O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə67/178
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#194299
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   178
Abstrakt algebra-fayllar.org

3.2.5-teorema. Hosil qiluvchilari {b1, b2, . . . , bk} bo‘lgan ixtiyoriy G abel gruppaga
Fk gruppadan f : Fk → G syurektiv gomomorfizm mavjud va G ∼= Fk/Kerf.
Isbot. Aytaylik, Fk erkin gruppaning bazisi {a1, a2, . . . , ak} bo‘lsin. U holda 3.2.4-teoremaga ko‘ra Fk gruppadan G gruppaga f (ai) = bi shartni qanoatlanti- ruvchi gomomorfizm mavjud. b1, b2, . . . , bk elementlar G gruppaning hosil qiluvchi elementlari bo‘lganligi uchun ushbu f gomomorfizm syurektiv bo‘ladi. Gomomor-
fizm haqidagi birinchi teoremaga ko‘ra esa, G ∼= Fk/Kerf.
Endi hosil qiluvchi elementlari soni chekli bo‘lgan abel gruppalarining tuzilishi haqida to‘liq ma’lumot beruvchi teoremani keltiramiz.
3.2.6-teorema. Hosil qiluvchi elementlari soni chekli bo‘lgan ixtiyoriy abel grup- pasi chekli abel gruppa va rangi chekli bo‘lgan erkin abel gruppaning to‘g‘ri yig‘indisi shaklida ifodalanadi. Ya’ni G = T (G) ⊕ H, bu yerda T (G) chekli abel
gruppa va H ∼= Fk.
Bundan tashqari, bunday yoyilma yagonadir, ya’ni agar G = A ⊕ H = B ⊕ M bo‘lib, A, B chekli abel gruppalari va H ∼= Fk, M ∼= Fs bo‘lsa, u holda A = B va H ∼= M (ya’ni s = k) bo‘ladi.


Isbot. Aytaylik, G hosil qiluvchi elementlari soni chekli bo‘lgan gruppa bo‘lib, {b1, b2, . . . , bn} uning hosil qiluvchilari bo‘lsin. U holda G/T (G) ham hosil qiluvchi elementlari soni chekli bo‘lgan gruppa bo‘lib, T (G/T (G)) = 0 bo‘ladi. Ya’ni, 3.2.3-teoremaga ko‘ra G/T (G) gruppa erkin abel gruppasi bo‘ladi. Demak,
G/T (G) ∼= Fk, bu yerda k = rk(G/T (G)). Ixtiyoriy gruppadan uning biror nor-
mal qism gruppasi bo‘yicha faktor gruppasiga tabiiy gomomorfizm mavjud va u syurektiv bo‘lganligi uchun f : G → Fk syurektiv gomomorfizm mavjud. U holda Fk gruppaning {a1, a2, . . . , ak} bazis elementlariga akslanuvchi c1, c2, . . . , ck ∈ G elementlar topilib, f (ci) = ai bo‘ladi. Endi ϕ(ai) = ci, ϕ : Fk → G akslantirishni qarasak, 3.2.4-teoremaga ko‘ra ushbu akslantirishni g : Fk → G gomomorfizm- gacha davom ettirish mumkin, ya’ni g(ai) = ci. Demak, f : G → Fk va g : Fk → G gomomorfizmlar mavjud bo‘lib, ular uchun
(f ◦ g)(ai) = f (g(ai)) = f (ci) = ai
munosabat o‘rinli. Bu esa, f ◦g = 1Fk ekanligini anglatadi. U holda 3.2.3-lemmaga ko‘ra G = Kerf ⊕ Img. Agar Kerf = T (G) ekanligini hisobga olib, H = Img deb belgilasak, G = T (G) ⊕ H kelib chiqadi. Endi H ∼= Fk ekanligini ko‘rsatamiz. Buning uchun fH : G → Fk akslantirishni qarasak, f (H) = f (G) = Fk ekanligidan
fH ning syurektiv ekanligi,
KerfH = Kerf ∩ H = Kerf ∩ Img = 0 tenglikdan esa, uning inyektivligi kelib chiqadi. Demak, H ∼= Fk.
Endi T (G) gruppaning chekli ekanligini ko‘rsatamiz. T (G) ∼= G/H ekanligidan
uning ham hosil qiluvchilari chekli ekanligi kelib chiqadi. Demak, T (G) gruppa- ning x1, x2, . . . , xs hosil qiluvchi elementlari mavjud bo‘lib, barchasi chekli tartibga ega, ya’ni ord(xi) = ri. U holda G gruppaning elementlari
n1x1 + n2x2 + · · · + nsxs, 0 ≤ ni ≤ ri
ko‘rinishida bo‘lib, |T (G)| ≤ r1r2 . . . rs bo‘ladi. Ya’ni T (G) chekli gruppa.
Endi teoremaning ikkinchi qismini isbotlaymiz. Aytaylik, G = A⊕H = B ⊕M
bo‘lib, A, B chekli abel gruppalari va H ∼= Fk, M ∼= Fs bo‘lsin, u holda
T (A) = A, T (B) = B, T (H) = 0, T (M ) = 0.
Bundan esa

A = T (A) = T (A) ⊕ T (H) = T (A ⊕ H) = T (G) =
= T (B ⊕ M ) = T (B) ⊕ T (M ) = T (B) = B
ekanligi, ya’ni A = B kelib chiqadi. Bundan tashqari,
Fk ∼= H ∼= G/A = G/B ∼= M ∼= Fs

ekanligidan k = s hosil bo‘ladi.


Shunday qilib, biz yuqoridagi teoremada hosil qiluvchi elementlari soni chekli bo‘lgan ixtiyoriy abel gruppa chekli abel gruppa va rangi chekli bo‘lgan erkin abel gruppaning to‘g‘ri yig‘indisi shaklida G = T (G)⊕Fk kabi ifodalanishini ko‘rsatdik. O‘z navbatida T (G) chekli abel gruppa siklik gruppalarning to‘g‘ri yig‘indisidan
iborat bo‘lganligi uchun T (G) ∼= Zm1 ⊕ Zm2 ⊕ · · · ⊕ Zms. Rangi k ga teng bo‘lgan
Fk erkin abel gruppa esa cheksiz siklik gruppalarning to‘g‘ri yig‘indisi shaklida


`
ifodalanadi, ya’ni Fk= Z


⊕ Z ⊕ · · · ⊕ Z . Demak, hosil qiluvchi elementlari soni

˛¸ x
k ta



chekli bo‘lgan ixtiyoriy abel gruppa uchun quyidagi yoyilma o‘rinli bo‘ladi



` ˛¸ x
G= Zm1 ⊕ Zm2 ⊕ · · · ⊕ Zms ⊕ Z ⊕ Z ⊕ · · · ⊕ Z .
k ta
Ushbu yoyilmada m1, m2, . . . , ms sonlarini invariant faktorlar deb, ya’ni mj+1 | mj
shartni qanoatlantiradigan qilib tanlashimiz mumkin.

Mustaqil ishlash uchun misol va masalalar



        1. (Q, +) gruppaning hosil qiluvchilari chekli bo‘lgan gruppa emasligini isbot- lang.



        2. Z ⊕ Z6 gruppa hosil qiluvchilari chekli bo‘lgan gruppa bo‘lib, erkin gruppa emasligini ko‘rsating.



        3. G = Z4 ⊕ Z7 ⊕ Z9 ⊕ Z gruppa uchun T (G) qism gruppani aniqlang.



        4. Z20 ⊕ Z75 ⊕ Z90 va Z120 ⊕ Z25 ⊕ Z45 gruppalar izomorf bo‘ladimi?



        5. Z200 ⊕ Z30 ⊕ Z36 va Z120 ⊕ Z18 ⊕ Z100 gruppalar izomorf bo‘ladimi?



        6. Z15 ⊕ Z12 ⊕ Z30 ⊕ Z ⊕ Z va Z108 ⊕ Z50 ⊕ Z ⊕ Z gruppalar izomorf bo‘ladimi?



        7. Hosil qiluvchilari chekli bo‘lgan abel gruppasining gomomorf obrazi ham hosil qiluvchilari chekli gruppa ekanligini isbotlang.



        8. Isbotlang: Aut(Z30) ∼= Aut(Z15).



        9. Isbotlang: Aut(Z ⊕ Z2) ∼= Aut(Z2 ⊕ Z2).






BOB 4




Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin