O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik pedagogika instituti


MАVZU. INNOVATSIYАLAR TIZIMI VA INNOVATSION FAOLIYАTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə41/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#160196
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68
Respublikasi oliy va-www.hozir.org

MАVZU. INNOVATSIYАLAR TIZIMI VA INNOVATSION FAOLIYАTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH




    1. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishining asoslari.


    2. Innovatsiyalarni moliyaviy tartibga solinishini amalga oshirish.


    3. O’zbekstonda innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solinishining xususiyatlari.


Tayanch iboralar: Tashkiliy tartibga solish, moliyaviy tartibga solish, amortizatsion fond, innovatsion siyosat, innovatsion faoliyat, innovatsion muhit.
          1. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishining asoslari

Innovatsiyaon faoliyat- bu faoliyatlning o’zida yangi bilimlar, yangi tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarishning, xodimlarni tayyorlash va boshqalarni birlashtiruvchi murakkab turidir. SHuning uchun regulyativ (yo’naltiruvchi) innovatsion faoliyat yangi innovatsion faoliyatning har xil turlari, elementlari, tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqalarni qo’llab – quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha faoliyat innovatsion faoliyatning muhim turi bo’ladi.


Regulyativ innovatsion faoliyatning yuqori shakli-bu innovatsion siyosatni ishlab chiqish va o’tkazish, innovatsion faolyaitni boshqarishdir.
Innovatsion loyihalarni boshqarishni borishida innovatsiyalarni yaratish va tarqatish jarayonlarining tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy me’yoriy-huquqiy tartibga solinishi amalga oshiriladi. Innovatsion loyihalarni boshqarishga tizimli yondoshish innovatsion faoliyatni tartibga solishning har xil turlari organik birlashishi, majmuaviyligi, yagonaligi zarurligini bildiradi.
Innovatsion faoliyatni tartibga solish har xil darajalarda: umuman davlat darajasida, mintaqaviy darajada, alohida korxona, tashkilot, muassasa darajasida amalga oshiriladi. Innovatsiyalarni boshqarishga tizimli yondoshish har xil darajalardagi regulyativ innovatsion faoliyatning yagonaligi, barcha boshqaruv qurollari va qarorlarining yaqindan o’zaro aloqasi va muvofiqlashganligini ko’zda tutadi.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi innovatsion loyihalarni boshqarishning asosini tashkil qiladi. Davlat innovatsion faolyaitni tartibga solishning barcha turlari- tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy, me’yoriy- huquqiyni amalga oshiradi. Bu tartibga solish innovatsion bashoratlar va strategiyalar bazasida amalga oshiriladi.
Mamlakat sotsial-iqtisodiy rivojlanishining tarkibiy qismi bo’lgan innovatsion bashoratda innovatsion faoliyatning asosiy parametrlari (uning yo’nalishlari, turlari, ob’ektlar, oqibatlari va h.k.)ni oldindan ko’rish ishlab chiqiladi. Innovatsion bashoratlarda bazisli innovatsiyalar o’zlashtirish va tarqatish, yangi ko’p ilm iste’mol qiluvchi mahsulotlar va texnologiyalardan amalda foydalanishlarning sotsial-iqtisodiy oqibatlar stsenariyasi quriladi. Innovatsion strategiyalarda innovatsion faoliyatning ustuvor yo’nalishlari belgilanadi. Innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarini boshqarish uchun davlat maqsadiy dasturlari (DMD) muhim rolь o’ynaydilar. Bu dasturlar davlat byudjeti mablag’lari va byudjetdan tashqari mablag’larni ham ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarishlarni moliyalashtirish va ham ularning natijalaridan foydalanish bo’yicha innovatsion faoliyatga jamlaydi. DMD fan va texnikani rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari, davlat darajasidagi tanqidiy texnologiyalarning ro’yxati, xalq xo’jaligi yuqori texnologik sohalarni rivojlanishining muhim muammolarini ajratish asosida yuqori sifatli innovatsion loyihalarning qo’llab-quvvatlashini ta’minlaydi.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishining keyingi darajasi texnologik rivojlanish dasturlari (TRD)da amalga oshiriladi, ular xalq xo’jaligi sohalarini rivojlantirish strategiyalari doirasida amalga oshiriladi. Bu dasturlarda innovatsiyalarning asosiy qismi ularda ishtirok etayotgan korxonalarning shaxsiy mablag’lari va kredit manbalardan ta’minlanadi, davlatning ishtiroki esa asosan ishlarni muvofiqlashtirish va tijorat xatarini oshishi bilan bog’liq yoki qandaydir sabablarga ko’ra korxonalar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo’lmagan bosqiyalarni qo’llab-quvvatlashdan iboratdir. Bu holda davlatning TRDdagi ishtiroki asosan kafolatlar va qaytarma moliyalashtirish shaklida amalga oshiriladi.
Innovatsion loyihalar DMD yoki TRD ga tanlov asosida kiritiladi, unda ishtirok etish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Tanlovda ishtirok etayotgan innovatsion loyihalar
albatta davlat ilmiy-texnik va ekologik ekspertizasidan o’tishlari kerak, uning predmeti bularning yangiligi, sotsial-iqtisodiy va ekologik samaradorligidan iboratdir.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi tijoratlashganlikning katta darajasidagi ayrim innovatsion yuqori samarali loyihalarni qo’llab-quvvatlanishi shaklida namoyon bo’lishi mumkin. SHu narsa juda muhimki, davlat qo’llab-quvvatlashi uchun innovatsion loyihalarni tanlashning konkursli tizimi muntazam ravishda takomillashmoqda. E’tibor nisbatan kichik va o’zini o’zi tez qoplaydigan innovatsion loyihalarning salmog’i oshishiga qaratilmoqda, ular loyihaning innovatsion mahsulotiga kafolatlangan bozor talabini mavjudligida byudjetdan va korxonalar shaxsiy mablag’lari hisobidan ustuvor moliyalashtirish sharoitlarida ishlab chiqariladi.
SHunday qilib, innovatsion loyihalarni davlat tomonidan tartibga solinishi davlat va mintaqaviy innovatsion dasturlarga kritilgan innovatsion loyihalarni hamda ayrim innovatsion loyihalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash shaklida aks ettirilishi mumkin.
Innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun davlatni innovatsion faolyait uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy sharoitlar yaratishi printsipial muhim bo’ladi.
Innovatsion faolyaitni davlat tomonidan tartibga solinishining innovatsiyalarni yaratish, o’zlashtirish va tarqatishga ko’maklashuvchi iqtisodiy omillar bozor munosabatlarini rivojlanishi, tadbirkorlikni faollashishi, vijdonsiz raqobatni yo’nalini kesish, innovatsilar bozorida talabni o’sishiga ko’maklashuvchi soliq siyosati va narxni tashkil qilish siyosatini o’tkazish, barcha sub’ektlar tomonidan innovatsion faoliyatni olib borish uchun foydali soliq sharoitlarini yaratish, ko’p ilm iste’mol qiluvchi loyihalar lizingini rivojlantirish, xalqaro bozorda mamlakat innovatsion mahsulotini qo’llab- quvvatlashdan iboratdir.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tashkiliy tartibga solinishi davlat va mintaqaviy innovatsion dasturlarga kiritilgan innovatsion dasturlash, hamda alohida ahamiyatga ega innovayion dasturlarni qo’llab-quvvatlashda, balki innovatsion infratuzilmani rivojlantirishga davlat tomonidan yordam berilishi, innovatsione faolyaitni xodimlar tomonidan qo’llab-quvvatlanishi, innovatsion faolyaitni amalga oshiruvchi xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko’maklashishda namoyon bo’ladi.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan moliyavyi tartibga solinishi innovatsion faoliyatni moliyalashtirish, innovatsion sohaga davlat resurslarini yo’naltirish, ijtimoiy rivojlanish uchun muhim, ammo xususiy sarmoyadorlar uchun o’ziga jalb qilmaydigan innovatsion dasturlar va loyihalarni amalga oshirish uchun to’g’ridan to’g’ri davlat investitsiyalarini ajratishni ta’minlovchi byudjet siyosatini o’tkazishga asoslangan.
Davlat innovatsion faoliyatini faollashtirish uchun qonunchilik sharoitlarini yaratadi, uning sub’ektlari o’zaro munosabatlarining huquqiy asoslarini belgilaydi, ularning huquqlari va manfaatlarining himoyasini, xususan aqliy mulk ob’ektlariga huquqlar kabi innovatsion faoliyatni rivojlanishi uchun muhimroq huquqlar himoyasini kafolatlaydi.
Qulay innovatsion vaziyatni yaratish, innovatsion faoliyatning ustuvorligini ta’minlash innovatsiyalarni yaratish va tarqatish jarayonini tartibga solishning muhim usuli bo’ladi.
Mamlakatning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi ko’proq bog’liq bo’lgan iqtisoddagi innovatsion vazyait qisman o’tkazilayotgan ITTKIning tuzilishi, hajmi va xarakteri bilan belgilanadi.

          1. Innovatsiyalarni moliyaviy tartibga solishni amalga oshirish

Innovatsion faoliyat qoidaga ko’ra, noaniqlik va xatarning yetarlicha yuqori darajasi bilan ta’riflanadi, shuning uchun innovatsion jarayonlarning manbalarini ko’pligi, egiluvchanligi va texz o’zgaruvchan, turbulentli muhitga moslashuvchanligi innovatsion faolyaitni moliyaviy tartibga solishning muhim tamoyillaridan bo’ladi.


Innovatsion faoliyatning byudjet mablag’lari hisobiga moliyalashtirish davlat innovatsion siyosatining maqsadlari va ustuvorliklariga muvofiq amalga oshiriladi va ham yirik ko’lamli ilmiy-texnik muammolarni hal qilish va ham kichik va o’rta inoovatsion tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash uchun mo’ljallanadi.
Davlat byudjetidan ajratilgan mablag’lar davlat innovatsion fondlari (Davlat fundamental tadqiqotlar fondi, ilmiy-texnik sohada korxonalarning kichik shakllarini rivojlantirishga ko’maklashish fondi, davlat ishlab chiqarish innovatsiyalar fondi kabilar), davlat maqsadiy innovatsion dasturlari va yuqori samarali loyihalar, hamda innovatsion faolyaitni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash dasturlariga yo’naltiriladi.
Samarali innovatsion loyihalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi davlatni ularni moliyalashtirishdagi (qoidaga ko’ra, tanlov asosida) ishtirokining qaytarilish asosidagi markazlashtirilgan investitsion kreditlar, innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar aktsiyalari bir qismini davlat mulkida mustahkamlash, mamlakatimiz va xorijiy kredit-moliya muassasalari tomonidan innovatsion faolyait sub’ektlariga beriladigan innovatsion kreditlar bo’yicha davlat kafolatlari kabi shakllarini ko’zda tutadi.
Innovatsion faoliyat sub’ektlari byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilish manbalari, tuzilishi va usullarini mutaqil ravishda belgilaydilar (innovatsion faolyaitni moliyalashtirishga byudjetdan tashqari mablag’lar davlat va nodavlat mablag’laridan jalb qilinadilar).
Tashkilotning innovatson faoliyatini nafaqat tashqaridan jalb qilinadigan moliyaviy mablag’lar hisobiga, balki shaxsiy mablag’lar hisobiga ham olib borish mumkin. Amortizatsion ajratmalar fondi va ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi tashkilot innovatsion faoliyatini moliyalashtirishning muhim ichki mablag’lari bo’ladilar.
Amortizatsion ajratmalar fondini ta’riflab turib, ta’kidlash kerakki, amortizatsiya-bu asosiy fondlar qiymatini mahsulot qiymatiga va materiallar bilan bir qatorda asosiy ishlab chiqarish omili bo’ladilar. Ular mehnat vositalaridan iborat bo’ladilar, keyingilardan xo’jalik jarayonida ko’p marta foydalanadilar va bunda ular o’zlarining buyumli- tabiiy shaklini o’zgartirmaydilar. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini turlar bo’yicha tasnifi idoralar, inshootlar, uzatuvchi qurilmalar, mashinalar uskunalar (shu jumladan, kuchlanish va ishchi mashinalar va uskunalar, o’lchov va tartibga solish asboblari, hisoblash texnikasi), qurollar kabi guruxlarni o’z ichigav oladi.
Asosiy fondlarni harid qilishga sarflangan pul mablag’lari asosiy mablag’lar deb ataladi. Asosiy va aylanma mablag’lar o’rtasida aniq chegarani o’tkazuvchi ikkita mezonlar qabul qilingan : xizmat muddati (1 yildan ko’proq)va qiymat (100 MROT dan ko’proq).Masalan, xizmat muddati 1 yildan ko’proq , ammo qiymati 100 yeng kam ish haqidan kamroq bo’lgan asbob asosiyga yemas aylanma fondga kiritiladi.
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy fondlarning qiymati qismlar bo’yicha ishlab chiqarilayotgan mahsulotga ko’chiriladi. Bunda asosiy fondlarning o’zlarining moddiy va ma’naviy eskirish natijasida narxlar pasayadi (er bundan isisno).Bu eskirishning amortizatsion ajratmalar ko’rinishidagi qiymati amortizatsion fondda tanlanadi. Amortizatsion ajratmalarning miqdorlari davlat idoralari tomonidan asosiy mablag’larning balansli qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi va amortizatsion ajratmalarning
me’yorlari deb ataladi. Ko’pgina hollarda bu me’yorlar asosiy fondlar qiymatini ularning xizmat muddatiga bo’lish yo’li bilan hisoblab chiqiladi.
Innovatsion faoliyatni sarmoyadorlar mablag’lari hisobiga moliyalashtirish kreditli investitsiyalar, innovatsion faoliyat sub’ektlari tomonidan bosib chiqarilgan qimmatbaho qog’ozlar (aktsiyalar, obligatsiyalar, veksellar)ga investitsiyalar; pul shaklidagi, qimmatbaho qog’rzlar, asosiy fondlar, sanoat va aqliy mulk va ularga huquqlar ko’rinishidagi, innovatsion faoliyatni hamkorlikda olib borish haqidagi sheriklik bitimlarini tuzish asosida amalga oshiriladigan to’g’ridan to’g’ri kiritmalar ko’rinishida lizing va investitsiyalarni jalb qilishning boshqa usullaridan foydalanish asosida amalga oshiriladilar.
Innovatsion korxonalar faoliyatini kreditlashning zamonaviy tizimlari asosiy alomatlaridan biri uning shartnomali asosidir. Kreditlashtirish masalasi bo’yicha vujudga keladigan barcha masalalar bevosita shartnoma tuzgan tomonlar, masalan, qarz oluvchi korxona va bank tomonidan hal qilinadi. Investitsion kreditni berish haqidagi masalani hal qilishda sarmoyador bozordagi innovatsion kreditni amalga oshirilishi imkoniyatini, innovatsion korxona daromadlarining kutilgan o’sishini va boshqa muhim ta’riflarni tahlil qiladi, uzoq muddatli kreditlar holida esa umuman innovatsion korxonaning iqtisodiy holati istiqbollari ham baholanadi.
Moliyaviy kiritmalarni o’zini o’zi qoplashining bu va boshqa ta’riflarini olish uchun sarmoyador, qoidaga ko’ra, kreditni ajratish haqidagi qarorlarni qabul qilishda innovatsion loyihaning tegishli biznes-rejasini ko’rib chiqadi.
Sarmoyadorlar innovatsion faoliyat sub’ektlari tomonidan bosib chiqarildgan qimmatbaho qog’ozlar (aktsiyalar, obligatsiyalar, veksellar)ga mablag’larni kiritib, innovatsion faoliyatni moliyalashtirishlari mumkin. Innovatsion korxonalar ko’pgina shaxsiy mablag’lari istiqbolli innovatsion loyihalarni moliyalashtirishlari mumkin. Innovatsion korxonalar ko’pgina shaxsiy mablag’lari istiqbolli innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, moddiy-texnik bazani rivojlantirish, kerakli ITTKIni o’tkazish uchun yetishmagan holda qimmatbaho qog’ozlarni qo’shimcha bosib chiqarishga murojaat qiladilar.

          1. O’zbekistonda innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solinishining xususiyatlari

Innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solinishining zarurligi birinchi navqbatda, ularning iqtisodiyot va umuman jamiyat uchun o’sib borayotgan ahamiyatidan kelib chiqqan. Iqtisodiyotning tuzilishi innovatsiyalar ta’siri ostida o’zgaradi. Axir resurslardan foydalanishning samaradorligini o’sishi hisobiga ularni bir qismi bo’shaydilar va faolyaitning boshqa sohalariga qayta taqsimlanadilar. Masalan, qishloq xo’jaligida band bo’lganlarning ulushi qisqaradi, xizmatlar sohasida esa o’sadi. Bundan tashqari, innovatsiyalar yangi ishlab chiqarishlar, sohalarni vujudga kelishi va mavjud bo’lganlarni asta- sekin barham topishining bevosita sababai bo’ladilar.


Innovatsiyalarning jamiyatni iqtisodiy tashkil qilinishini ham o’zgartiradilar. Yangi ijtimoiy institutlar va xo’jalik tashkilotlari (masalan, venchurli firmalar) paydo bo’ladilar, ular o’rtasidagi o’zaro aloqalar o’zgaradilar. Mulkning tuzilishida siljishlar sodir bo’ladi. Boshqaruv texnologiyasi takomillashadi: vertikal ta’sir ko’rsatishlar borgan sari gorizontallar bilan to’ldiriladi va almashtiriladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mazmuni ham o’zgaradi.
Innovatsion jarayonlar borgan sari kattaroq sotsial ahamiyat kasb etadilar. Yangilik kiritishlar bilan yaratiladigan iqtisodiy o’sish nafaqat aholini turmush darajasini oshishiga
imkon beradi, balki bandlik muammolarini yangi yuqori ish haqi to’lanadigan ish joylarini tashkil qilinishi hisobiga hal qilinishi, ta’lim va sog’liqni saqlash darajasini oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari hozirgi tarixiy davrda innovatsiyalarni tarqalishi jarayoni har xil sotsial va iqtisodiy sub’ektlarni yagona bir butunga bog’lovchi, millatning yagonaligini ta’minlovchi, ko’pgina hollarda sotsial ziddiyatlar va janjallarni yumshatuvchi elementlardan biri bo’ladi.
Hozirgi dunyodagi innovatsion jarayonlarning intensivligi ekologik muammolarni ancha keskinlashtirgan. Bir qator yo’nalishlar bo’yicha atrof muhitga antropogen yuklama mushkul chegaraga yaqinlashmoqda, uni orqasida moddalarni tabiatdagi meyoriy o’zgarib turishini buzilishi muqarrardir. Boshqa tomondan, faqat innovatsiyalar yordamida inson va tabiat o’rtasidagi munosabatni uyg’unlashtirishi mumkin. Axir xuddi ilmiy – texnik yutuqlar ishlab chiqarishning tuzilmasi va iste’molni ratsionallashtirish hamda qaytadan aylanuvchi texnologiyalarni tarqatish yo’li bilan o’rni to’ldirilmaydigan resurslardan foydalanishni va zararli chiqindilarni kamaytirishga imkon beradi. Bu muammolar jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan, barqaror ekologik muvozanatni ko’zda tutuvchi 21 – asrda barqaror rivojlanish kontseptsyasi munosabati bilan ayniqsa dolzarbdir.
O’tgan asr xo’jalik hayotini muddat bilan internatsionallashuvi bilan ma’lum bo’ladi. Ko’pincha integratsiyaning yuqori darajasida ega xalqaro xarakter innovatsion jaryonlarni ham kasb etadi. Har xil mamlakatlarni innovatsion sohada kooperatsiyalashishi resurslarni yangi ilmiy – texnik natijalarni olish, ham buyumli va ham buyuli bo’lmagan shakllardagi texnologiyalarning transporti, jahon ilmiy - innovatsion infratuzilmasini yaratilishi o’z mohiyatiga ko’ra globar xarakterga ega innovatsiyalarni amalga oshirish maqsadida birlashtirilishi orqali sodir bo’ladi. Ilmiy - texnik taraqqiyotning hozirgi ko’lamlarida ko’pgina innovatsion loyihalarni bitta, hatto eng rivojlangan mamlakatlarni amalga oshirishga kuchlari yetmaydi.
Ammo mamlakatda xuddi shunday ilmiy – texnik baza, hamda xorijdan innovatsiyalarni qabul qilishni ta’minlovchi mexanizmlar mavjud bo’lmasa jahon innovatsion jarayonlariga to’laqonli integratsiyalashishning iloji bo’lmaydi. Mamlakatni mehnat taqsimotiga qo’shilishining darajasi va samaradorligi tovarlar va xizmatlarning jahon bozorlaridagi uning tutgan o’rni, malakali mutaxassislarning mavjudligi bilan ta’riflanadi. Ushbu parametlar tabiiy resurslarga eksklyuziv egalik qilish yoki ekstensiv xarakterdagi boshqa afzalliklar bilan kamroq darajada va mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlovchi innovatsiyalardan foydalanish bilan borgan sari ko’proq darajada belgilanadilar. Milliy iqtisodiyotning global raqobatbardoshligini innovatsion jarayonlarni rivojlanishi darajasiga bog’liqligi – innovatsiyalarning umumdavlat ahamiyatidagi muhim jihatidir.
Ammo innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solinishining zaruriyati nafaqat ularning umummilliy ahamiyati, balki iqtisodiy mazmuni bilan ham asoslangan. Bir tomondan, bozor iqtisodiyotiga innovatsiyalar – xo’jalik yurituvchi sub’ektlar foydasini bozor talabini yaxshiroq qanoatlantirish, ishlab chiqarish xarajatlarini raqiblarnikiga nisbatan kamaytirish hisobiga ko’paytirishning asosiy vazifasidir. Boshqa tomondan, klassik bozor mexanizmlarini amalda bo’lishi sharoitlarida ilmiy – texnik natijalarni olish va ularni xo’jalik amaliyotiga tatbiq etish ancha qiyinlashadi. Bozor iqtisodiyotiga ega xorijiy mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, ilmiy – texnik rivojlanish masalasida bozorni avtomatlashtirilishiga to’liq suyanish mumkin emas. Yangilik kiritishlardan foydalanish faqat u yoki bu korxona yoki mintaqaning xususiy muammosi bo’lmaydi, u ko’proq ijtimoiy xarakterni kasb etadi, chunki u yoki bu malakatni rivojlanishining sotsial– iqtisodiy istiqbollari borgan sari u yerda innovatsion jarayonlar qanchalik uzviy borayotganiga
bog’liqdir. Innovatsion jarayonlarni boshqarishning markazlashtirilgan usullarining ustuvorligi jahon amaliyoti tomonidan isbotlangan.
Ushbuni hamda bizning iqtisodiyotimizning o’ziga xosligidan kelib chiqqan holda ilmiy – texnik taraqqiyot sohasida davlat tomonidan tartibga solishdan voz kechish va bozor mexanizmlari va xususiy tashabbusga umid bog’lash yengiltaklik bo’lib ko’rinadi. Innovatsion jaryonni rivojlanishini boshqarishning o’zagi deb davlatning ilmiy – texnik siyosatini hisoblash zarur. Ijtimoiy rivojlanishning barcha elementlari va bo’g’inlarida innovatsiyalar (yangilik kiritishlar, ilmiy- texnik yutuqlar)ni yaratish va tadbiq etish bo’yicha jarayonlar, hamda fan va texnika yutuqlarini (ham ishlab chiqvrish – texnik va ham iste’mol belgilanishida)o’zida ro’yobga chiqaruvchi ilmiy – texnik siyosatining ob’ekti bo’ladilar:
Davlat ilmiy – texnik siyosati:
  • ilmiy – texnik yutuqlarni tatbiq etilishi va ishlab chiqarishni yangilanishi tufayli malakt mahsulotining raqobatbardoshligini ta’minlovchi innovatsion faoliyatni oshishiga ko’maklashishi;


  • zamonaviy texnologik tartibning asosini tashkil qiluvchi bazisli va yaxshilanuvchi innovatsiyalari har tomonlama qo’llab-quvvatlanishini ta’minlash;


  • raqobatli bozor innovatsion mexanizmini samrali faoliyat yuritishi uchun sharoitlar yaratishi;


  • texnologiyalarning mintaqalararo va xalqaro tranferi, xalqaro investitsion hamkorlik, milliy invesvatsion tadbirkorlikni manfaatlarini himoyalashga ko’maklashish zarur.


Innovatsion faoliyatni davlat tomontdan qo’llab-quvvatlanishining aniq shakllariga quyidagilar kiradilar:


  • to’g’ridan to’g’ri moliyalashtirish;


  • yakka kashfiyotchilar va kichik tatbiq etuvchi korxonalarga imtiyozli bank ssudalarini berish;


  • katta soliq imtiyozlaridan foydalanuvchi venchurli innovatsion fondlarni tashkil qilish;


  • yakka kashfiyotchilar uchun davlat potentli bojlarini pasaytirish;


  • resursni tejovchi kashfiyotlar bo’yicha potentli bojlarni to’lash muddatlarini kechiktirish;


  • texnologiyalar, texnoparklar tarmog’ini tashkil qilish va h.k.


Davlat ilmiy – texnik siyosatini amalga oshirishda foydalanadigan tartibga solishning(to’g’ridan to’g’ri va vositali) shakllari va usullari bozor munosabatlarini vujudga kelishi davrida xalq xo’jaligini sotsial- iqtisodiy o’zgarishlarida egiluvchan va adekvat bo’lishi kerak. Ushbu bosqichda davlatning faoliyati innovatsiyalarni tatbiq etish va tarqatishni har tomonlama rag’batlantirshga qaratilishi kerak.


Yuqorida bayon etilganlarni barchasi O’zbekistonda ilm soxasidagi faoliyat va innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solinishi uchun iqtisodiy huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish zarurligini ta’kidlaydi. Respublika Vazirlar Mahkamasi Muvofiqlashtiruvchi kengashi qoshidagi fan va texnologiyalar bo’yicha markaz tomonidan O’zbekistonda innovatsion faoliyatni rivojlantirish va texnologiyalarni tijoratlashtirish dasturi tayorlanmoqda, u buning uchun kerakli infratuzilmani: innovatsion faoliyatning barcha jixatlari (mulkchilik huquqlarini tartibga solishdan tortib qulay investitsion muhitni yaratish, fondli va venchurli moliyalashtirish tizimi vujudga keltirishgacha) uchun huquqiy bazani; mamlakat innovatsion salohiyati monitoringi uchun axborot blokini; texnologiyalar va ko’p ilm iste’mol qiluvchi mahsulotlarni ilmiy sohadan ishlab chiqarishga, milliy va xorijiy bozorlarga transferti (uzatish) tizimlarini, texnologik menejment sohasida mutaxassislarni tayyorlash uchun ta’lim bazasini yaratishni ko’zda tutadi.
“O’zbekiston Respublikasidagi innovatsion faoliyat haqida”, “Texnologiyalarning transferti (topshirilishi) haqida”, “Tijorat siri haqidagi” qonunlar, Vazirlar Mahkamasining “Ikki tomonlama (harbiy va fuqarolik) qo’llanishdagi texnologiyalarni uzatish tartibi haqida”, “O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijiy sheriklar bilan litsenzion bitimlar bo’yicha vakolatli mukofotlar to’lash tartibi haqida”, “Eksportga mo’ljallangan ishlab chiqishlarni xorijiy patentlantirishga valyuta mablag’larini ajratish tartibi haqidagi” bir qator qarorlari ishlab chiqilmoqda. Ularni qabul qilinishi “Aqliy mulk haqida” va “Xizmat kashfiyotlari haqidagi” amaldagi qonunlar bilan birgalikda ilmiy-texnik faoliyatni amalga oshirish va aqliy va sanaot mulki ob’ektlaridan foydalanish jarayonida vujudga keladigan o’zaro munosabatlarning huquqiy mexanizmlarini yo’lga qo’yishga imkon beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik- texnologik qayta jihozlashni rag’batlantirishning qo’shimcha choralari haqidagi Farmoni qabul qilingan22.
Haqiqiy iqtisodiy sharoitlar va mamlakatdagi fan va texnologiyalarning u yoki bu sohasini jahon darajasiga nisbatan rivojlanganligi darajasiga qo’shilgan holda, ilmiy-texnik siyosatning belgilangan strategiyasini tanlab olish talab qilinadi. Jahon tajribasidan fan, texnika va texnologiyalarni rivojlanishining uchta tamoyili: umumiy, selektiv (tanlab olinadigan) va boshqalardan o’rganish ma’lum.
Fan va texnologiyani umumiy rivojlanishi strategiyasi, ya’ni barcha mavjud yo’nalishlar va sohalarda ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlab chiqarishlarni o’tkazish hozirgi vaqtda respublika uchun qabul qilib bo’lmaydigan, kelajakda esa mamlakatni jahon ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalashishi va uning doirasidagi “Mehnat taqsimoti” tufayli maqsadna muvofiq bo’lmasligi mumkin.
O’zbekiston uchun selektiv rivojlanish va ilg’or ilmiy-texnik ishlab chiqarishlarni boshqalardan o’rganish strategiyalarini birlashtiruvchi yo’l maqsadga muvofiqroq ko’rinadi. Birinchisi (selektiv) mavjud ilmiy-texnik salohiyat va uning harakatlarini ustuvor davlat ilmiy-texnik siyosatiga jamlash asosida iqtisodiyotning bazaviy sohalari uchun. Ikkinchisi – respublikada kuchsiz rivojlangan va jahon darajasidan ancha orqada qolgan, ammo iqtisodiyot uchun g’oyatda zarar yo’nalishlar uchun.
Innovatsion jarayonlarning ko’rsatib o’tilgan ta’riflari, hamda davlatning hozirgi jamiyatdagi iqtisodiy va ijtimoiy roli davlat idoralarining innovatsion faolityani tartibga solish bo’yicha vazifalarini belgilab beradi. Ulardan eng muhimlari quyidagilar:

  1. Innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish. Davlatning vazifasi –innovatsion jarayonlarning umumiy strategik mo’ljallarini belgilash va har xil tuzilmalarning innovatsiyalarni amalga oshirishdagi kooperatsiyasi va o’zaro hamkorligiga ko’maklashish.


  2. Innovatsiyalarni rag’batlantirish. Bu yerda markaziy o’rinni raqobatni rag’batlantirish, hamda innovatsion jarayon ishtirokchilariga har xil moliyaviy subsidiyalar va imtiyozlar egallaydilar. Innovatsion xatarlarni davlat tomonidan qisman yoki to’liq sug’urtalash katta ahamiyatga ega.


  3. Innovatsion jarayonlarning huquqiy bazasini yaratish. Nafaqat ijtimoiy va texnologik o’zgarishlarga muvofiq me’yorlarning barqarorligi va o’z vaqtida tuzatish kiritilishini ta’minlovchi zaruriy qonunlarni, balki ularga rioya qilishning haqiqiy amaldagi mexanizmlarini shakllantirish muhimdir. Ilmiy-texnik mahsulotlarni yaratuvchilar va iinovatorlar huquqlarini davlat tomonidan himoyalash alohida o’ringa ega.




  1. ¡çáåêèñòîí Ðåñïóáëèêàñè Ïðåçèäåíòèíèíã “Èøëàá ÷èқàðèøíè ìîäåðíèçàöèÿëàø âà òåõíèê- òåõíîëîãèê қàéòà æèҳîçëàøíè ðàғáàòëàíòèðèøíèíã қ¢øèì÷à ÷îðàëàðè ҳàқèäàãè” Ôàðìîíè, “Õàëқ ñ¢çè”, 2007 éèë 14 ìàðò.


  1. Innovatsiyalarni xodimlar bilan ta’minlash. Davlat o’quv yurtlaridagi o’qish dasturlarining mazmuni innovatsiyalar generatorlarining ijodiy salohiyatini rivojlanishi va ham mutaxassislarni yangilik kiritishlarni qabul qila olishiga ko’maklashishi kerak.


  2. Inovatsion infratuzilmani shakllantirish . Davlat axborot tizimlari – yangiliklarni tarqatishninng asosiy kanallaridan birining faoliyatini ta’minlaydi , innovatorldarga yuridik , maslahat va boshqa xizmatlarni ko’rsatadi. Davlat yana innovatsion sub’ektlar o’rtasida vositachi bo’lishi , ularga sheriklarni qidirib topish , davlat kafolati ostida bitimlar tizimida yordam ko’rsatishi mumkin.


  3. Innovatsion jarayonlarni institutsial ta’minlash. Bu yerda asosiysi davlat sektori (mudofaa, sog’liqni saqlash, ta’lim)sohalarida ITTKI bajaruvchi va yangilik kiritishlarni amalga oshiruvchi davlat tashkilotlari va bo’linmalarni tashkil qilishdir. Davlat yana iqtisodiyotda innovatsiyalarni mahsulotlashtirish va taqdim etish nuqtai nazaridan eng samarali tashkiliy tuzilmalar (yirik korporatsilar , kichik biznes va h.k.)tarqatishga ko’maklashadi.


  4. Innovatsion faoliyatning ijtimoiy mavqeini oshirish , Davlat ilmiy – texnik yutuqlar va yangiliklarni targ’ibot qilish , innovatorlarni ma’naviy rag’batlantirishni tashkil qiladi , ularning sotsial himoyasini ta’minlaydi va h.k.


  5. Innovatsion jarayonlarning xalqaro jixatlarini tartibga solish. Davlat tanlab olingan umumiqtisodiy va innovatsion mtrategiya doirasida xalqaro ilmiy – texnik va innovatsion kooperatsiyani rag’batlantiradi, hamda yangiliklarning xalqaro transportini tartibga soladi.


Nazorat uchun savollar
  1. Regulyativ innovatsion faoliyat nima ?


  2. Innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solinishining iqtisodiy omillari nimadan iborat


?

  1. Davlat ilmiy – texnik siyosatining mezonlarini ajratib bering.

  2. Innovatsion loyihalarni sarmoyadorlar hisobidan moliyalashtirish qanday shakllarda amalga oshiriladi ?


  3. Innovatsion faoliyatni moliyaviy tartibga solishning tamoyillarini aytib bering.


  4. Innovatsion faoliyatni tartibga solish bo’yicha davlat idoralarini qanday vazifalari mavjud ?


  5. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo’llab quvvatlanishi shakllariga nimalar kiradi ?


  6. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi nima bilan asoslangan ?





Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin