O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Kimyo fakulteti Kimyo yo’nalishi 3-bosqich


Piridin karbon kislotalar. Piridin monokarbon kislotalar 3 xil izomer ko’rinishida mavjud bo’ladi



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə4/8
tarix18.05.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#58542
1   2   3   4   5   6   7   8
Turapova G. Nikotin kislota asosida sintezlar

Piridin karbon kislotalar. Piridin monokarbon kislotalar 3 xil izomer ko’rinishida mavjud bo’ladi:


Bu kislotalar qattiq moddalar bo lib, amfoter xususiyatga ega.-kislotalar juda oson dekarboksillanadi.
Piridin qator kislotalar ko’p jihatdan aromatic kislotalarga o'xshash. Ular xlorangidrid, amid, murakkab efir va boshqalarni hosil qiladi.

Bu guruh dori moddalarini piridin-3-karbon yoki nikotin kislota va uning turli kasalliklarini davolashda keng qo’llaniladigan xosilalaridan nikotinamid, nikotin kislota dietilamidi, nikodin va nikotinamidning temir va kobalt bo’lgan kompleks tuzlaridan feramid hamda koamidlar tashkil qiladi. Ular turli farmakologik ta’sirga ega. Masalan, nikotin kislota va nikotinamid kuchli PP vitamin ta’siriga ega bo’lsa, nikotin kislotaning dietilamidi markaziy nerv sistemasini qo’zg’atuvchi va yurak ish faoliyatini kuchaytiruvchi ta’sirga, oksimetilamid nikotin kislota yoki nikodin esa o’t haydash va bakteritsid ta’sirga ega. Feramid va koamid preparatlari kam qonlikda qo’llaniladi. Bundan ko’rinib turibdiki, nikotin kislota karboksil guruhidagi gidroksil o’rniga kiritilgan o’zgarish ham, ular ta’sirini boshqa tomonga yo’naltiradi. Davlat farmakopeyasiga piridin-3-karbon kislota guruh preparatlardan nikotin kislota, nikotiamid, dietilamid nikotin kislota va nikodinlar kiritilgan.


Nikodin kislota yoki vitamin PP tabiatda o’simlik va hayvon mahsulotlarida keng tarqalgan modda bo’lib, u ayniqsa achitqi, bug’doy, guruch kepagida, zamburug’larda, hayvon jigari va buyragida ko’p miqdorda uchraydi. Olimlarning aniqlashicha, nikotin kislota organizmda moddalar almashinuvi jarayonida nikotinamidga o’tib ta’sir ko’rsatadi. Nikotin kislotani birinchi marta 1867 – yilda Gubert nikotin alkaloidini o’ksidlash yo’li bilan olgan.
Xozirgi vaqtda nikotin kislotani yetarli miqdorda faqat sintez yo’li bilan olinadi. Barcha tavsiya qilingan turli usullardan, uni (BETTA) – pikolindan oksidlab olish usuli texnalogik va iqtisodiy jihatdan bir muncha afzal turadi. Ђ (BETTA) pikolinni o’z navbatida toshko’mir qatronining (BETTA) pikolin fraksiyasidan (unda yana ALFA-pikolin, 2.6 – lutidin yoki 2.6 – dimetil piridin bo’ladi) ajratib olinadi. Oksidlovchi sifatida konsentrlangan nitrat va sulfat kislota aralashmasi ishlatiladi.
Toshko’mir qatronidan BETTA pikolin va boshqa moddalarni ajratib olish va ularning asosida turli dori moddlarini jumladan, nikotin kislota va uning xosilalarini olish borasida rus olimlari M. B. Rubsef, L.N. Yahontov katta xissa qo’shishdi. Nikotin kislotani ma’lum sharoitda hinalindan, vanadi va ruh oksidi qotishmasidan iborat katalizator ishtirokida havo kislorodi bilan oksidlab ham olinadi.
Keyinchalik nikotin kislotadan quyidagi sxema bo’yicha nikotinamid, dietilamid nikotin kislota va nikodin olinadi.
Nikotinamidni yana, nikotin kislotani avval metil yoki etil efiriga o’tkazib, so’ngra unga ammiakni suv yoki spirtdagi eritmasi ta’sir ettirib olinadi.
Tarkibida kobalt mikroelementi saqlagan vitamin B12 ning kashf etilishi va uning organizm uchun muxim fiziologik ahamiyatga ega ekanligi olimlar fikrini o’ziga jalb qildi. Tez vaqt ichida kobalt, temir, mis va boshqa mikroelementlarning turli biologik faol, ayniqsa o’zida azotgeteroatomi saqlagan organik ligendlar bilan bo’lgan kompleks birikmalarini sintez qilib olish va ularning biologik faolligini o’rganish sohasida muntazam izlanishlar avj olib ketdi. Bu borada professor M.A. Azizov rahbarlik qilgan Toshkent Farmasevtika institutiga qarashli Markaziy ilmiy tekshirish laboratoriya hodimlari olib borayotgan samarali ilmiy ishlar ayniqsa diqqatga sazovordir. Ularning sintez qilib olingan, ko’p sonli mikroelement saqlagan kompleks birikmalardan, koamid va feramid kabi preparatlar tibbiyotda keng qo’llanilmoqda.



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin