Zirabuloq nomlari, CHirchiq bo`yidagi g‘azalkent
(g’azol
— kiyik,
ruscha
gazel’)
xam shunday.
Baykal ko`lining o`rtasidagi orollardan to`rttasi Tushkan‘i deb ataladi. Maxalliy axoli
tushkan deb, quyonni aytadi. Darxaqiqat, bu orollarda quyonlar ko`p tarqalgan.
Ittifoqimiz kartasida Bukovina
(buk
daraxti) degan joy bor.
Ruminiyadagi bir qishloqning nomi Kirosaya, ya`ni «Olcha qishlog‘i». Bu erda
chaqaloq tug‘ilishi bilan ol-cha daraxti o`tqazish rasm bo`lganki,
natijada qishloq
olchazorga aylangan.
Ozarbayjondagi Xinaluk qishlog‘i xinazorlari bi-lan mashxur.
g‘arbiy Evropadagi SHvartsval‘d («Qora o`rmon»), Janubiy Afrikadagi Drakon tog‘lari
(drakon
— o`sim-lik), ekvator bo`yidagi Galapagos orollari
(galapa
go—toshbaqa; bu
orollarda yirik toshbaqalar uchraydi), Florida (ko`zakalamzor), Kokos orollari — javzi
xindiy (yong‘oq), SHrta Osiyodagi Qoplonsirt, Kap-tarxonalarning
nomi xam shu tarzda
paydo bo`lgan.
Foydali qazilmalarga bog‘liq nomlar. Qirg‘izistondagi Toshko`mir va Moylisuv,
Qozog‘istondagi Jezqazg‘an, g‘arbiy Xitoydagi Qoramoy shaxri, SHrta Osiyodagi
Kumushkon, Nebitdog‘ shaxri, Tuzkon, Oltinkon,
Achchiq-tosh, Surmatosh, Oltintopgan,
Qo`rg‘oshinkon nomlari shu erlardagi foydali qazilmalarni bildiradi.
Argentina mamlakatining nomi
argentus
— «kumush» nomidan olingan. Ural tog‘larining
temir rudasi topilgan joyi Magnitnaya tog‘i, uning yonidagi shaxar esa Magnitogorsk deb
ataladi.
Turkiyada, Istanbul yonida Marmara dengizi bor. Dengizning bunday atalishiga
undagi bir oroldan marmartosh qazib olinishi sabab bo`lsa kerak. Tog‘li Oltoy avtonom
oblastida Terligxaya, ya`ni «terlab turadigan qoya» tog‘i bor. Tog‘ning yonbag‘ridan yaltiroq
suyuqliq tomchi-tomchi bo`lib chiqib turgan. Tekshirib ko`rilsa, bu simob ekan.
xunar-kasbdan va ma`muriyatdan olingan nomlar.
SHzbekistondagi Bo`zchi, Bordonchi, Bo`yoqchi
qishloqlari, Toshkent shaxrida yaqin
vaqtgacha mashxur bo`lgan g‘o`za-bozor, CHoponbozor, Tabibko`cha, Qalandarxona,
egarchi, Uqchi, Pichoqchilik, Qoziko`cha, Maxkama, Urda, Xonaqo singari nomlar axolining
xunar-kasbidan
merosdir.
Boshqa
shaxarlarimizda
xam,
dunyoning
ko`pgina
mamlakatlarida xam bu xil nomlar bor.
Dushanba shaxrining bir mikrorayoni SHishaxona deb ataladi. Nega? Arxeologlar bu
erda
karvonsaroy qoldiqlari, qadimgi lagan-piyola siniqlarini topishgan; demak, bu erda
qadimda kulolchilik-chinnisozlik korxonasi bo`lgan.
Dostları ilə paylaş: