O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   187
Mavzu: Abdulla ORIPOV 
 
454.  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov
sevimli shoirimiz Abdulla Oripov haqida qanday fikr bildirgan? 
O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov – tug’ma 
iste’dod egasi. U – juda siyrak uchraydigan noyob, nodir shoir. Uning so’z san’ati 
xazinasiga qo’shgan hissasi bebaho. Ana shuning uchun ham Prezidentimiz Islom 
Abdug’aniyevich Karimov: “Biz XX asr adabiyotini Abdulla Qodiriy, G’afur 
G’ulom, Oybek kabi mumtoz adiblarsiz, zamonaviy adabiyotimizni Said Ahmad, 


Erkin Vohidov singari ijodkorlarsiz tasavvur eta olmaganimizdek, ma’naviy 
kelajagimizni, farovon va buyuk istiqbolimizni Abdulla Oripov ijodisiz ko’z 
oldimizga keltira olmaymiz. Hozirgi davrda uning she’rlari xalqimizni adolat 
tantanasi, yorug’ kelajakka ishonch ruhida tarbiyalaydigan yuksak ma’naviy omil 
bo’lib xizmat qilmoqda
64
, - degan edi.
455. Abdulla Oripov ijodi haqida adabiy tanqidchilik va adabiyotshunoslik 
qanday fikrlar bildirgan? 
Xalqimizning sevimli shoiri A. Oripov ijodiga Izzat Sulton, M. Qo’shjonov,
O. Sharafiddinov, L.Qayumov, S. Mamajonov, U. Normatov, A. Rasulov, B. 
Nazarov, O. Abdullayev, I. G’afurov, N. Rahimjonov, N. Xudoyberganov, Suvon 
Meli, A. Hamdamov, O. Karimov, G. Ashurova kabi olimlar haqli ravishda yuqori 
baho berganlar. ”Onajonim she’riyat” va “Abdulla Oripov she’riyatining asosiy 
xususiyatlari” (M. Qo’shjonov), “She’riyat-qalb yolqini” (O. Sharafiddinov),
“Abdulla Oripov she’riyatining asosiy xususiyatlari” (M. Qo’shjonov, Suvon 
Meli), “She’riyat-kurashchanlik demak” (I. G’afurov), “Dovonlardan dovonlarga” 
(N. Xudoyberganov), “She’riyat-shoir yuragi” (R. Vohidov, M. Hoshimova), 
“Abdulla Oripov she’riyatida metaforik obrazlar”(O. Karimov) va boshqalar risola, 
ilmiy ocherk va xilma-xil maqola-yu taqrizlar ham fikrimiz dalilidir. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin