Xulosa Kvant texnologiyalarining asosiy iste’molchisi davlatdir. Bu esa
milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun kvant texnologiyalarining strategik
ahamiyati bilan bogʻliq. Markets and Markets ma’lumotlariga koʻra, kvant
hisoblashlar bozori uchun oʻsish drayverlari kiber jinoyatlarga qarshi
kurash, avtomobilsozlik va mudofaa sanoatida kvant hisoblashlardan
foydalanish, shuningdek, davlat investitsiyalarining ortishi boʻladi. Evropa,
AQSh, Xitoy, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada kvant
texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha dasturlar yaratilgan. Kvantli
hisoblash rivojlanishining yana bir drayveri bu mashinali oʻqish va sun’iy
aqlni rivojlantirishdir. Accenture ma’lumotlariga koʻra, 2035 yilga qadar
rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy oʻsishning yarmi sun’iy intellekt
(AI)dan keladi - bu yiliga 2,5 trln.dollarni tashkil etadi. Agar AIda kvant
hisoblash dasturlarining ulushi 20% ni tashkil qilsa, u holda mos ravishda
yiliga 500 milliard dollargacha yetishi mumkin. Davlat tomonidan qoʻllab-
quvvatlash dasturlari bilan bir qatorda Google, IBM, Microsoft, Intel,
Alibaba, Hewlett Packard Enterprise, Nokia Bell Labs va Raytheon kabi
kompaniyalar ham kvant texnologiyalariga qiziqish bildirmoqdalar.
Jahonda kvant texnologiyalarining birinchi iste’molchilari allaqachon
paydo boʻlgan. Bular qatoriga Lockheed Martin, Airbus, Volkswagen va
boshqalar kiradi.
Kvantli kompyuterlardan yangi materiallarni yaratish uchun
foydalanish mumkin. Elektr energiyasini uzatish paytida yoʻqotishlarni
kamaytirishga imkon beradigan xona haroratida oʻta oʻtkazuvchanlik
xususiyatlariga
ega
materiallarni
sintez
qilish
uchun
kvant
kompyuterlaridan foydalanish masalasi keng muhokama qilindi. Kam
energiya sarflash hisobiga kelajakda kvant kompyuterlar klassik
superkompyuterlarga
qaraganda
arzonroq
boʻladi.
Kvant
284
kompyuterlarining energiya iste’moli 100 baravar kam boʻladi, bu
kelajakda oʻnlab milliard dollarni tejashga imkon beradi.
87