2.O‘zbekiston viloyatlari toponimlari.
3.Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi geografik nomlar.
4.Viloyatlardagi geografik joy nomlarining o‘ziga
xos xususiyatlari, ularning turlari.
5.Toshkent shahri toponimlari.
Tayanch tushuncha va iboralar.
Toponimika, toponim, urbonim, toponimst, etnonim, gidronim, oronim
Toshkent toponimlari
Toshkentning bunyod etilgan vaqti aniq emas. Saqlanib qolgan yozma ma'lumotlarga qaraganda
shahar 2000 yildan ortiq tarixga ega. Bu davr mobaynida Toshkent qanchadan qancha tarixiy
voqealarni boshidan kechirgan. Shahar ―Buyuk Ipak yo'li‖ ustida joylashganidan bu yerga turli el
- yurtlardan har xil millatlar vakillari kelgan, ularning ko'plari shu joyda o'rnashib qolgan. Ular
o'z jamoalarini,
mahallalarini bunyod etib, mavze, ko'cha, guzar mahallalariga o'z tillaridagi
nomlarni qo'yganlar.
Toshkent bir necha bor yovlar bosqinini boshidan kechirgan. Mo'g'ullar, arablar, ruslar shaharni
bosib olib, vayron qilishgan. Shahar yana tiklangan, rivojlangan. Bosqinchilar uzoq vaqt
davomida
hukmronlik qilib, o'z odamlarini ko'plab keltirishgan. Ular ham o'z tilidagi joy
nomlarining vujudga kelishiga sabab bo'lgan. Shu boisdan Toshkentda turli xalqlar tillariga
mansub bo'lgan xilma - xil nomlarni yonma - yon uchratish mumkin. Agar shaharlarga joy
nomlarining xilma - xilligiga qarab sovrin beriladigan bo'lsa,
Toshkent, shubhasiz, birinchi
sovrindor bo'lar edi.
Shu bilan birga Toshkentda joyning tabiiy xususiyatlarini ifodalovchi nomlar ham ko'p.
Toshkent nomining o'zi haqida ham turli fikrlar mavjud. Toshkent haqidagi fikrlar Klavdiy
Ptolomey,
Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg'ariy, Zahiriddin Bobur asarlarida uchraydi.
Toshkentning joy nomlarini Y.G'ulomov, H.Hasanov, N.Mallitskiy, V.Shishkin, M.Masson,
S.Qorayev o'rganishgan.
Toshkent turli davrlarda turli nomlar bilan atalgan. Yozma manbalarda shaharning Tarkan,
Binkent, Shosh, Choch, Joj, Tashkuna, Chjeshi, Tashixan, Toshkand, Toshkent nomlari mavjud.
Ptolemey, Lifivos Petros deb atagan shahar ham aslida Toshkent bo'lsa kerak.
Toshkent nomining etimologiyasi haqida turli fikrlar mavjud. Y.D.Polivanov ―mahalliy aholi
arablarni tozi, tozilar deb atashardi. Toshkent nomi shu so'zdan kelib chiqqan. Toshkent shahri,
tozilar shahari, musulmonlar shahri.
Tozi - toshi, tosh so'ziga aylangan‖ deydi. Ya'ni Toshkent
tosh so'zidan emas, tozi so'zidan kelib chiqqan deydi.
1
M.Y.Masson Toshkent nomini choch
so'zidan kelib chiqqan deb tushuntiradi. Arablar Chochni ―shosh‖ deb talaffuz qilishgan.
Mahalliy aholi ―
shosh
‖ ni ―
tosh
‖ deb talaffuz qilgan. Toshkentning tosh qal'aga aloqasi yo'q deb
tushuntiradi.
2
Abu Rayhon Beruniy ―Binket - Shosh shaharlaridan biri‖. Turkiycha nomi Toshkent. Bu
qadimgi yunonlarning Burj ul Hijora qal'asi ―(Qonuni Ma'sudi II - jild, 576 - bet)‖. Toshkent -
tosh qal'a. Ptolemeyning ―Geografiya‖ kitobida tosh qal'a deyilgan‖ (―Hindiston‖, 271 - bet) deb
yozgan.
Mahmud Koshg'ariy o'zining ―Devonu lug'atit turk‖ kitobida ―Tarkon Shoshning nomi.
Shaharning haqiqiy nomi Toshkand, ya'ni toshdan qurilgan shahar‖ deb yozadi. (Devonu lug'atit
turk, I, 414 - bet). Binobarin, Toshkent tosh va kent so'zlaridan tuzilgan.
H.H.Hasanov Toshkent nomining tahlili to'g'risida
dalillar keltirib, quyidagicha xulosa qiladi:
―Ikki ming yildan ziyodroq davr mobaynida faqat ―tosh‖ so'zi (so'g'diycha ―choch‖, grekcha -
―petros‖, xitoycha - ―shi‖, arabcha - ―hijora‖) tosh shahar, tog'u tosh etagidagi shahar, tog'
daryosi Chirchiq bo'yidagi shahar sharafini saqlab turibdi. Bu nom ikki ming yil muqaddam ham
ma'lum edi. Uni faqat mahalliy
aholining bir qismi Choch, bir qismi Shosh shaklida yuritgan.
1
Мурзаев Э.М. Средняя Азия М., 254 б.
2
Массон М. Пошлое Ташкента Изд. АН РУз. № 2. 1954.
Tarixda Toshkentning Tarkan, Binkent, Afrosiyob kabi nomlari ham uchraydiki, bular ma'lum
davrlardagi shaharning bir qisminigina bildiradi‖.
3
Toshkent shaharida kichik joy nomlari (mikrotoponimlar) juda ko'p. Faqat ko'chalarning nomi
2000 dan ortiq. Shahardagi joy nomlarini tahlil qilib, ularni yirik 6 ta guruhga jamlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: