IV BOB. REJALASHTIRISHNING NORMATIV ASOSLARI
Tayanch so’z va iboralar: normalashtirish, norma, normativ, ko’rsatkich, umumiy va xususiy ko’rsatkich, rejalashtirish texnologiyasi, rejalashtirishning normativ asoslari, rejalashtirish turlari.
4.1. Normalashtirish tushunchasi va uning asoslari
Norma va normativlar xo’jalik boshqarish mexanizmi va rejalashtirishning muhim elementi hisoblanadi.
Har bir tadbirkor o’z faoliyatini boshlar ekan, albatta, uning uchun zarur bo’lgan resurslarga talabni yoki sarflangan xarajatlarining hisobini yuritadi, ya’ni resurslarga talabni normalashtirish yoki rejalashtirishni amalga oshiradi. Bunda u minimal harajat qilish orqali yuqori darajada miqdoriy va sifat natijalarga erishishni ko’zlaydi.
Xo’jalik yuritish amaliyotida normalashtirish – normal ishlab chiqarish jarayonlarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan resurslar sarfi va chegaraviy zaxira kattaligini ishlab chiqish va belgilash uslubidir. Normalashtirish (me’yorlashtirish)ning elementlari sifatida norma va normativlar yuzaga chiqadi.
Norma – mahsulot birligini ishlab chiqarish, belgilangan sifat darajasini ta’minlash uchun (masalan, standart buxanka non, tayyorlash uchun sarf normasi) xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya va h.k. sarfi bo’yicha ruhsat etilgan kattaligidir.
Masalan: fabrika erkaklar ustki kiyimi ishlab chiqaradi. Ushbu mahsulotni tikish uchun material sarfi normasi quyidagicha bo’ladi:
ip – 1g’altak, tugma – 5dona, mehnat sig’imi – 6 k–soat.
Shunday qilib, natural, mehnat va qiymat ifodasida ifodalangan norma yordamida mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha harajatlar hisobga olinadi (reglamentlashtiriladi).
Normativ – nisbiy ko’rsatkichlar bo’lib, ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish darajasini ifodalaydi. Normativlar foiz va koeffitsientlarda belgilanadi (masalan, jihozning yuklanish koeffnenti, sutning yog’lilik darajasi).5
Shuningdek, normativlar xodimlarning talab etilgan sonini aniqlashda, aylanma mablalar kattaligini aniqlashda ham qo’llaniladi va ular iqtisodiy normativlar deb yuritiladi.
Xo’jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o’rni va ahamiyatini quydagicha ifodalash mumkin (tasvirlash mumkin):
5 Бухалков М. И. Внутрифирменное планирование. – М.: «Инфра-М», 1999. 47 стр.
Dostları ilə paylaş: |