O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

Abbreviatsiya
- geografik nomlarning qisqartirilgan shakli: XXR, AQSH, MAR, BAM, 
Donbass, Kuzbass, RF va boshqalar. 
Antonim nomlar
- bir - biriga teskari ma'noli geografik nomlar: Oqdaryo - Qoradaryo, 
Kungay Olatog'i - Terskay Olatog'i, Yuqori Chirchiq - Quyi Chirchiq, Oqtog' - Qoratog' va 
boshqalar. 
Antroponim nomlar
- kishilarning ismi, familiyasi, taxallusi, laqamidan olingan nomlar: 
Navoiy shahri, Beruniy tumani, Iskandarko'l, Vashington shahri, Suxe - Bator, Pushkino shahri, 
Amir Temur ko'chasi. 
Arealli nomlar
- bir xil qo'shimcha yoki topoterminlar ishtirokida yasalgan geografik 
nomlar joylashgan hududdagi toponimlar: kent, tepa, qo'rg'on va boshqa terminlar ishtirokida 
yasalgan nomlar tarqalgan hudud. Masalan: Toshkent viloyatida kent termini yordamida 
yasalgan nomlar ko'p: Alimkent, G'azalkent, Toshkent, Parkent, Zarkent va boshqalar. 
Birlamchi va ikkilamchi nomlar
- Birlamchi nomlar asl nomlar. Ikkilamchi nomlar 
nom ko'chishidan hosil bo'ladi. Masalan: Chirchiq daryosi, Chirchiq shahri. Nom daryo nomidan 
shaharga ko'chgan. 
Detoponimizatsiya
- geografik nomlarning terminlarga, oddiy turdosh otlarga 
aylanishi: Geyzer bulog'i nomidan 
geyzer 
termini, Vulkan oroli nomidan 
vulqon 
termini, Karst 
rayoni nomidan 
karst 
termini hosil bo'lgan va h.k. 


Dromonim
- yo'llar bilan bog'liq nomlar: Yangiyo'l, Buyuk Ipak yo'li, Toshkent - 
Termiz yo'li. 
Ekzonim
- yozilishi va talaffuzi odat (traditsion) bo'lib qolgan geografik nomlar. 
Etnonim nomlar
- xalqlar, qabilalar, urug'lar nomidan kelib chiqqan geografik nomlar: 
Malik, Bo'ka, Turkqishloq, Sergeli, O'zbekiston. 
Gibrid nomlar
- turli qismlari turli tildagi so'zlardan iborat bo'lgan murakkab geografik 
nomlar: Ko'hitangtog', Gugurttog, Taxtapul. 
Gidronim
- okean, dengiz, ko'l, daryo, soy, buloq, quduqlarning nomi: Sirdaryo, 
Uchquduq, Qorako'l, G'ovasoy, Volga, Chirchiq va boshqalar. Gidronimlarning ayrim turlari 
ham mavjud: 
potamonim
- daryolar, soylar, irmoqlar, kanallarning nomlari; 
limnonim
- ko'llar, 
buloqlar, hovuzlar va quduqlarning nomlari; 
pelagonim
- okeanlar, dengizlar va qo'ltiq (ko'rfaz) 
lar nomlari. 
Indikator 
(toponimikada) - toponimlarni hosil qiluvchi mahalliy geografik terminlar: 
qum, tepa, qo'rg'on, daryo, suv , kent va boshqalar. 
Makrotoponimlar
- ko'pchilikka ma'lum bo'lgan, tez - tez tilga olinadigan yirik 
nomlar: Yevropa, Osiyo, Tyanshan, Tinch okean, Sibir va boshqalar. 
Memorial nomlar
- buyuk kishilar nomi, yirik voqealar bilan bog'liq bo'lgan nomlar: 
Navoiy, Beruniy, Vashington, Pushkin, Magellan, G'alaba cho'qqisi va boshqalar. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin