Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
Bo‘lajak geografiya yo‘nalishi bakalavrlari o‘zlarining ishlab chiqarish
faoliyatida, jumladan maktab va litseylarda o‘quvchilarga dars berish jarayonida,
turli ilmiy tadqiqot ishlarida, joy nomlarining hosil bo‘lishi, ma‘nosi va
mazmunini aniqlash va shu kabilardan samarali foydalanishda ushbu fan
bo‘yicha olgan nazariy va amaliy bilimlariga tayanadilar. SHu jihatdan
―Toponimika va geografik terminshunoslik‖ o‘quv fani yuqori malakali
geograflar tayyorlash tizimining ajralmas bo‘g‘ini hisoblanadi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning ―Toponimika va geografik terminshunoslik‖ o‘quv fanini
o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish,
bu jarayonda yangi informatsion – pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish
muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy
qo‘llanmalar, ma‘ruza matnlari, tarqatma materiallar, turli mavzudagi xaritalar
elektron materiallar va ko‘rgazmali qurollardan foydalaniladi. Ma‘ruza va amaliy
mashg‘ulot darslarida mavzuga mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalar
qo‘llaniladi.
Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni
“Toponimika” fani, predmeti, tadqiqot ob’ekti.
―Toponimika va geografik terminshunoslik‖ fani, tadqiqot ob‘ekti va
predmeti. Fanning maqsadi va vazifalari, qisqacha rivojlanish tarixi. O‘quv
fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Dostları ilə paylaş: