quyidagi fikrlarini eslatib o’tish joiz bo’lardi
: ”Shaxsan men shoir va adiblarni
doimo jamiyatning oldingi saflarida yuradigan, hayotni kuzatib, odamlarning
yuragida, dunyoqarashida bo’layotgan o’zgarishlarni hammadan avval sezib,
ularni ta’sirchan obrazlar, yorqin badiiy bo’yoqlar orqali mahorat bilan
yoritib bera oladigan, el-yurt uchun kuyinib yashaydigan fidoyi insonlar, deb
bilaman”
4
.
Bunday purma’no fikrlarni ko’p keltirish mumkin. Qisqasi, millatning
yashashi adabiyotga bog’liq (Cho’lpon). Yozuvchi va adabiyotshunoslarimiz o’z
iste’dodi bilan odamlarning
ongi va dunyoqarashi, madaniy saviyasini
yuksaltirish, xalq qalbining kuychisi bolishdek o’g’ir
va murakkab, ulug’ bir
vazifani zimmasiga olgan ekan, iste’dod mas’uliyatini chuqur sezishi hal qiluvchi
ahamiyatga ega ekanini Yurtboshimiz ko’p bora ta’kidlagan. “Adabiyotga e’tibor -
ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” asarida fikrini davom ettirib, shunday deydilar:
“Mening fikrimcha, yozuvchilik – bu oddiy kasb emas, xudo bergan iste’doddir.
Bu – qismat, peshonaga yozilgan taqdir. Bu kasbga hech qayerda o’qitib, o’rgatib
bo’lmaydi. Yozuvchilikning maktabi ham, dorilfununi ham bitta. U ham bo’lsa, bir
umr hayotning ichida bo’lish, o’z xalqi bilan hamdardu hamnafas bo’lib yashash,
haqiqat va adolatga sadoqat bilan xizmat qilishdir”
5
.
XX asr o’zbek adabiyoti ko’p asrlik milliy adabiyotimiz
tarixida alohida
o’rin egallaydi. Garchand bu davr adabiyotining aksar namoyandalari sobiq sovet
davrida yashab ijod etgan va ularning asarlari shu davr mafkurasi ta’siridan xoli
bo’lmagan bo’lsa-da, milliy adabiyotimiz shu davrda jahon adabiyotining badiiy
yutuqlaridan, mumtoz va zamonaviy ijodkorlarning
tajribalaridan bahramand
bo’ldi. Bu hol o’zbek adabiyotining badiiy imkoniyatlarini kengaytirib yubordi.
XX asr o’zbek adabiyoti jahon adabiyotining tarkibiy qismi sifatida rivojlana
boshladi.
4
Dostları ilə paylaş: