27-modda. Maktabgacha ta’limni bosh’arishning axborot tizimi O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi axborotni yig’ish, saqlash, izlashni, unga ishlov berish va undan foydalanishni amalga oshirish imkonini beruvchi Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimi yaratilishini hamda faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti to’g’risidagi ma’lumotlarni Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimiga kiritish barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun majburiydir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari Maktabgacha ta’limni bosh’arishning axborot tizimiga kiritiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar bo’ladi.
Maktabgacha ta’limni bosh’arishning axborot tizimiga kiritiladigan ma’lumotlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish 28-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun majburiydir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti kamida besh yilda bir marta qayta ko’rib chiqiladi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini, maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya berish sohasidagi o’’uv-uslubiy qo’llanmalarni, uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlarini loyihalashtirishda, qurishda, jihozlashda va ularning faoliyatini tashkil etishda hisobga olinishi shart.
29-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi bolani to’laqonli har tomonlama kamol toptirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilishini ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi:
bolaning bilim jihatidan va intellektual rivojlanishini;
bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlikni;
bolalarni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, O’zbekiston Respublikasida yashovchi millatlar va elatlarning urf-odatlari va an’analari bilan tanishtirishni;
bolaning ijtimoiy moslashuvini;
alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo’lgan bolalar bilan pedagogik-tuzatish (korreksiyalash) va tibbiy-psixologik ishlar amalga oshirilishini;
bolalarni umumiy o’rta ta’limga tayyorlashni ta’minlashi kerak.
Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlarini tuzatishga (korreksiyalashga) hamda reabilitatsiya qilishga muhtoj bo’lgan bolalarning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi asosida ishlab chiqilgan yakka tartibdagi rejalar bo’yicha amalga oshiriladi.