Mashgulot turi: ma’ruza-4
Mavzu: “O’zbekiston Respublikasining Maktabgacha ta'lim va tarbiya to’grisida” gi qonuni O’zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida»gi qonuni
Reja: 1.O’zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’grisida»gi qonunining umumiy qoidalari
2.Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasini tartibga solish; Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turlari
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish;Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish
4. Maktabgacha bo’lgan yosh davrlari. Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish va ulardan chiqarish; Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari, ularning huquq va majburiyatlari
5. Maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish; Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi; Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minoti. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari
Tayanch iboralar: alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo’lgan bolalar, davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, inklyuziv ta’lim va tarbiya, maktabgacha bo’lgan yosh, maktabgacha bo’lgan yosh, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, pedagogning kasbiy standarti, ta’lim va tarbiyaning muqobil shakli
1.O’zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida»gi qonunining umumiy qoidalari O’R’-595.MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA TO’G’RISIDA
qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan.Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda ma’qullangan
1-modda. Ushbu qonunning maqsadi Ushbu qonunning maqsadi maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.