Metafora atamalar(terminlar):
bo'g'iz, bo'yin, og'iz, etak, lab, tirsak, quloq va
boshqalar. Ayrim adabiyotlarda
anatomik terminlar
deyiladi.
Metafora nomlar
- ko'chma ma'noda ishlatiladigan ta'rixiy, o'xshatma nomlar: Odamtosh,
Qo'ytosh, Qirqqiz, Temir darvoza, Jinko'cha.
Metateza
bilan shakllangan toponimlar- (grekcha ―metatesis‖ - joy almashtirish)
so'zdagi tovushlarning o'rin almashinishi (Beshog'och - Bechog'osh, Sayram - Saryom).
Mikrotoponimlar
- mayda geografik nomlar: mahalla, ko'cha, mavze, bekat, guzar
nomlari.
Oronimlar
- Yer yuzasi relyefi shakllari (tog', tizma, vodiy, tekslik, qirlar) nomlari:
Himolay, Tyanshan, Pomir, Chotqol, Farg'ona vodiysi.
Oykonimlar
- aholi yashaydigan joylar (shahar, qishloq, ovul) nomlari: Toshkent, Parkent,
So'qoq, Go‘zalkent va boshqalar.
Polisonimlar
- (grekcha ―polis‖ - shahar) - shaharlarning nomlari, shahar ichidagi
obyektlarning nomlari
urbonimlar
deb ham ataladi.
Speleonim -
g'orlar, ungurlarning nomlari: Qirqtog', Qo'ng'ir, Odamtosh, Mamont g'orlari va
boshqalar.
Toponim
- xususiy geografik nomlar, lotincha ―topos‖ - joy, ―onoma‖ - ism, nom
so'zlaridan olingan.
Toponimiya
- ma'lum hududdagi joy nomlari yig'indisi. Masalan, Toshkent viloyatidagi
barcha joy nomlari Toshkent viloyati toponimiyasi deyiladi.
Toponom
- xususiy geografik nomlardan paydo bo'lgan yangi so'zlar, turdosh otlar:
doka, tyul, boston, bolonya, saplin, krepdeshin va boshqalar.
Topoformant
- geografik nomlar hosil bo'lishida ishtirok etadigan, lekin o'zi muayyan
ma'noni anglatmaydigan qo'shimcha va suffikslar. Masalan, Chilonzor, Misrgarlik, Xizmatchi,
Ohangaron, Biyxem, Satino va boshqalardagi - zor, - gar, - chi, - garon, - xem, - o.
Topotermin
- joy nomlarini hosil qiluvchi terminlar (atamalar). Masalan, daryo, soy,
tepa, qo'rg'on, kent, obod, burg, grad, siti va boshqalar: Kattaqo'rg'on, Oqsoy, G'azalkent,
Yangiobod.
Transkripsiya
- geografik nomlarning to'g'ri yozilishini ta‘minlovchi yozuv usuli.
Kirish
Geografiya ta‘limi joy nomlari bilan juda bog‘langan. Geografiyada biror
ma‘lumot yo‘qki, u joy nomi bilan bog‘lanmagan bo‘lsin. Joy nomlarini, ularning
ma‘nosi, kelib chiqishini bilmasdan turib, shu joy geografiyasini to‘liq o‘rganib
bo‘lmaydi. Toponimika va terminologiya kishilarning ilmiy, ma‘naviy saviyasini,
madaniyatini rivojlantiradi.
Har bir geografiya o‘qituvchisi darsni yuqori saviyada olib borishi uchun joy
nomlari haqidagi ma‘lumotlardan foydalanishi zarur. Har bir fanni uning
terminlari haqida bilimga ega bo‘lmasdan turib, yaxshi egallash mumkin emas.
Mazkur kurs geografiya mutaxassislariga ilmiy terminlar va joy nomlari
(toponimlar) haqida bilim beradi.
Dostları ilə paylaş: |