Ko’rsatkichlar
|
1-yil
|
2-yil
|
O’zgarishi (+;-)
|
|
Mahsulot hajmi, ming so’m
|
2100
|
2279.1
|
+179.1
|
|
Ishchilar soni, kishi
|
700
|
710
|
+10
|
|
O’rtacha yillik mehnat unumdorligi,
|
3000
|
3210
|
+210
|
|
ming so’m
|
|
|
|
|
|
19-Masala
Korxonadagi ishchilar soni o’tgan yili 520 kishini tashkil etgan, reja yilida mahsulot hajmini 3 foizga oshirish ko’zda tutilib, bunda ishchilar soni bo’yicha 12 kishi iqtisodiga erishish ko’zda tutilgan. Mehnat unumdorligi o’sishi darajasi aniqlansin.
20-Masala
Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda bir ishlovchining hisobot va reja davridagi mehnat unumdorligini hamda reja davridagi o’rtacha ro’yxatdagi xodimlar sonini aniqlang.
Hisobot davrida tovar ishlab chiqarish hajmi 9000 ming so’m bo’lib, o’rtacha ro’yxatdagi xodimlar soni 160 kishini tashkil etadi. Reja davrida tovar mahsuloti hajmini 11500 ming so’mga yetkazish rejalashtiriladi. Mehnat unumdorligini 7 foizga oshirish ko’zda tutilgan.
21 – Masala
Rejalashtirilgan yil uchun bir o’rtacha ro’yxatdagi ishchining ish vaqti balansini tuzing. Reja yilidagi kalendar kunlar soni 365 kun bayram kunlari soni 8, dam olish kunlari soni 99 kun.
Bir ishchiga xisoblangan kunlik uzilishlar: navbatdagi ta’til – 15 kun, dekret ta’til - 2 kun, davlat ishlarini bajarish - 1 kunni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |