“g'aroyib” nomlar
ham uchraydi. Shunday
nomlaga Jinko'cha, O'g'riko'cha, Alvastiko'prik, Xotinko'prik, Pushtihammom, Ho'jatarashkan
kabi nomlar misol bo'la oladi. Jinko'cha deb juda tor, zim - ziyo, odam kam yuradigan ko'chaga
aytishgan. Alvasti ko'prikni ikki xil izohlashadi: ko'prikka go'yo Ali (Hazrat Ali) qadam bosgan
emish. ―Ali qadam bosdi‖ iborasi o'zgarib, Alvasti bo'lib ketgan deyishadi. Bu izoh haqiqatiga
to'g'ri kelmaydi. Bu ko'prik tepalar orasida, pastak, bir vaqtlar qo'rqinchli joyda bo'lganidan, bu
joy alvasti (jinlar, ―opa‖lar) ko'prigi degan nom olgan. Xotinko'prik urush vaqtida erkaklar
urushda bo'lib, ayol kishi boshchiligida ayollar qurgan ekan. Shundan Xotinko'prik nomini
olgan. Ho'jatarashgan nomli mahalla Toshkentning Sebzor dahasida bo'lgan. Nomi Ho'jai Tarozu
ishgan, ya'ni ―noto'g'ri tarozi ishlatgan ho'ja‖ degan iboradan kelib chiqqan.
6. Toshkentda
har xil tasodifiy, ismi - jismiga to'g'ri kelmaydigan bema'ni nomlar
ham bor.
Respublikamiz istiqlolga erishgandan keyin bunday nomlarning ko'pi o'zgartirildi, asl nomlari
tiklandi, lekin ayrim joylarda hali ham saqlangan. Boychechak, Vijdon, Grammplastinka, Jonon,
Znamya, Intizom, Iskra, Ko'sak, Lochin, Mashhur, Muloyim, Odob, Palma, Paxta, Ravshan,
Sadaf, Tajriba, Muxbir, Tarbiya, Uylanish, Farmon, Shamol, Shanba, Yashna, Yaxshi, Harakat,
Hurmatli va boshqalar bunga misol bo'ladi.
Umuman olganda nom qo'yish, hoh u farzandiga nom qo'yish bo'lsin, hoh shahar, qishloq,
maydon, mavze, ko'chaga nom qo'yish bo'lsin, katta san'atdir. Nom qo'yishda yaxshi o'ylab,
shoshmasdan mulohaza qilib ish tutish kerak. Aslida nomni ma'muriy tashkilotlar qarori bilan
qo'ymaslik kerak, nom o'zi shakllansin, shunda haqiqiy nom bo'ladi. Keyinchalik o'zgartirib,
katta harajat qilib o'zgartirilmaydi. Toshkentda bunday o'zgarmas nomlar ko'p: Chorsu,
Beshyog'och, Olmazor, Qoraqamish, Chilonzor, Sergeli, Yunusobod, Oltintepa, Chuqursoy,
Anhor va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |