O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


-rasm. Raqamli iqtisodiyot ekotizimi



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

2.3.-rasm. Raqamli iqtisodiyot ekotizimi 
 
Har bir xab esa 10 ta kesmaga ajratiladi


Dastur ishlab chiqish va dizayn; 

Analitika va ma’lumotlar; 

AI va Big Data (sun’iy intellect va kata hajmli ma’lumotlar); 

Hardware (IT qurilmalai); 

Biznes-modellar; 

Internet buyumlar (IoT); 

Mobil platformalar; 

Tartibga solish dastaklari; 

Start-uplar; 

Investisiyalar. 
Raqamli platformalarning rivojlanish sohasidagi yorqin misollardan 
biri sifatida Alibaba elektron savdo tizimiga ega boʻlgan Xitoy 
kompaniyasini keltirib oʻtish mumkin. Undan foydalanish tajribasi shuni 
45
Цифровая экономика России в 2016 году: статистика и тенденции. [Электронный ресурс].- Режим 
доступа: http://www.iksmedia.ru/news/5401378-Czifrovaya-ekonomika-Rossii-v-2016.html. Подробнее на 
IKSMEDIA.RU: http://www.iksmedia.ru/news/5401378-Czifrovaya-ekonomika-Rossii-v-2016
Xablar 
davlat va jamiyat
marketing va reklama
moliya va savdo
infratuzilma va aloqa
media va ko’ngil ochish 
kiberxavfsizlik
ta’lim va kadrlar 


92 
koʻrsatadiki, 
ma’lumotlar 
toʻplash 
jarayoni 
iqtisodiyotning 
turli 
sektorlariga ekspansiya uchun oʻta raqobatli ustunliklar yaratadi. Alibaba 
bu – oddiygina raqamli platforma emas, balki platformalar ekotizimidir. 
Tushunarliki, bunday ekotizim qudrati alohida platformalar kuchidan katta 
boʻladi. Hatto AQSH ham hozirgi kunda bu poygada yutqazmoqda, chunki 
u yerda turli platformalarni integratsiya qilishga toʻgʻri keladi, Xitoyda esa 
bu sohada rivojlanish samaradorlikni oshirish hisobiga – bir platformadan 
boshqa platformaga qarab oʻtish asta-sekinlik bilan roʻy berdi.
Ekotizimlarning rivojlanishiga quyidagilar ta’sir etadi: 

Investisiyalarning oʻsishi; 

Ma’lumotlarni saqlash tizimlarini takomillashtirish; 

Internet-bogʻlanish tezligini oshirish; 

Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar; 

Giperkonvergent bozor infratuzilmasinin rivojlanishi; 

Bulutli xizmat koʻrsatishni oʻsishi (IaaS). 
Raqamli transformatsiya manfaatdor tomonlar tomonidan qoʻllab-
quvvatlanadi: 

davlat tomonidan – sohani tartibga solish, normalar va tartib-
qoidalarni belgilash, qoʻllab-quvvatlash choralarini ta’minlash nuqtai 
nazaridan, shuningdek, raqamli paradigmaga oʻtish uchun ishlab chiqarish 
liderlarini ragʻbatlantirish; 

iqtisodiyot tarmoqlarining etakchi korxonalari tomonidan – 
ekspertlar hamjamiyatini birlashtirish, ma’lumot almashish doirasida 
rivojlanish uchun resurslar va ularga kirishda raqamli xizmatlar, 
standartlashtirish, ishonch va xavfsizlik darajasini ta’minlash; 

innovatsion kompaniyalar tomonidan – yangi raqamli 
xizmatlar 
va 
iste’molchilarga 
moʻljallangan 
mahsulotlar 
paydo 
boʻlishining asosiy drayveri sifatida koʻrish. 
Shunday qilib, raqamli rejimga oʻtish uchun ochiqlik va 
jamoatchilikning ishtiroki printsipial jihatdan muhimdir va raqamli 
sanoatning ekotizimlarini shakllantirish raqamli iqtisodiyotning asosiy 
echimiga aylanmoqda. 
Raqamli sanoatning ekotizimi – bu raqamli xizmatlarning 
innovatsion 
rivojlanishi 
va 
tarqalishi 
uchun 
shart-sharoitlarni 


93 
ta’minlaydigan muhit, raqamli mahsulotlar, dasturlar va qurilmalardan 
iborat. 
Ekotizimni yaratish nafaqat tashkiliy, balki texnologik jarayondir. 
Chunki aynan raqamli texnologiyalar ekotizim ishtirokchilari oʻrtasidagi 
oʻzaro munosabatlarni avtomatlashtirishga, biznesni global miqyosda 
kengaytirishga imkon beradi
46

Gartner, Inc. (NYSE: IT) – etakchi global tadqiqot va konsalting 
kompaniyasi – har qanday biznesni aktivlari, jarayonlari va funktsional 
boʻlinmalari yopiq tizim sifatida emas, balki tashkilotdan tashqarida ham 
ochiq chegaralari boʻlgan platformalar toʻplami sifatida koʻrib chiqishga 
chaqiradi. Hozirgi rivojlanayotgan texnologik yoʻnalishlar beshligida 
«ekotizim kuchi» ikkinchi oʻrinni egallaydi. 
Ekotizimdagi 
munosabatlar 
va 
aloqalar 
kompleksi 
nafaqat 
biznesning muvaffaqiyatiga, balki inson atrof-muhiti holatiga, insonning 
ushbu muhitni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish qobiliyatiga ham ta’sir 
qiladi. Ushbu ta’sir kompleksi biznes ekotizimining institutsional 
xususiyatini oʻz ichiga oladi. 
Shu sababli, tashkiliy hodisa – biznes ekotizimi – ijtimoiy-iqtisodiy 
jihatdan maqsadga muvofiqligi, texnologik xavfsizligi va kasbiy layoqat 
nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi. 
Jamiyatda faol takrorlanadigan “Biznes raqamli tizimga oʻtadi” 
shiori bir tomonlama, tor darajada fikr yurituvchilar tomonidan barcha 
ma’lumotlarning raqamli shaklga oʻtkazilishi sifatida qabul qilinadi. 
Ammo biznes aloqalari sohasida ushbu shior raqamli ma’lumotlar bilan 
toʻgʻri ishlash va undan analitik qimmatliklarni – yangi gʻoyalar va 
bilimlarni chiqarib olish qobiliyatiga aylanmoqda. Raqamlashtirish 
ishbilarmonlik muvaffaqiyatining drayveriga, biznesdagi raqobatbardosh 
ustunlikka aylanmoqda. Bugungi kunda ushbu qimmatliklarga kerakli vaqt 
oraligʻida osongina «erishish» mumkin emas. Innovatsion jarayonlarni 
jadallashtirish uchun tashqi kuchlarni birlashtirish – oʻzlarining ekotizimini 
shakllantirish – tashkilotlarga raqobat kurashida kuchli mavqega ega 
boʻlishga imkon beradi. 
Jamiyat 
raqamli 
transformatsiyasining 
muqarrarligi 
(«Raqamlashtirilishi mumkin boʻlgan hamma narsa raqamlashtiriladi» – 
46
https://studme.org/339535/ekonomika/postroenie_ekosistemy_organizatsionno_tehnologicheskiy_protsess 


94 
Den Reymer, 2016) va ushbu oʻzgarish natijasida tashkiliy sohadagi 
agentlar uchun qanday kasbiy mahoratlarni rivojlantirish kerak?, qanday 
tashkiliy modellarni joriy etish kerak? qaysi harakatlar algoritmlarini 
qoʻllash kerak? qanday xatti-harakatlar eng moslashuvchan hisoblanadi? 
kabi yangi savollar tugʻiladi. 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin