100
•
geografik joylashuvidan qat’iy nazar, fuqarolarning oʻsib
borayotgan axborotga ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun keng polosali
simsiz va mobil texnologiyalarni yanada rivojlantirish;
•
iste’molchilarga televizion signalni uzatish, yer usti televizion
eshittirish, kabel televideniyesi, IP-televideniye, ma’lumotlar
uzatish
tarmoqlari, mobil aloqa, Internet texnologiyalaridan foydalangan holda
teleradioeshittirish, televizion va radio xizmatlarining barcha turlarini
toʻliq qamrab olgan holda raqamli eshittirishni takomillashtirish;
•
“bulutli” hisoblashlar asosida ma’lumotlarni saqlash va qayta
ishlash markazlarini rivojlantirish, foydalanuvchi talablariga muvofiq,
Oʻzbekiston Respublikasining axborot resurslariga
doimiy ulanishni
ta’minlash;
•
bozorning
erkin
rivojlanishi
imkoniyatini
saqlab,
telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish uchun sharoitlarni yaxshilash,
biznes yuritish va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun
ma’muriy toʻsiqlarni kamaytirish;
•
elektron hukumat doirasida elektron davlat xizmatlaridan
foydalanish uchun barcha davlat organlari, ularning tarkibiy va hududiy
boʻlinmalarini idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmogʻiga ulagan holda
ushbu tarmoqni rivojlantirish;
•
mamlakatimiz
hududida davlat organlari, jismoniy va yuridik
shaxslar uchun axborotni saqlash, qayta ishlash, himoya qilish va elektron
davlat xizmatlarining foydalanuvchanligini ta’minlash mexanizmlarini
takomillashtirish;
•
davlat organlari faoliyatini raqamlashtirish va elektron davlat
xizmatlarini koʻrsatish doirasida “xizmat sifatida dasturiy ta’minot”,
“xizmat
sifatida
platforma”,
“xizmat
sifatida
infratuzilma”
texnologiyalarini keng joriy etish;
•
shahar infratuzilmasini boshqarishda raqamli texnologiyalarni
joriy etish orqali transport logistikasi, shahar infratuzilmasi,
shahar
muhitining sifati, shahar rivojlanishini boshqarish samaradorligi, jamoat,
biznes va yashash joylari bilan bogʻliq muammolarni hal qilish uchun
“aqlli” va “xavfsiz” shahar loyihalarini izchil amalga oshirish;
•
keng polosali ulanishni rivojlantirishning texnologik asosi
iste’molchilarga asosiy va qoʻshimcha xizmatlarni, shu jumladan
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish xizmatlarini,
aholining hayotini
101
qoʻllab-quvvatlashda aqlli tizimlarni joriy etishning bir qismi sifatida
individual infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga bosqichma-bosqich
kirishni ta’minlash uchun yagona infratuzilma yordamida multiservis
tarmoqlarini rivojlantirish;
•
mavjud aloqa (simsiz va optik), simli va simsiz aloqa
texnologiyalari va tizimlari, shuningdek,
yangi geografik axborot va
navigatsiya tizimlarining samaradorligini oshirish yoʻllarini oʻz ichiga
olgan aloqa va navigatsiya texnologiyalarini rivojlantirish;
•
aloqa operatorlari oʻrtasida raqobatni rivojlantirish uchun zarur
shart-sharoitlarni yaratish.
Shunday qilib, «Raqamli Oʻzbekiston – 2030» Strategiyasi
Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion faoliyatining muhim yoʻnalishi
boʻlib, uning asosiy maqsadi nafaqat yuqori rivojlanishga erishish, balki
dunyoning rivojlangan davlatlari bilan integratsiya va oʻzaro aloqada
boʻlishdir.
Dostları ilə paylaş: