O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Kimyo fakulteti Kimyo yo’nalishi 3-bosqich



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə2/8
tarix18.05.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#58542
1   2   3   4   5   6   7   8
Turapova G. Nikotin kislota asosida sintezlar

1.2. Nikotin kislotasining xossalari
Nikotin kislotasi, piridin 3-karbon kislota — suvda oz eriydigan rangsiz kristall. V vitamin guruhiga mansub, suyuqlanish temperaturasi 236—237°. Organizmda keng tarqalgan. Sut, baliq, sabzavotlar-mevalar, achitqi, bugʻdoy kepagi, goʻsht, ayniqsa, jigar va buy- rakda koʻp. Nikotin kislotasi amidi — nikotinamid (qarang Vitaminlar) kofermentlar — nikotinami-dadenindinukleotid (NAD) va nikotinamid-adenindinukleotidfosfat (NADF) tarkibiga kiradi. Nikotin kislotasi ning organizmdagi ahamiyati meʼda-ichak yoʻllari epidermasi va epiteliysini hamda nerv sistemasi funksiyasini normal holatda tutib turishdan iborat. Kishining Nikotin kislotasiga boʻlgan bir kecha-kunduzdagi ehtiyoji 20–30 mg . Nikotin kislotasi yetishmasa, pellagra kelib chiqadi. Nikotin kislotasi pellagradan tashkari, meʼda-ichak kasalliklari, ateroskleroz va boshqa kasalliklarni davolashda ham ishlatiladi. Sanoatda nikotinni oksidlab olinadi


Nikotin yoki 3 – [21 – (N-metilpirrolidin)] -piridin tamaki o’simligidan olinadi. Umuman tamaki o’simligida o’ndan ortiq alkaloid borligi aniqlangan. Nikotin moysimon suyuqlik bo’lib , havoda tezda oksidlanishi sababli qo’ng’ir tusga kiradi, optik faol modda ,uning suvdagi eritmasi qutublangan nur tekisligini chapga buradi.
Nikotinni 1828- yilda Posselt va Reymanlar sof holda ajratib olganlar. Nikotin molekulasi piridin xalqasi va azotda metillangan pirrolidindan tashkil topgan :

Piridin qoldig’I N-metilpirrolidin koldig’i
Nikotin eng zaharli alkoloidlardan biridir. Uning bir milligrammi og’ir zaxarlanishga olib keladi: bunda bosh og’riydi, qayt qilinadi, hushdan ketiladi. Nikotin yurak uchun kuchli zahar hisoblanadi, uning kishini o’limga olib keladigan dozasi 40 mg atrofida. Organizm asta -sekin bu zaxarga o’rganadi, biroq kashandalarda bora-bora nikotin bilan uzoq davom etadigan zaharlanish sodir bo’ladi.
Nikotinni qishloq xo’jaligida zararkunandalarga qarshi insektisid sifatida keng ishlatiladi.
Fizik xossalari
Nikotin kislota hidsiz, kuchsiz nordon mazali, oq kristall kukun bo’lib, suvda, spirtda qiyin eriydi, issiq suvda eriydi. U 234 – 238 oC da haroratda suyuqlanadi. Nikotin kislota amfoter xossaga egadir. Unda uchlamchi azotgetroatomi hisobiga asos xossa, karboksil guruhi hisobiga esa kislota xossa mavjud.

Nikotin kislota sintezi
1) Organizmda triptofandan hosil bo`ladi

2) β-pikolin oksidlanishidan

3)xinolinni oksidlashdan olish ham mumkinKimyoviy xossalari



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin