O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


-rasm. Jahon internet trafigi diagrammasi



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

2.4-rasm. Jahon internet trafigi diagrammasi
Raqamli transformatsiya barcha jarayonlar va oʻzaro ta’sirlarni 
tezlashtiradi, ularni real vaqt rejimiga oʻtkazadi, bu esa barcha 
aktor(ishtirokchi)larning oʻzaro bogʻliqligi va oʻzaro ta’sirini kuchaytiradi. 
Tarmoqli oʻzaro aloqa, agar hamma hamma bilan bogʻlangan boʻlsa va real 
vaqt rejimida ulanishlarni amalga oshira olsa, ishtirokchilardan tarmoqda 
oʻzlarini aniq joylashtirilishi, roli va funksionalligini aniqlash talab etiladi. 
Inson omilini koʻplab ijtimoiy-iqtisodiy munosabat jarayonlaridan 
chetlashtiradigan buyumlar Internetining (IoT) rivojlanishi jismoniy va 
raqamli olamni birlashtiradi, funktsiyalarning takrorlanishini diagonal 
ravishda olib tashlaydi, sanoat chegaralarini yoʻq qiladi, ishlab chiqarish 
xarajatlarini kamaytiradi (yoʻq qiladi), shu jumladan, «vertikal vaqt” va 
tashkiliy tizim konturlarini texnologik jihatdan kengaytiradi. 
Big Data analitikasi va sun’iy intellektning oʻsib borayotgan 
imkoniyatlari yaqin vaqtlargacha texnologik jihatdan imkonsiz boʻlgan 
sheriklikni kuchaytirmoqda (masalan, noan’anaviy ma’lumotlar skoringi, 
B2B operatsiyalarini aqlli skoringi). 
Bular yangi turdagi tashkiliy tuzilma – ekotizimning paydo boʻlishi 
va kengayishi uchun zarur shartlardir. 
Raqamli 
iqtisodiyot 
umuman 
iqtisodiyotni 
oʻzgartirmoqda. 
Jumladan, fond birjasida savdolar bilan shugʻullanadigan robotlarni misol 


95 
keltirish mumkin. Robotlar oʻzgaruvchan sharoitlarga odamlarga 
qaraganda tezroq javob berishga qodir, chunki ularda foydalilik va 
xavflarni hisoblash uchun zamonaviy algoritmlar yaratilgan.
2019 yil iyul oyida McKinsey konsalting kompaniyasi kelgusi 
yillarda hayotni, biznesni va global iqtisodiyotni oʻzgartirishi mumkin 
boʻlgan texnologiyalar, jumladan, mobil internet, haydovchisiz mashinalar 
va zamonaviy genomika haqida hisobotni taqdim etdi
47

Tahlilchilarning prognozlariga koʻra, 2025 yilga kelib, ushbu 
texnologiyalarni joriy etishdan potentsial iqtisodiy samara 14-33 trillion 
AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu prognoz asosiy potentsial imtiyozlarni, 
shu jumladan nisbatan sifatli mahsulotlar va arzon narxlarni chuqur tahlil 
qilishga asoslangan.
Hisobot quyidagi texnologik yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi: 

Mobil Internet; 

Avtomatlashtirish; 

Buyumlar interneti; 

Bulutli hisoblashlar; 

Rivojlangan robototexnika; 

Avtonom transport vositalari; 

Keyingi avlod genomikasi; 

Yangi energiya saqlash vositalari; 

3D bosib chiqarish; 

Yaxshilangan materiallar va yoqilgʻi; 

Qayta tiklanadigan energiya manbalari.
Hozirgi kunda dunyodagi voqelikdan xabardor yirik kompaniyalar 
raqamlashtirish, bulutli texnologiyalar va tarmoqni yangilashdan iborat 
infratuzilmaga 
e’tibor 
qaratishmoqda. 
Raqamlashtirish, 
raqamli 
iqtisodiyotning shakllanishi iste’molchilar, davlat va umuman jamiyat 
uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochadi. 
Raqamli iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha dunyodagi etakchi 
davlatlar qatorida Singapur, Xitoy, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya va 
Daniya kabilarni sanab oʻtish mumkin. Mamlakatlar texnologiyalarni 
raqamlashtirish va yuqori darajadagi tashabbuslarni amalga oshirdi. 
Jumladan, 2014 yilda Singapur oʻzining Smart Nation kontseptsiyasini 
47
https://news.myseldon.com/ru/news/index/213613787


96 
asoslab berdi va ushbu kontseptsiyani amalga oshirish uchun biznes 
hamjamiyatini taklif qildi. «Smart Nation» Kontseptsiyasi – davlat 
korxonalari raqamli texnologiyalarni aholining kundalik hayotiga kiritish 
orqali hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan. Ushbu kontseptsiyani amalga 
oshirish uchun nafaqat yirik kompaniyalar, balki kichik va oʻrta biznes 
vakillari ham jalb qilingan. Smart hisoblagichlar bilan jihozlangan shahar 
bloklari datchiklar orqali elektr, suv va boshqalarning sarflanish 
koʻrsatkichlarini real vaqt rejimida kuzatadilar. Olingan ma’lumotlar 
hukumatga shahardagi suv iste’molini yaxshilash va toza suv import 
qiladigan Malayziyadan qaramlikni kamaytirishga yordam beradi. 
Sensorlar yordamida fuqarolar resurslarni sarflanishini kuzatib borishi va 
uy xarajatlarini qanday kamaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berishi kerak. 
Avvalo, dastur ishtirokchilari uy-joy, sogʻliqni saqlash (bemor uydan 
chiqmasdan yordam olishi, masofadan turib shifokor bilan bogʻlanishi) va 
transport 
tarmogʻi 
(haydovchisiz 
avtomobillar 
va 
avtobuslar) 
muammolarini hal qilish bilan shugʻullanishadi. Ushbu tizimlarning 
barchasi birgalikda Virtual Singapur deb nomlangan ekotizimni hosil 
qiladi. Shunindek, real vaqt birligida sayyohlar yoʻllardagi tirbandlikni 
kuzatib borish, xavfsizlik kameralaridan ma’lumotlarni koʻrishlari 
mumkin. 
Dunyoning rivojlangan davlatlari iqtisodiyotida xizmat koʻrsatish 
sohasi ustunlikka egaligi va ular asosida axborot texnologiyalarining paydo 
boʻlishi bilan ajralib turadi. Biroq, jamiyat taraqqiyotdan toʻxtamaydi, 
uning yanada rivojlanishi va xizmat koʻrsatish sohasining ishlab 
chiqarishga nisbatan ustunligi ortib borishi, bunda axborot texnologiyalari 
va IT sektori muhim rol oʻynay boshlaganligi, kishilarni har qanday 
xizmatdan foydalanish mexanizmini sezilarli darajada soddalashtirdi. 
Internetning rivojlanishi va global tarmoqqa kirish narxining pasayishi, 
umuman, insoniyat hayotini va xususan iqtisodiyotini oʻzgartirgan haqiqiy 
axborot (raqamli) inqilobiga aylandi. 
Raqamli iqtisodiyot, ya’ni yangi imkoniyatlarning paydo boʻlishi, 
albatta, inson hayotiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Raqamli texnologiyalarning 
rivojlanishi tufayli iste’molchi kerakli xizmatlarni tezda olishi, Internet-
doʻkonlarda arzon narxlarda mahsulot sotib olib, pulni tejashga qodir. 


97 
Oxir-oqibat, iste’molchi hatto oʻz biznesini onlayn ravishda boshlashi, 
uydan chiqmasdan tadbirkor boʻlishi mumkin. 
Jahon banki 2016 yildagi hisobot-sharhida raqamli iqtisodiyot 
mehnat unumdorligini oʻsishiga, kompaniyalarning raqobatbardoshligini 
oshirishga, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishga, yangi ish oʻrinlarini 
yaratishga, qashshoqlik va ijtimoiy tengsizlikka barham berishga yordam 
berishini ta’kidlab oʻtilgan. 
Zamonaviy jamiyatning rivojlanishi va raqamli muhit Oʻzbekiston 
iqtisodiyotini global makonga kirishiga imkon beradi, chunki biznes sohasi 
uzoq 
vaqtdan 
buyon 
fuqarolar 
bilan 
hamkorlikda 
raqamli 
texnologiyalardan, shu jumladan raqamli valyutadan foydalanmoqda. 
Jismoniy pullar bilan bir qatorda raqamli valyuta muomalada 
qoʻllanilmoqda. Bu esa tovarlar aylanmasini sezilarli darajada oshiradi va 
umuman iqtisodiyot rivojlanishida ijobiy dinamikani yaratadi. 
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi toʻliq globallashuvni, iqtisodiyot 
sohalarida yuqori raqobat muhitini, malakali kadrlarning mavjudligini va 
yuqori sifatli ta’limni, hayotning yangi sifatini, biznes va davlat 
xizmatlarini, zamonaviy shaharlarda zamonaviy Internet infratuzilmasini 
oʻrnatishni, aholining raqamli savodxonligini oshirishni va barcha 
sohalarda IT mutaxassislarini muntazam ravishda oʻqitishni anglatadi.
Raqamli iqtisodiyotning muhim mezoni – davlat va kommunal 
xizmatlarning sifatini yaxshilash va ularni taqdim etishda davlat 
xarajatlarini kamaytirishdir. Shu bilan birga, davlat infratuzilmaning 
barqarorligi va xavfsizligini kafolatlashi, aholining yuqori darajadagi 
bilimlarini, shu jumladan raqamli savodxonligini ta’minlashi, raqamli 
iqtisodiyotni barcha sanoat sohalari bilan bogʻlab turishi, eng muhimi, 
xalqaro raqamli sanoatni milliy infratuzilmaga qoʻshishi kerak. 
Shu maqsadda davlat texnoparklar, ilmiy-ishlab chiqarish klasterlari 
va boshqa innovatsion loyihalarni yaratish, raqamli savodxonlik boʻyicha 
fuqarolarni keng va arzon oʻqitish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, 5G 
yoki undan yuqori tarmoqlar bilan Internetni qamrab olishni ta’minlash va 
elektron hujjat aylanishini joriy etish boʻyicha ishlar olib borishi kerak. 
Bularning barchasi davlatdan katta moliyaviy investitsiyalarni, korxona 
ishchilari va aholini raqamli iqtisodiyot asoslariga oʻqitish uchun yuqori 


98 
malakali mutaxassislarni talab qiladi, lekin bu zamon va xalq xizmatiga 
qoʻyiladigan ilgʻor axborot texnologiyalarining talabidir. 
Oʻzbekiston hukumati raqamli iqtisodiyot dasturini davlatning 
strategik rivojlanish rejasiga kiritdi, uning maqsadi respublikada toʻliq 
raqamli muhit va raqamli maydon yaratishdir. Hukumatning fikriga koʻra, 
aynan 
iqtisodiyotni 
«raqamlashtirish» 
mamlakatga 
global 
raqobatbardoshlik va milliy xavfsizlik masalalarini imkon qadar tezroq hal 
qilishga imkon beradi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy 
Majlisga 2018 yil 28 dekabrdagi murajaatnomasida: «... 2019 yilda biz 
raqamli 
texnologiyalar 
asosida 
iqtisodiyotning 
barcha 
sohalarini 
yangilashni 
koʻzda 
tutadigan 
Raqamli 
iqtisodiyotning 
“Raqamli 
Oʻzbekiston - 2030” milliy konsepsiyasini ishlab chiqishni boshlashimiz va 
shu asosda dasturni amalga oshirishimiz kerak», - deya ta’kidlangan. 
«Raqamli iqtisodiyot» mamlakat hayotining barcha sohalarini raqamli 
makon bilan ta’minlaydi. Dasturning asosiy maqsadi mamlakatda raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun huquqiy, texnik, tashkiliy va moliyaviy 
shart-sharoitlarni yaratish va keyinchalik xorijiy mamlakatlarning raqamli 
iqtisodiyotlari bilan integratsiyalashuvidir. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki 
mahsulotning kamida 30 foizga oʻsishini ta’minlaydi va korruptsiyani 
keskin kamaytiradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlarning tahliliy izlanishlari 
buni tasdiqlaydi. Mamlakat iqtisodiyotda raqamli formatga oʻtish dasturini 
ishlab chiqishga kirishdi. Ushbu dasturning bosqichlari 2030 yilgacha 
davom etadi. 
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha 
tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sogʻliqni 
saqlash va qishloq xoʻjaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar 
amalga oshirilmoqda. 
Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy 
mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada 
rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, 
shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni koʻzda tutuvchi 
220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan. 


99 
Respublikada raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy 
iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, 2017 
— 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va 
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat 
dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot 
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 
manfaatdor vazirlik va idoralar, biznes hamjamiyati va ilmiy doiralar 
vakillari hamda xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan “Raqamli 
Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi qabul qilindi. 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin