O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə69/178
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#194299
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   178
Abstrakt algebra-fayllar.org

4.1.1-misol. Bizga X to‘plam va G = S(X) o‘rin almashtirishlar gruppasi beril- gan bo‘lsin. G gruppaning X to‘plamga ta’sirini quyidagicha aniqlaymiz:
f ٨ x = f (x), ∀f ∈ G, x ∈ X.
U holda e ∈ G birlik element uchun e ٨ x = e(x) = x va ixtiyoriy f, g ∈ G
uchun
(f ◦ g) ٨ x = (f ◦ g)(x) = f (g(x)) = f ٨ (g(x)) = f ٨ (g ٨ x)
tengliklar bajariladi. Ya’ni G gruppaning X to‘plamga ta’siri aniqlangan.
Quyidagi misolda X to‘plam sifatida G gruppaning biror H normal qism grup- pasini olib, uning G-to‘plam bo‘lishini ko‘rsatamiz.
4.1.2-misol. Aytaylik, G gruppa va uning H normal qism gruppasi berilgan bo‘lsin. G gruppaning H to‘plamga ta’sirini quyidagicha aniqlaymiz:
g ٨ h = g · h · g−1, ∀g ∈ G, ∀h ∈ H.
H normal qism gruppa bo‘lganligi uchun g ٨ h ∈ H bo‘lib, e ٨ h = e · h · e
−1 = h
va ∀g
1, g2 ∈ G uchun
(g
1 · g2) ٨ h = (g1 · g2) · h · (g1 · g2)−1 = (g1 · g2) · h · (g2−1 · g1−1)
= g
1 · (g2 · h · g2−1) · g1−1 = g1 · (g2 ٨ h) · g1−1 = g1 ٨ (g2 ٨ h)
tengliklar o‘rinli bo‘ladi. Demak, H qism gruppa G-to‘plam bo‘ladi.
4.1.3-misol. Aytaylik G gruppaning biror H qism gruppasi berilgan bo‘lsin, X =
{aH | a ∈ G} deb olsak, u holda G gruppaning X to‘plamga ta’sirini quyidagicha aniqlaymiz:
g ٨ (aH) = (g · a)H, ∀g ∈ G, ∀aH ∈ X.
U holda, e ٨ (aH) = (e · a)H = aH va
(g
1 · g2) ٨ (aH) = ((g1 · g2) · a)H = (g1(·g2 · a))H = g1 ٨ (g2 ٨ (aH))
ekanligidan X ning G-to‘plam ekanligi kelib chiqadi.

Endi G gruppaning X to‘plamga ta’siri aniqlangan bo‘lsa, bu orqali X to‘plamda ekvivalentlik munosabatini kiritish mumkinligini ko‘rsatamiz. Buning uchun X to‘plamning a, b elementlari orasidagi a ∼ b munosabatni quyidagicha aniqlaymiz:

agar g ∈ G mavjud bo‘lib, g ٨ a = b bo‘lsa, u holda a ∼ b.

Quyidagi teoremada, ushbu ∼ munosabatning ekvivalentlik munosabati ekan- ligini isbotlaymiz.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin