Uchastka ikki smenada ishlaydi. Mahsulot ishlab chiqarish vazifasi kuniga 1200 dona mahsulotni tashkil etadi. Ishga chiqmaslik foizi – 8 foiz.
9 – Masala
Ro’yxatdagi 200 ta ishchi joriy yilda 47000 ming so’mlik mahsulot ishlab chiqargan. Rejalashtirilgan yilda ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi 48000 ming so’m,
mehnat unumdorligining o’sishi 15 foizni tashkil etadigan bo’lsa, reja yilidagi ro’yxatdagi ishchilar sonini aniqlang.
10 – Masala
Agar joriy yilda sexdagi ishchilarning ro’yxatdagi soni 320 kishi, reja bo’yicha kelgusi yilda ishlab chiqarish hajmi 41 foizga ko’paytirish hamda mehnat unumdorligini 12 foizga o’stirish ko’zda tutilgan bo’lsa, reja yili uchun talab etiladigan ishlovchilar sonini aniqlang.
11 – Masala
“A” mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha smenalik topshiriq 90 dona mahsulotni tashkil etadi. Bir mahsulot uchun vaqt me’yori 3 soatni tashkil etadi. Smena davomiyligi 8 soat. Mahsulot ishlab chiqarish topshirig’i bajarish koeffitsienti 1.2 ga teng. Avvalo ishchilar haqiqiy soni aniqlansin.
Dostları ilə paylaş: |