O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov



Yüklə 5,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/94
tarix01.12.2023
ölçüsü5,59 Mb.
#170959
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   94
Kompyuter grafikasi o quv qo llanma

Qatlamlarga doir mashq №2. 
PhotoShop
ga yon oyna suratini yuklab olamiz. Uni 
to`liq ajratib, nusxalaymiz. Yangi surat yaratamiz. Uning o`lchamlari yon oyna 
surati o`lchamlari kabi bo`ladi. Yangi suratga yon oyna suratining nusxasini 
joylaymiz (quyidagi 1-rasm). Yon oynadagi mototsiklchilarning tasvirini oddiy 
arqon yoki magnitli arqon uskunasi bilan ajratib olamiz. Klaviaturadagi 
Delete
tugmasini bosib, ajratilgan bo`lakni o`chirib tashlaymiz (2-rasm). Mehmonxona 
suratini yuklab, undan nusxa olamiz. Nusxaning o`lchamlarini kichiklashtirib, yon 
oyna ustiga qo`yamiz (3-rasm). 
 
6.2.24-rasm. Qatlamlar bilan ishlash.
Mehmonxona va avtomashina suratlari joylashgan qatlamlarning o`rnini 
almashtiramiz. Buning uchun qatlamlar palitrasini ochamiz. 
Слой 1 
degan yozuv 
ustiga yoki u joylashgan havorang to`rtburchak ustiga sichqonchani olib kelib, chap 
tugmasini bosib turib, yuqoriga sudraymiz. 
Слой 2 
yozuvi tepasida chiziq paydo 
bo`lishi bilan sichqoncha tugmasini qo`yib yuboramiz. 





123 
6.2.25-rasm. Qatlamlar bilan ishlash.
Kanallar va filtrlar haqida ma’lumot 
Ranglar tizimida har bir rang bir nechta tashkil etuvchiga ajratiladi. 
RGB
tizimida ranglar 
qizil

yashil 
va 
ko`k 
tashkil etuvchi ranglarga ajraladi. Tasvirning 
har bir pikseli o`z rangiga ega va barcha piksellar uchun bu ranglarning tashkil 
etuvchilarini qo`lda aniqlab chiqishning deyarli iloji yo`q. 
PhotoShop 
bu yerda ham 
yordamga keladi. Uning 
Каналы 
(
Kanallar
) palitrasi aynan shu maqsadga xizmat 
qiladi. 
6.2.26-rasm. Kanallar palitrasi.
Biror rasmni yuklab olib, 
Каналы 
(
Kanallar
) palitrasini ochamiz. Buning 
uchun asosiy menyuning 
Окно 
(
Oyna
) bo`limidagi 
Каналы 
(
Kanallar
) bandini 
tanlaymiz. Palitraning 
RGB 
tizimi uchun ko`rinishi quyida keltirilgan. Rasmda faqat 
bitta tashkil etuvchini qoldirish uchun unga mos kanalni qoldirib, qolganlarini 
yopish kerak. Buning uchun bu kanalga mos qo`shtugmani bosish yetarli. Qizil 
kanalga 
Ctrl+3
, yashil kanalga 
Ctrl+4
, ko`k kanalga 
Ctrl+5 
qo`shtugmalari mos 
qo`yilgan. Ularni navbatma-navbat bosib, rasmning o`zgarishini kuzatamiz. 


124 
6.2.27-rasm. Kanallar bilan ishlash.
CMYK 
ranglar tizimiga mos keluvchi kanallar quyidagi rasmda keltirilgan. 
Ularni ko`rsatish uchun tasvirning ranglar tizimini o`zgartirish kerak bo`ladi. 
Buning uchun asosiy menyuning 
Изображение 
(
Tasvir
) bo`limining birinchi bandi 

Режим
(
Tartib
) ni, paydo bo`lgan yangi menyudan 
CMYK
bandini tanlaymiz. 
Kanallarga yangisini qo`shish mumkin. Bunday kanallardan biri alfa kanal deb 
ataladi. 
Alfa 
kanallar tasvirning bir qismini ajratib olish uchun ishlatiladi. Filtrlar 
PhotoShop
ning yana bir kuchli tomonidir. 
Filtr 
deb oldindan belgilab qo`yilgan 
algoritm bo`yicha tasvirni qayta ishlashga aytiladi. Filtrlar asosiy menyuning 
Филыр
(
Filtr
) bo`limida yig`ilgan. Bu bo`limning bandlari quyidagi rasmda 
keltirilgan: 
6.2.28-rasm. Filtrlar bilan ishlash.


125 
Bo`limning birinchi yarmida ko`p ishlatiladigan filtrlar va ularga mos 
qo`yilgan qo`shtugmalar keltirilgan. Bo`limning ikkinchi yarmida qolgan filtrlar 
10 
ta
guruhga bo`lib chiqilgan. Oxirgi band yordamida internetdan yangi filtrlarni 
yuklab olish mumkin. Filtrlarning qo`llanishiga misollar quyidagi rasmlarda 
keltirilgan. Bu filtrlar 
Стилизация
(
Stillashtirish
) guruhining 
Выделение края 
(
Chetini ajratish
) va 
Тиснение
(
O`yib chiqish
) filtrlaridir: 
6.2.29-rasm. Filtrlarning qo`llanilishi.

Yüklə 5,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin