O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə59/178
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#194299
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   178
Abstrakt algebra-fayllar.org

3.1.1-misol. Tartibi p2 ga teng bo‘lgan siklik bo‘lmagan abel gruppasi Zp ⊕ Zp
ga izomorf bo‘ladi. Haqiqatdan ham, agar G siklik bo‘lmagan abel gruppasi uchun
|G| = p2 bo‘lsa, u holda G gruppaning 0 dan farqli barcha elementlarining tartibi p
ga teng bo‘ladi. Ixtiyoriy noldan farqli a ∈ G element uchun 3.1.1-lemmaga ko‘ra,
shunday B qism gruppa topilib, G = ⟨a⟩ ⊕ B. Endi |B| = |G| = p ekanligidan B

Z ⊕= p
qism gruppaning ham siklikligi kelib chiqadi. Demak, G |⟨a⟩| Z .
p
Quyidagi teoremada tartibi pk ga teng bo‘lgan ixtiyoriy abel gruppasini ya- gona ravishda siklik gruppalarning to‘g‘ri yig‘indisi shaklida yozish mumkinligini isbotlaymiz.
3.1.3-teorema. Aytaylik, G chekli abel gruppasi bo‘lib, |G| = pk bo‘lsin, u holda quyidagilar o‘rinli.


  1. G gruppa siklik gruppalarning to‘g‘ri yig‘indisi shaklida



G = G1 ⊕ G2 ⊕ · · · ⊕ Gr
kabi ifodalanadi, bu yerda |G1||G2| . . . |Gr| = pk.



  1. Agar G gruppaning G = G1 ⊕ G2 ⊕ · · · ⊕ Gr va G = H1 ⊕ H2 ⊕ · · · ⊕ Hs yoyil- malari mavjud bo‘lib, |G1| ≤ |G2| ≤ · · · ≤ |Gr| va |H1| ≤ |H2| ≤ · · · ≤ |Hs| bo‘lsa, u holda s = r va |Hi| = |Gi|, 1 ≤ i ≤ r bo‘ladi.



Isbot. 1) Chekli abel gruppasi uchun |G| = pk ekanligidan 3.1.1-lemmaga ko‘ra tartibi maksimal bo‘lgan a ∈ G element uchun G = ⟨a⟩ ⊕ B munosabat o‘rinli. O‘z navbatida B gruppa uchun ham |B| = pl, l < k bo‘lganligi uchun B = ⟨b⟩ ⊕ C yoyilma mavjud. G gruppa chekli bo‘lganligi uchun, induktiv tarzda uni chekli sondagi ⟨a⟩, ⟨b⟩, . . . , ⟨c⟩ siklik gruppalarning to‘g‘ri yig‘indisi shaklida ifodalanishi kelib chiqadi.
2) Dastlab s = r ekanligini ko‘rsatamiz. Buning uchun
G[p] = {a ∈ G | pa = 0}

to‘plamni qaraymiz. Ushbu to‘plam ham G gruppaning qism gruppasi bo‘ladi. Tartibi pci ga teng bo‘lgan Gi siklik qism gruppalar uchun |Gi[p]| = p tenglik o‘rinli, chunki Gi[p] to‘plam noldan farqli ixtiyoriy elementining tartibi p ga teng

bo‘lgan siklik qism gruppadir, ya’ni Gi[p] ∼= Zp. Demak, biz
|G[p]| = |(G1 ⊕ G2 ⊕ · · · ⊕ Gr)[p]| = |G1[p] ⊕ G2[p] ⊕ · · · ⊕ Gr[p]|
= |G1[p]| + |G2[p]| + · · · + |Gr[p]| = rp
tenglikka ega bo‘lamiz. Ikkinchi tomondan esa,
|G[p]| = |(H1 ⊕ H2 ⊕ · · · ⊕ Hs)[p]| = |H1[p]| + |H2[p]| + · · · + |Hs[p]| = sp.
Bundan s = r ekanligi kelib chiqadi.
Endi |G1| ≤ |G2| ≤ · · · ≤ |Gr| va |H1| ≤ |H2| ≤ · · · ≤ |Hs| bo‘lsa, |Hi| = |Gi|
ekanligini ko‘rsatamiz. Aytaylik, |Gi| = pci va |Hi| = pdi bo‘lib,
c1 = d1, c2 = d2, . . . , cj−1 = dj−1, cj /= dj
bo‘lsin. Umumiylikka ziyon yetkazmagan holda cj < dj deb olish mumkin. U holda c1 ≤ c2 ≤ · · · ≤ cj ≤ · · · ≤ cr ekanligini hisobga olsak, pcj Gi = 0, 1 ≤ i ≤ j. Demak,
pcj G = pcj (G1 ⊕ G2 ⊕ · · · ⊕ Gr) = Gj+1 ⊕ Gj+2 ⊕ · · · ⊕ Gr.
Ikkinchi tomondan esa, pcj Hi = 0, 1 ≤ i ≤ j − 1 ekanligidan
pcj G = pcj (H1 ⊕ H2 ⊕ · · · ⊕ Hr) = Hj ⊕ Hj+1 ⊕ Hj+2 ⊕ · · · ⊕ Hr.
Ya’ni, pcj G gruppa bir tomondan r − j − 1 ta, ikkinchi tomondan esa r − j ta siklik gruppalarning to‘g‘ri yig‘indisi shaklida ifodalandi. Bu esa, teoremaning birinchi qismida isbotlangan s = r ekanligiga zid. Demak, |Hi| = |Gi|.
Quyidagi misolda tartibi 8 ga teng bo‘lgan abel gruppalarining tasnifini kelti- ramiz.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin