9-modda. Davlat inspeksiyasining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari Davlat inspeksiyasi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni sifati ustidan nazoratni va monitoringni amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o’tkazadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o’tkazadi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga malaka toifalari berilishini tashkil etadi;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida litsenziyalar beradi.
Davlat inspeksiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
10-modda. O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi:
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risidagi ‘onunchilikning ijro etilishini ta’minlaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlarini hamda bosh’a dasturlarni ishlab chi’adi va amalga oshiradi;
o’z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi hamda ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatiga uslubiy jihatdan rahbarlikni amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’rganadi, umumlashtiradi va ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o’’uv-uslubiy, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar, rivojlantiradigan o’yinlar va o’yinchoqlar bilan ta’minlanishini, shuningdek ularning moddiy-texnika bazasi jihozlanishini hamda mustahkamlanishini tashkil etadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining malakasiga doir talablarni belgilaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni ta’minlaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi statistika ma’lumotlarining hisobi yuritilishini hamda tahlil qilinishini ta’minlaydi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-uslubiy faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;
bolaning qonuniy vakillariga uslubiy, maslahat yordami va boshqa yordam ko’rsatadi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga investitsiyalar hamda grantlarni jalb etish choralarini ko’radi, chet el investitsiyalari ishtirokidagi amaldagi loyihalarni qo’llab-quvvatlashni amalga oshiradi;
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini boshlaganligi yoki tugatganligi ha’ida xabarnomalarni qabul qiladi, ularning reyestrini yuritadi.
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.