6-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga doir davlat kafolatlari Har bir bola maktabgacha ta’lim va tarbiya olish huquqiga ega.
Davlat har bir bolaning umumiy o’rta ta’lim tashkilotiga o’’ishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umumiy o’rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o’tishga bo’lgan huquqini kafolatlaydi.
Bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishiga doir davlat kafolatlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari negizida maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlarini ko’rsatish, shuningdek ta’lim va tarbiya berishning mu’obil shakllarini tashkil etish orqali ta’minlanadi.
2.Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasini tartibga solish;Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turlari
7-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ro’yobga chiqarilishini amalga oshiruvchi organlar Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ro’yobga chi’arilishini amalga oshiruvchi organlar quyidagilardan iborat:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi);
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi;
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi;
o’z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo’lgan boshqa davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlari.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilmagan organlar hamda tashkilotlar ‘onunchilikka muvofi’ maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi.
8-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlari ishlab chi’ilishini, tasdiqlanishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
o’z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi normativ-hu’u’iy hujjatlarni qabul qiladi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlaydi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning, shuningdek nodavlat ta’lim xizmatlarini ko’rsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziyalarning (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berilish tartibini belgilaydi;
maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish tartibini belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.