4.1–chizma. Xo’jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o’rni.
Norma va normativlar o’lchov va chegaralash funksiyasi bilan bir qatorda xisob, nazorat va tartibga solish funksiyalarini ham bajaradi. Ular ishlab chiqarishni rejalashtirish va tartibga solish, sarflarni erishilgan natijalar bilan solishtirish, faoliyat boshida va natijalar bo’yicha majburiyatlarni chegaralash, erishilgan natijalarni obyektiv baholash asosi bo’lib xisoblanadi.
Norma va normativlar quyidagi asosiy guruxlar bo’yicha ishlab chiqiladi:
material sarfi iormalari;
vaqt normalari (asosiy, yordamchi va h.k.);
atrof–muhitni muhofaza qilish normativlari;
loyiha quvvatlarini o’zlashtirish normativlari;
kapital qo’yilmalar samaradorligi normativlari.
Norma va normativlar rejalashtirilgan yildagi faoliyatning texnik–iqtisodiy va
tashkiliy sharoitlari asosida shakllanadi. Vaqt o’tishi va ish sharoitlari o’zgarishi, shuningdek, ITT ta’sirida amaldagi norma va normativlar ham qayta ko’rib chiqiladi.
Norma va normativlar texnik,iqtisodiy va fiziologik jixatdan asoslangan bo’lishi lozim. Iqtisodiy asoslanganlik normalarning o’z aro tent kuchli va optimalligini taxminlashi ko’zda tutadi. Texnik asoslanganlik ishchining o’rtacha bilim darajasida va o’rtacha mehnat intensivligi sharoitida ishlarni bajarish davomiyligiga omillar ta’sirini umumlashtirishni ko’zda tutadi. Normalarning fiziologik asoslanganligi ularning ishlash va dam olish reglamentlariga, sanitar – gigienik sharoitlariga muvofiqligini ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: |