86
2.1-rasm. IR-4.0 tarkibi
Ushbu yangi texnologiyalar barcha fanlarga, iqtisodiyotga va
sohalarga ta’sir qiladi. Jumladan, ular orasida hukumat; siyosat va tartibga
solish; elektr infratuzilmasi; telekommunikatsiya sohasi; raqamli xizmat
koʻrsatuvchi provayderlar; elektron biznes va elektron tijorat sanoati;
axborot va bilimlarni boshqarish tizimlari; intellektual mulk huquqlari;
inson kapitali va bilim ishchilari; tadqiqot va ishlanmalar; va
rivojlanayotgan texnologiyalar bor. Raqamli inqilobning iqtisodiyot uchun
ahamiyatini misollarda keltiradigan boʻlsak, 2016 yilda global raqamli
iqtisodiyot 11,5 trln. dollarga teng boʻlib, dunyo yalpi ichki mahsulotining
15,5 foizni tashkil etadi. Oʻn yildan kam vaqt ichida ushbu koʻrsatkich 25
foizga oʻsishi kutilmoqda.
Ekotizimining mohiyati va tabiatini tushunish uchun raqamli
iqtisodiyotga berilgan ayrim ta’riflarni oʻrganish maqsadga muvofiq. (2.1-
jadval)
2.1-jadval
Dostları ilə paylaş: