Mahsulotni ajratish, tozalash va identifikatsiyalash usullari Ma’lumki olinajak maqsad qilingan birikmalarning ichida turli xil qo’shimchalar bo’lishi mumkin. Shuning uchun sintezning oxirgi daqiqalarida hamisha maqsadli birikma qo’shimchalardan tozalanadi. Suyuq moddalarni tozalash uchun haydash, rektifikatsiyalash va molekulyar distillyatsiya usullarida foydalaniladi. Kristall birikmalar erituvchilarda qayta kristallanadi. Ba’zi hollarda yuqoridagi tozalash usullarini qo’llash yetarli bo’lmaganda xromatografik tozalash o’tkaziladi. Ko’pincha qattiq adsorbentlar bilan to’ldirilgan kolonkali xromatografiya yordamida maxsus tanlangan erituvchi yoki erituvchilar sistemasi bilan modda ajratib olinadi. Shuningdek, ion almashinish xromatografiyasidan ham foydalaniladi. Aralashmada xossalari bir-biriga yaqin bo’lgan moddalari bo’lgan murakkab sistemalarni ajratish uchun suyuqlik xromatografiyasining preparativ variantlaridan yoki yuqori samaradorli suyuqlik xromatografiyasidan, shuningdek, affin xromatografiyasidan foydalaniladi.
Olingan birikmalar quyidagi fizik-kimyoviy kattaliklarga: T=suyuq yoki
T=qay, n20
D, [α]20
D (optik faol birikmalar uchun) ega bo’ladi. Birikmaning individualligi xromatografik usullar [YuQX, GSX, YuSSX, elektroforez (agar modda qutbli guruhlarga ega bo’lsa)] yordamida control qilinadi.
Maqsadli birikmaning strukturasi spectral usullar [UB-, IQ yoki KR,
YaMR (1H, 13C, 31P, F)], mass-spektroskopiya, rentgenostruktur analiz usullar yordamida tasdiqlanadi. Ba’zi hollarda funksional guruhlarning analizi, element tarkibini analiz qilish o’tkaziladi.
Nafis organik sintez mahsulotlarini ishlab chiqarishda yuqorida ko’rsatilgan xarakteristkalar texnik sharoitlarga kiritiladi.
Ba’zi mahsulotlar ularni ishlatuvchilar qulay bo’lishi uchun ma’lum formalarda (masalan, tibbiy va veterinar vositalar dori formasida, o’simliklarni himoya qilish vositalari maxsus formalarda va h.k) chiqariladi.
Maqsadli birikmaning prinsipial kimyoviy sxemasi ishlab chiqarilgach, alohida bosqichlarni soddalashtirishga suv va boshqa erituvchilarni qayta ishlatishga, chiqindilar miqdorini minimumga tushurishga harakat qilinadi.
Ekalogik toza texnologik jarayon yaratish orqali idealga erishish maqsad qilib qo’yiladi.