1. Joyning tabiiy xususiyatlarini ifodalovchi nomlar.
―Toshkent yetti qiru yetti o'rda
o'rnashgan‖ degan ibora bor. Haqiqatdan ham shunday. Navoiy ko'chasida Anhor ko'prigi ustida
Chorsu tomonga diqqat bilan nazar solsangiz, shahrimiz yer yuzasining o'r - qirligini ko'rasiz.
Yer yuzasining bunday holati shahardagi joy nomlarida aks etgan. Masalan, Jarariq, Jarko'cha,
Chuqursoy, Chuqurko'prik, O'rko'cha, Zahariq, Pastak degan nomlar bor. Bular shahar yer
yuzasining past, soylik joylariga to'g'ri keladi. Oltintepa, Sho'rtepa, Kuloltepa, Oqtepa,
Ganchtepa kabi joy nomlari qir, balandlik joylarga to'g'ri keladi.
Toshkent juda qadimdan sug'orib dehqonchilik qilinadigan vohada joylashgan. Chirchiq
daryosidan juda ko'p ariqlar chiqarilgan, aholini suv bilan ta'minlash uchun quduqlar qazilgan,
hovuzlar bunyod etilgan. Ko'p joy nomlari mana shu inshootlar bilan bog'liq holda paydo
bo'lgan. Bularga Bo'zariq, Damariq, Zog'ariq, Shofayziquloq, Shoshariq, Tarnovboshi, Jo'nariq,
Tersariq, Qorasuv, Shirinquduq, Kattahovuz, Sassiqhovuz, Hovuzlik kabi nomlar misol bo'ladi.
Toshkentda o'simliklar bilan bog'langan joy nomlari juda ko'p: Bodomzor, O'rikzor, Olmazor,
Sebzor,
Qatortol,
Qatorterak,
Yettiterak,
Ko'kterak,
Yakkatut,
Qo'shtut,
Yong'oq,
Beshqayrag'och, Mingo'rik, Chilonzor, Qoraqamish kabi nomlar shular jumlasidandir. Hayvonlar
nomi ilan bog'langan nomlar kamroq uchraydi: Bo'rijar, Kaptarxona, Sakbon (Sag'bon),
Chivintepa va boshqalar.
2. Toshkentda shaharning boy tarixi kabi
tarixiy nomlar
ham ko'p. Anhor, Jangob, Beshyog'och,
Xadra, Chorsu, Namozgoh, Salor, Darxon, Arpapoya, Kamolon, Eskijo'va kabi nomlar bilan
qanchadan qancha tarixiy voqealar bog'langan. Anhor arabcha ―nahr‖ - daryo so'zining ko'plik
shakli. Toshkentdagi ariqlar umumiy nom bilan anhor deyilgan. Bu arablar istilosi davridan
qolgan nom. Hozirgi vaqtda Toshkentni suv bilan ta'minlaydigan ariqlardan eng kattasi Anhor
nomi bilan ataladi.
Jangob nomi ayrim tadqiqotchilarning fikricha, jang bo'ladigan joy. Aslida jang tomoshalari,
sport o'yinlari o'tkaziladigan joy bo'lgan. Beshyog'och nomi uzunlik (masofa) o'lchov birligidan
olingan. Bir yog'och 7 - 8 kmga teng bo'lgan. Eski Toshkentdan Beshyog'och darvozasigacha
masofa besh yog'ochga teng bo'lgan. Shundan darvoza nomi shunday deb atalgan. Hadra ikki
so'zdan: had - chegara va roh - ko'cha so'zlaridan hosil bo'lgan. Bu ko'cha xon o'rdasidagi
chegara ko'cha bo'lgan. Chorsu to'rt suv emas. To'rt nomi ma'nosini anglatadi. Toshkentning
asosiy ko'chalari shu yerda kesishgan (tutashgan). Binobarin, Chorsu chorraha so'zidan kelib
chiqqan. Chorsuning bozor degan ma'nosi ham bor.
Arpapoya nomining arpa ekilgan joyga hech bir aloqasi yo'q. U ikki so'zdan ―aropa‖ - handak va
―poy‖ - oyoq - chekka so'zlaridan iborat. Qadimda ko'pchilik o'rta asr shaharlari kabi Toshkent
atrofiga ham mudofaa handagi qazilgan. Hozirgi Arpapoya o'rnidagi handak chekkadagi, poy -
oyoqdagi handak bo'lgan.
3. Toshkent juda qadimdan hunarmandchilik markazi bo'lib kelgan. Shu boisdan
Dostları ilə paylaş: |