O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Kimyo fakulteti Kimyo yo’nalishi 3-bosqich
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakulteti 3-bosqich talabasi Turapova Gavharning Organik kimyo fanidan “Nikotin kislota asosida sintezlar” mavzusida yozgan KURS ISHI Qabul qildi: Islomova Yulduz Tayyorladi: Turapova Gavhar Reja: Kirish
Mavzuning dolzarbligi, maqsadi va ahamiyati
Nikotin kislotasining xossalari
Asosiy qism
Nikotin kislotaning sifat reaksiyalari
Nikotin kislota asosida sintezlar
Nikotin kislotasining ishlatilishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Kirish Mavzuning dolzarbligi, maqsadi va ahamiyati
Nikotin kislotasi, piridin 3-karbon kislota — suvda oz eriydigan rangsiz kristall. V vitamin guruhiga mansub, suyuqlanish temperaturasi 236—237°. Organizmda keng tarqalgan. Sut, baliq, sabzavotlar-mevalar, achitqi, bugʻdoy kepagi, goʻsht, ayniqsa, jigar va buy- rakda koʻp. Nikotin kislotasi amidi — nikotinamid (qarang Vitaminlar) kofermentlar — nikotinami-dadenindinukleotid (NAD) va nikotinamid-adenindinukleotidfosfat (NADF) tarkibiga kiradi. Nikotin kislotasi ning organizmdagi ahamiyati meʼda-ichak yoʻllari epidermasi va epiteliysini hamda nerv sistemasi funksiyasini normal holatda tutib turishdan iborat. Kishining Nikotin kislotasiga boʻlgan bir kecha-kunduzdagi ehtiyoji 20–30 mg. Nikotin kislotasi yetishmasa, pellagra kelib chiqadi. Nikotin kislotasi pellagradan tashkari, meʼda-ichak kasalliklari, ateroskleroz va boshqa kasalliklarni davolashda ham ishlatiladi. Sanoatda nikotinni oksidlab olinadi
Nikotin kislota tarkibida azot atomi saklovchi olti a’zoli geterotsiklik halqa bo‘lib, ko‘pchilik tabiiy va sintetik preparatlar asosini tashkil qiladi.