariga
kirishni ta’qiqlagani sababli, “Ride”, “Zay Ride” va “Etta” kabi bir qator
muqobil xizmatlar paydo boʻldi, ular mahalliy, jumladan, internetning
sekinligi, smartfonlar va mobil toʻlov tizimlarining pastligi kabi
sharoitlarda ishlashga qodir. Keniyada Uber kabi xorijiy taksi buyurtma
maydonchalari “Little Cab” kabi mahalliy kompaniyalarning raqobatiga
duch kelmoqda. Boshqa mamlakatlarda global raqamli platformalarning
ma’lum bir bozorga chiqmaslik haqidagi strategik qarorlari “Jumia Group”
va “Suk” kabi mahalliy kompaniyalarning oʻsishi uchun yoʻl ochdi. Shu
sababli, tartibga solish muhiti va bozor sharoitlariga qarab, mahalliy
raqamli platformalar uchun rivojlanayotgan mamlakatlarda hayotiy tanlov
bor, ammo ular miqyosni kengaytirishga intilishsa, qiyinchiliklarga duch
kelishadi.
Raqamli toʻlovlar, mikromoliyalashtirish va raqamli sogʻliqni
saqlash uchun “soʻnggi mil” platformalari kabi mintaqaviy imkoniyatlar va
rivojlanish tajribasi bilan birlashadigan raqamli mahsulotlar bozorlarini
toʻgʻridan-toʻgʻri davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadga muvofiq.
Hukumat,
shuningdek,
mintaqaviy
innovatsion
platformalar
va
305
ekotizimlarni
yaratishni
qoʻllab-quvvatlashga
intiladi.
Muammo
salohiyatga ega uzoq muddatli innovatsion yoʻllarni aniqlab, ochiq va
samarali raqamli infratuzilmani yaratishdadir. Bu qisman mavjud mahalliy
tizimlarning kengroq integratsiyasini, jumladan, uyali aloqa operatorlariga
ichki va xalqaro miqyosda amaliy interfeyslarni ochish va/yoki yaxshilash
uchun talablarni qoʻyish orqali amalga oshadi.
Raqamli va tegishli sohalarda tadbirkorlikni rivojlantirish ichki
qiymatni yaratishning kalitidir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda, xususan,
raqamli tovarlar va xizmatlar uchun mahalliy va/yoki mintaqaviy
bozorlarda imkoniyatlar mavjud. Mintaqadagi turli guruhlar tomonidan
yangi chuqur texnik bilimlar bazalarini yaratishni ragʻbatlantirishga
qaratilgan siyosat olib boriladi. Bunda boshqa joyda koʻpaytirish qiyin
boʻlgan, ma’lum bir joyda talab qilinadigan va nisbatan arzon narxlarda
muayyan joyga koʻchirilishi yoki koʻpaytirilishi mumkin boʻlgan raqamli
mahsulotlar uchun eng katta imkoniyat mavjud.
Hukumatlar dasturiy marafonlar va dasturlash kurslari yoki
texnoparklar kabi nufuzli loyihalarga, ustoz-shogird, oʻqitish va stajirovka
dasturlari orqali tadbirkorlik bilimlarini yaratishga e’tibor qaratishadi.
Shuningdek, ular ushbu sohada tadbirkor ayollarning imkoniyatlarini
kengaytirish usullarini ham koʻrib chiqishadi. Hunarmandlik, norasmiy
aloqa va biznes modellarini yaratish ayollarga notijorat gender tafovutlarni
yoki ayollarning axborot texnologiyalari va elektron tijorat loyihalarini
boshlash yoki davom ettirishiga toʻsqinlik qiladigan ahloqiy me’yorlarni
yengishga yordam beradi. Shu munosabat bilan, rivojlanayotgan
mamlakatlarda ishbilarmon ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun
YUNKTADning “Ayollar uchun elektron tijorat” tashabbusi boshlangan.
Raqamli iqtisodiyotda qiymat yaratish nafaqat kuchli raqamli
sektorni, balki barcha sohalardagi korxonalarga raqamli texnologiyalardan
foydalanish imkoniyatini yaratishni talab qiladi. Kam rivojlangan
mamlakatlarda bu, xususan, qishloq xoʻjaligi va turizmga tegishlidir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga sarmoya kiritadigan firmalar
nisbatan samarali, raqobatbardosh va foydali hisoblanadi. Biroq,
rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa kam rivojlangan mamlakatlarda,
koʻplab kichik biznes egalari biznesni yuritish uchun raqamli ulanishdan
foydalanish qobiliyatiga, koʻnikmalariga va bilimlariga ega emaslar.
306
Ushbu muammoni hal qilishning bir usuli korxonalarni boshqarishning
umumiy oʻquv dasturlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
kiritishdir. Hukumat, shuningdek, raqamli platformalardan foydalanish
boʻyicha mikrofirmalar, kichik va oʻrta korxonalarni kengroq oʻqitish
uchun xususiy sektor bilan sheriklik qilishdan manfaatdor hisoblanadi.
Ma’lumotlarga asoslangan global iqtisodiyotga bogʻliqlikning
oʻsishini oldini olish uchun milliy rivojlanish strategiyalari ma’lumotlar
qiymat zanjirlarida raqamli modernizatsiyani (qiymat yaratilishini) va
mahalliy ma’lumotlarni qayta ishlash qobiliyatini oshirishga yoʻnaltirilgan
boʻlishi kerak. Bu milliy siyosat raqamli ma’lumotlardan foydalanish
imkoniyatlarini kengayish xavflari va muammolarini yengib oʻtishni talab
qiladi. Siyosatning asosiy muammolari ma’lumotlar egalari va boshqarish
markazlarini
aniqlash,
iste’molchilarning
ishonchini
oshirish
va
ma’lumotlar maxfiyligini himoya qilish, chegaralar orqali ma’lumotlarning
harakatlanishini tartibga solish va raqamli ma’lumotlarning rivojlanish
potentsialidan foydalanish uchun zarur boʻlgan imkoniyatlar va bilimlarni
shakllantirishni oʻz ichiga oladi.
Raqamli ma’lumotlardan foydalanishning iqtisodiy afzalliklarini
yanada teng taqsimlashni ta’minlash uchun bir nechta takliflar bildirilgan.
Ba’zilar, shaxsiy ma’lumotlar bozorlari yoki ma’lumotlar trastlari orqali
platformalarga taqdim etilgan ma’lumotlar uchun odamlarga pul toʻlashni
taklif etsa, boshqalar esa yangi ma’lumotlarning asosi sifatida raqamli
ma’lumotlarga kollektiv egalik qilish va raqamli ma’lumotlardan
foydalanishni talab qilmoqdalar. Ushbu va boshqa variantlarni sinab
koʻrish va ularning maqsadga muvofiqligini va tegishli afzalliklari va
kamchiliklarini baholash kerak. Maxfiylik va ma’lumotlar xavfsizligi
alohida e’tibor talab qiladi. Ma’lumotni suiiste’mol qilishdan himoya
qilish uchun turli xil xavfsizlik choralari zarur. Shaxsiy ma’lumotlarni
oʻgʻirlashning oldini olish uchun qonunlar va qoidalar zarur; shaxsiy
ma’lumotlarni toʻplash, ulardan foydalanish, uzatish yoki yoʻq qilish
maqsadlari va usullarini tartibga soluvchi qoidalarni belgilash va axborot
biznes modellari butun jamiyat uchun foyda keltirishini ta’minlash darkor.
2018 yil may oyida kuchga kirgan Evropa Ittifoqining ma’lumotlarni
himoya qilishning umumiy reglamenti bugungi kunda global ahamiyatga
307
ega boʻlgan ma’lumotlarni himoya qilishga eng keng qamrovli
yondashuvni belgilaydi.
Ma’lumotlarning xalqaro harakati ta’sirini muvozanatli tahlil qilish
uchun turli mamlakatlar va hukumatlar, biznes, instituttlar va shaxslarning
turli xil manfaatlarini hisobga olish kerak. Ushbu manfaatlar har doim ham
bir-biriga toʻgʻri kelmasligi sababli, tafovut va qarama-qarshiliklar yuzaga
keladi. Hukumatlar ma’lumotlarning tarqalishini cheklash toʻgʻrisida qaror
qabul qilishda shaxsiy hayot va fuqarolarning himoyasi, xavfsizlik va
mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va bozor raqobatining kuchayishi
inobatga olishi kerak. Yakuniy natija siyosatining tanloviga bogʻliq. Turli
davlatlar ma’lumotlarning erkin harakatlanishidan tortib, ma’lumotlarni
mahalliylashtirish amaliyotiga qadar turli xil rejimlarni qoʻllaydilar.
Raqamli iqtisodiyotda tarmoq ta’siri va bozor kontsentratsiyasi
tendentsiyasi nuqtai nazaridan raqobat siyosati muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavjud mexanizmlar raqamli asrda bozorda raqobatni shakllantirish va
raqobatni qoʻllab-quvvatlash vazifasini bajarishi kerak. Hozirgi vaqtda
monopoliyaga qarshi tartibga solishda ustunlik yuqori narxlar nuqtai
nazaridan iste’molchilar ziyonini aniqlashga asoslangan. Masalan,
iste’molchilarning shaxsiy hayoti, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish,
iste’molchilar tanlovi, bozor tuzilishi, xizmat koʻrsatuvchi provayderlarni
oʻzgartirish qiymati va sotuvchiga bogʻliqlik effekti hisobga olinishi kerak.
Raqamli dominant ishtirokchilar uchun raqobat toʻgʻrisidagi
qonunchilikning samaradorligini oshirishning tegishli bozorni sinchkovlik
bilan aniqlash, bozorning potentsial suiiste’mollikni baholash va taklif
qilingan birlashuvlarni koʻrib chiqishda qoʻllaniladigan vositalarni
yangilash kabi turli xil usullari mavjud. Koʻrsatiladigan xizmatlarni davlat
xizmatlari bilan taqqoslash mumkin boʻlgan darajada, ba’zi hollarda
tartibga solishni barcha korxonalar uchun ochiq va teng ravishda kirishni
ta’minlash vositasi sifatida koʻrish kerak. Qaysi variant tanlanmasin,
rivojlanayotgan
davlatlar
raqobat
siyosatining
imkoniyatlarini
kuchaytirishlari kerak.
Soliqqa tortish raqamli iqtisodiyotda qiymatni saqlash bilan bogʻliq
boʻlgan yana bir muhim sohadir. Jadal rivojlanayotgan raqamli
iqtisodiyotdagi davlatlar eng yirik raqamli platformalar uchun soliqlarni
kamaytirilishining oldini olish uchun soliq huquqlarini taqsimlashni qayta
308
koʻrib chiqmoqdalar. Hozirgi paytda daromad soligʻi qayerda va qanday
qiymatda yaratilganligi oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud. Rivojlanayotgan
davlatlar birinchi navbatda global raqamli platformalar uchun bozor boʻlib
xizmat qilayotgani hamda ularning foydalanuvchilari qiymat va foydani
yaratishga katta hissa qoʻshar ekan, ushbu davlatlarning rasmiylari bunday
platformalar tomonidan yaratilgan qiymatga soliq solish usullarini
izlamoqda.
Dunyoning aksariyat mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotda soliqqa
tortish bilan bogʻliq siyosiy harakatlar asosan korporativ va eng yirik
raqamli platformalarni soliqqa tortishga qaratilgan. Biroq, Afrikaning ba’zi
davlatlarida Internetdan foydalanuvchilar va mobil toʻlov tizimlarini
soliqqa tortishga koʻproq e’tibor qaratilgan. Soliqqa tortishning ushbu turi
hukumat uchun jozibador boʻlishi mumkin, ammo agar u faol Internetdan
foydalanuvchilar sonini kamaytirish orqali iqtisodiy faoliyatning
pasayishiga olib kelsa, aksincha, samarasiz boʻladi.
Raqamlilashtirish bandlik va mehnat sharoitlariga, shuningdek ish
oʻrinlarining soni va sifatiga jiddiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Raqamli
transformatsiyaning
jadal
sur’ati
siyosatchilar
va
odamlardan
texnologiyaga asoslangan mehnat bozoridagi oʻzgarishlarga moslashish
uchun tezkor choralarni talab qiladi. Mehnat tabiati oʻzgarganda va ayrim
ish oʻrinlari tugatilganda yangi ish oʻrinlari paydo boʻlishi bilan odamlar
oʻz faoliyati davomida yangi bilimlarga ega boʻlishlari kerak. Bu
masalalar, shuningdek, siyosat boʻyicha hukumatlararo ekspertlar
guruhining qonunchilik va hayotiy raqobat boʻyicha yigʻilishlarida
muhokama qilinadi. Siyosiy choralar texnologik oʻtish davrida ishidan
mahrum boʻlganlar yangi sharoitlarga moslashishlari va koʻnikishlarinilari
ta’minlashi kerak. Raqamli iqtisodiyotda qiymatni yaratish va saqlab
qolish siyosatining muhim vositalaridan biri bu ishchilar oʻzgarishlarga
tayyor boʻlishi va moslashishlari uchun umrbod oʻquv dasturlarini tashkil
qilishdir. Shu sababli maxsus ijtimoiy himoya choralari va sugʻurta
tarmoqlari ham muhimdir.
Raqamli platformalardagi ishlarning oʻsishi, ayniqsa rivojlanayotgan
mamlakatlarda, ish oʻrinlarining egiluvchanligini va ishga joylashish
imkoniyatini kengaytirishi mumkin. Shunga qaramay, ish sharoitlari va
standartlari nuqtai nazaridan pasayish poygasi xavfi mavjud, buni yodda
309
tutish kerak. Bunda muhim masalalardan biri ish oʻrinlarini tasniflash bilan
bogʻliq, ya’ni, xodim platformada ishlaydigan mutaxassismi yoki mustaqil
ishchi hisoblanadimi degan savolga aniq javob boʻlishi kerak. Bu mehnat
huquqlariga jiddiy ta’sir qiladi. Ish sharoitlarini yaxshilash uchun
foydalanuvchida shartnomalarni qayta koʻrib chiqish uchun katta
imkoniyatlar mavjud.
Raqamlashtirish mamlakatlarga ularning rivojlanish darajasi va
raqamli tayyorligiga qarab turli xil ta’sir koʻrsatganligi sababli, ayrim
mamlakatlar davlat siyosatining bir qator qonuniy maqsadlariga erishish
uchun raqamli iqtisodiyotni tartibga solish uchun siyosiy maydonga
muhtoj. Shu bilan birga, ma’lumotlarning himoyasi va xavfsizligi,
ma’lumotlarning xalqaro harakati, raqobat, soliq va savdo kabi ayrim
siyosiy muammolar mintaqaviy yoki xalqaro miqyosda yaxshiroq hal
qilinishi mumkin. Shu sababli, tez sur’atlar bilan oʻsib borayotgan raqamli
iqtisodiyotning afzalliklarini hozirda undan katta foyda koʻrmaydigan
koʻplab shaxslar olishini ta’minlash uchun kelishilgan global harakat talab
etiladi.
Xalqaro savdo va rivojlanishda tobora muhim ahamiyat kasb etuvchi
xalqaro ma’lumotlar harakatiga kelsak, ushbu sohadagi qoidalarni Jahon
savdo tashkiloti va savdo bitimlari orqali xalqarolashtirishga urinishlar
boʻldi. Ushbu masala boʻyicha fikrlarning xilma-xilligi qoʻshimcha tahlil
qilish va taklif etilayotgan turli yondashuvlarni sinchkovlik bilan koʻrib
chiqish zarurligini koʻrsatadi. Xususan, qonuniy davlat siyosatining
maqsadlariga erishish uchun moslashuvchanlikni yanada koʻproq oʻrganish
va muhokama qilish kerak. Ma’lumotlarga maxsus kirish raqobatdosh
ustunlikka ega, bu daromadlarni taqsimlash, bozor kontsentratsiyasi va
mamlakatlarning
raqamli
platformalarda
qatnashishi
va
raqamli
ma’lumotlardan foydalanishi uchun teng darajadagi sharoitlarning
yetishmasligi
bilan
bogʻliq
muammolarni
keltirib
chiqaradi.
Ma’lumotlarning koʻp qirrali tabiatini hisobga olgan holda, bunday keng
qamrovli munozara uchun eng mos forum qanday boʻlishi mumkinligini
koʻrib chiqish ham muhimdir.
Raqamli iqtisodiyotdan foydalanish uchun ma’lumotlarning uzluksiz
ravishda uzatilishini ta’minlash juda muhim, ammo shu bilan birga tegishli
imtiyozlar davlatlar va qiymat yaratishda ishtirok etadigan shaxslar
310
oʻrtasida teng taqsimlanishini ta’minlash ham muhimdir. Bundan tashqari,
ta’sirlarni baholash iqtisodiy oʻsishdan tashqarida boʻlishi kerak va quvvat
aloqalari, bogʻliqlik, ma’lumotlarning maxfiyligi va qiymatni saqlash bilan
bogʻliq omillarni hisobga olishi kerak. Bu barcha tegishli jihatlarni hisobga
olgan yangi, alternativ yondashuvlarni oʻrganishni talab qiladi. Jumladan,
mamlakat darajasida har xil turdagi muhim ma’lumotlarga “egalik qilish”
va nazorat qilish qoidalari oʻrnatilishi mumkin, ma’lumotlar mamlakat
iqtisodiyoti va mamlakat ma’lumotlari bilan ishlashni xohlaydigan global
raqamli platformalar bilan adolatli shart-sharoitlarni muhokama qilish
uchun muhim vosita hisoblanadi. Bunday qoidalardan raqamli sohalarning
rivojlanishiga koʻmaklashish, jumladan global korporatsiyalar bilan
qoʻshma loyihalar orqali foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |