O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik pedagogika instituti


MАVZU. KORXONALARDAGI INNOVATSIYАLAR MARKETINGI



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə37/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#160196
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68
Respublikasi oliy va-www.hozir.org

MАVZU. KORXONALARDAGI INNOVATSIYАLAR MARKETINGI

  1. Innovatsion marketingning turlari.


  • Strategik innovatsion marketing. 12.3.Operativ innovatsion marketing. 12.4.Innovatsion marketingning turlari


    Tayanch iboralar: innovatsion marketing, strategik innovatsion marketing, bozorni tadqiqot qilish tizimi, bozor sig’imi, bozorning geometriyasi, innovatsiyalarning iste’molchilari, operativ innovatsion marketing, poziyatsiyalashtirish (joylashtirish), innovatsiyalarning diffuziyasi, matematik modellashtirish, marketing tadqiqotlari, marketing samaradorligi.
            1. Innovatsion marketingning turlari

    Innovatsiyalar marketingi kontseptsiyasi butun marketing xizmati, bozorni tadqiqot qilish va korxonaning raqobat strategiyasini qidirib topishning asosiy ishi bo’ladi. Innovatsiyalarni qidirib topishning boshlang’ich bosqichida marketing bo’linmalarining birinchi darajali vazifasini bajarish:


    1. Talab va raqobatning darajasi;


    2. Xaridorning xulqi va uning afzalliklarining dinmikasi;


    3. Raqobatlashuvchi mahsulotlarning mavjudligi va yangilik bozorida raqobatlashib qolish imkoniyatini o’rganishdan iboratdir.


    Marketing strategiyasi, bozorning tahlili va operativ marketing quyidagi 6 printsipli bosqichlardan iborat bo’ladi.


    • umumiqtisodiy tahlil;


    -iqtiisodiy holatning tahlili;


    -bozorni maxsus tadqiqot qilish;

    • yangilikni kirib borishi strategiyasini ishlab chiqish;


    • marketingning operativ tadbirlari;


    • marketingga xarajatlar va undan daromadlarni baholash.


    Marketing kontseptsiyasidan shu narsa kelib chiqadiki, innovatsion marketing zamonaviy tushunishda biznesning strategiyasi, falsafasi, boshqaruv tadbirlari va vazifalari va metodologik asosining yagonaligidan iboratdir.



    O’tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlar uchun innovatsion marketing asosida yangilikdir. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda firmani rivojlanishining marketingi kontseptsiyasi o’n yilliklar davomida faxriy o’rinni egallaydi, bunda ta’kidlash kerakki, innovatsion marketingni ilmiy fan sifatida fujudga kelishi faqat keyingi o’n yilliklarga to’g’ri keladi.

    Innovatsion marketing tushuncha sifatida innovatsion marketingdan kengroq, u o’z ichiga tashkilotning vazifasi, tafakkurning falsafasi ilmiy-tadqiqotlar sohasi, boshqaruv uslubi va xulqni oladi. Bu cheklangan, majbur qilingan novatorlik emas, munosabatlarning alohida turi va hattoki to’liq qabul qilinishidir.
    Innovatsion marketing sotsial yo’naltirishga, izdoshlarga ega. Strategik va operativ tashkil qiluvchilar uning eng muhim turlari bo’ladilar.

            1. Strategik innovatsion marketing

    Strategik marketing tadqiqotlarini asosiga bozor holatini keyinchalirk bozor segmentlarini ishlab chiqish, talabni tashkil qilish va shakllantirish, xaridoni modellashtirish bilan tahlil qilish qo’yiladi.


    Tadbirkorlik firmasi boshidan bozorni egallash segmentlashtirishni kengaytirish va chuqurlashtirish o’zining iste’molchilarni yaratishga qaratilishi kerak. Bozorlar va tashqi muhit omillarini tahlil qilishdan tashqari zamonaviy marketing nafaqat bugungi kunning iste’molchilarini o’rganadi, balki kelajakda ehtimol bo’lganlarini ham shakllantiradi.
    Strategik marketing korxonaning marketing va sotsiologiya xizmatlari xodimlarining iste’molchilarning yaqindan aloqasiga kritilgan (anketalar to’ldiri, telefon bo’yicha so’rov, reprezentiv tanlov olishlar va h.k.).
    Ko’pgina kichik va o’rta firmalar o’zlarining marketing xizmatlariga ega bo’lishga imkoniyatlari yo’qligi sababli mutaxassislar maslahatlari, ko’rgazmalariga borish, kataloglarni o’rganish, xaridorlar bilan bevosita aloqani kengroq qo’llashlari kerak. Ishlab chiqaruvchi va xaridor o’rtasidagi doimiy teskari aloqaga asoslangan marketingning majmuaviy turi («Marketing mira») xatarni pasaytirishning eng muvaffaqiyatli yo’li bo’lishi mumkin. Tadbirkor xaridorlarni uning muhiti, xulqi, istaklari, anglab yetolmagan butun turli tumanligiga ko’rinishi kerak.
    Nafaqat mahsulotning turli tuman navlarini ishlab chiqarish, balki bir vaqtda harakatlarni yangilarini o’rnini almashtiruvchi va siqib chiqaruvchi modifikatsiyalarni tezroq ilgari surish mAqsadida o’z mahsulotini muddatidan oldin mahalliy eskirishi taktikasini yaratishga jamlanishi kerak.
    Yangilikka talabga munosabatga ega makroiqtisodiy omillar, shu jumladan aholi, uni o’sish sur’atlari, aholi jon boshiga daromad va iste’mol, iste’mol narxlarining indeksi,
    «iste’mol savatchasi», inflyatsiya sur’atlari umumiqtisodiy tahlilga imkon beradilar. Bundan tashqari bunga yuridik va institutsional sharoitlarni o’rganish, hamda bunday mahsulotning import iva eksporti, kvotalashtirish, standartlar bo’yicha cheklashlar, majburiyatlar, soliqlar va subsidiyalar bilan bog’liq qonunchilik amaliyoti ham kiradi. Bunga bunday mahsulotni milliy ishlab chiqarishning mavjud darajasi, importning mavjudligi va imkoniyati, eksportning mavjud darajasi importning o’rnini bosuvchi mahsulotni ishlab chiqarish va to’ldiruvchi yangiliklar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish zarur.
    Iqtisodiy holatning tahlili, hammadan avval, umumholatli tendentsiyalar va holatni tashkil qiluvchi omillar (XTO) ni tadqiqot qilish bilan bog’langan. Iqtisodiy holat bu qayta ishlab chiqarishning omillari va sharoitlarning bozorda namoyon bo’lishi va ularning tashqi va ichki muhit bilan o’zaro aloqasining shaklidir. SHundan kelib chiqqan holda, XTO holatini o’zgarishi dinamikasi, uning yo’nalishi va rivojlanishi sur’atlarini belgilab beruvchi, harakatga keltiruvchi kuchdir. Bu omillarga ham makrota’sirni bu ham ta’sirning aniq sohasini kiritish mumkin, masalan, muhim makroomillarga davraviy iqtisodiy jarayonlar, xususiylashtirish, soliqlar, byudjet, sotsial ta’minot, amortizatsion ajratmalar tizimi, texnika va texnologiyalar sohasidagi davlat siyo sati elementlari kiradi.
    Ularni bozor jarayonining har xil tomonlariga tegishli bo’lganlar (talab, taklif, narx omillari) ga, kelib chiqishi bo’yicha (iqtisodiy, siyosiy, sotsial, ilmiy-texnik va h.k.), ta’sir qilish yo’naltьirilganligining boshqarilishi, oldindan aytilgan bo’lishligi bo’yicha bo’ladilar.
    Holatni tashkil qiluvchi omillar uzoq vaqtli (o’n yilgacha) o’rta muddatli (uch- besh yil) va qisqa muddatli, hamda davraviy, davraviy bo’lmagan, mavsumiy bo’lishlari mumkin. Ayniqsa, tovar bozorining holatini ajaratish kerak. Masalan, makroiqtisodiy
    omillar ko’proq darajada mashinsozlik va qurilishdagi ishlab chiqarishga, mavsumiy omillar. Oziq-ovqatlar bozoriga va daromadlar darajasi iste’mol talabi tovarlar bozori va uy- joy qurilishiga ta’sir ko’rsatadilar.
    Bozor (idorali va maydonli)ni tadqiqot qilish bozorning mavjud sig’imini, uning firmali tuzilmasini, segmentlarga bo’linishini, foyda me’yori dinamikasi va yangilikka o’xshash mahsulotlarni sotilishi hajmini faol baholashga asomlangan.
    Marketing strategiyasi uchinchi bosqichining asosiy jihati yangilikka iste’molchining javobini batafsil o’rganishga asoslangan yangi tovarga talabni tadqiqot qilish va bashoratlashdlan iboratdir.
    Innovatsion marketingning qoidalariga muvofiq yangi tovarni qabul qilish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:

    1. Birlamchi xabardorlik. Iste’molchi innovatsiya haqida xabar topadi, yetarlicha axborotga ega emas.


    2. Tovarni tanish. Iste’molchi ba’zi bir axborotga ega, yangilikka qiziqadi: yangilik haqida qo’shimcha axborotlar (reklama, prospektlar, ma’lumotnomalarni qidirishi mumkin).


    3. Yangi tovarni identifikatsiyalash. Iste’molchi yangilikni sinovdan o’tkazishi haqida qaror qabul qiladi. Iste’molchi yangilikni o’zining ehtiyojlari bilan tanishtiradi.


    4. Yangilikdan foydalanish imkoniyatlarini baholash.


    5. Iste’molchi innovatsiya va xarid qilish ehtimoli haqidagi ma’lumotlarni olish maqsadida yangilikni sinfodan o’tkazadi.


    6. Test natijalari bo’yicha yangilikni xarid qilish yoki yaratishga investitsiya kiritish haqida qaror qabul qilish.




    Innovatsiyalar




    Bozor



    Raqiblar (mavjud bo’lganlar va yangilar)









    Savdo agentlari marketingi


    Iste’molchilar yoki yakuniy foydalanuvchilar guruhlari

    12.1-rasm. Bozorni tadqiqot qilish tizimi18.

    Yangi tovarni qabul qilish bosqichlaridan tashqari marketologlariga iste’molchilarni ularni yangiliklarga moyilliklari darajasi bqyicha tasniflash zarur. Maslan, kqpgina iste’molchilarga innovatsiyalarni qabul qilishda qandaydir psixologik tqsiq vujudga keladi, ammo samarali reklama va marketing tadbirlaridan keyin innovatsiyani qabul qilgan va qabul qlmaganlar qrtasidagi nisbat qzgaradi, birinchilarining soni qat’iy oshib boradi. Keyin e’tibor va tovarni iste’molchilar tomonidan qabul qilinishini taqsimlanishi 2-rasmda kqrsatilgan tegishli egri chiziq kqrinishini oladi.


    Rasmdan kqrinishicha iste’molchilarning 80%idan kqprog’i ertami yoki kechmi, barii bir yangilikni qabul qiladi. Va iste’molchilarning har xil kategoriyalarda uni qabul qilish vaqti har xil bqlsa ham eng kqp sonli guruhni dastlabki kqpchilik (34%) va kechga qolgan kqpchilik (34%) tashkil qiladi.
    12.2-rasm. Iste’molchilar kategoriyalarining innovatsiyalarning qabul qilinish vaqti bo’yicha egri taqsimlanishi19

    Amalda innovatsiyalarni qabul qilmaydigan iste’molchilar soni 16 %dan kamroq


    «novatorlar» kategoriyalarni kam sonliligi jamiyatning faqat cheklangan qismiga tovar yangiligiga yuqori ta’sirchanlik va moyillikni kqrsatadi. +olganlarning innovatsion moyilligini qimmatbaho marketing ishlanmalarini faollashtirish yqli bilan oshirish mumkin.
    Yangilik iste’molchilarning alohida kategoriyalari uchun ba’zi bir ta’riflar va izohlar 12.1-jadvalda berilgan.

    12.1-jadval Innovatsiyalar iste’molchilari kategoriyalari ularni yangi tovarga moyilliklari bo’yicha


    tasnif va ta’riflar

    Iste’molchilar kategoriyasi


    Ulush

    Ta’rif

    Novatorlar


    2,5

    Xatarga, yangilikni sinovdan qtkazadilar, bunda tavakkalchilikka yql qqyadilar

    Dastlabki izdoshlar


    1,5

    Qz muhitidagi fikrlarning yetakchilari, yangilikni ehtiyotkorlik bilan bqlsa ham erta qabul qiladilar

    Dastlabki kqpchilik


    34,0

    Ehtiyotkor iste’molchilar, yangilikni
    qrtachadan oldin qabul qiladilar, ammo kamdan kam yetakchi bqladilar


    Kechikkan ko’pchilik


    34,0

    Ishonchsizlik kayfiyatiga egalar, yangilikni iste’molchilarning kqpchiligi uni sinovdan qtkazganlaridan keyin qabul qiladilar

    Qoloqlar


    16,0

    An’analarga sodiq iste’molchilar.Yo yangilikni umuman qabul qilmaydilar, yoki u an’anaviy bqlgandan keyin (yangilik bqlmay qolgandagina) qabul qiladilar

    Ta’kidlash kerakki, innovatsiyaning xarakteri uni qabul qilinishi sur’atlariga to’g’ridan to’g’ri bog’liq. Innovatsiyaning ba’zi bir turlari aynan bir kunda ommaviy bo’lib ketadi, boshqachasiga buning uchun uzoq vaqt talab qilinadi. Innovatsiyani qabul qilinishi sur’atlariga beshta ta’rif ta’sir ko’rsatadi:


    • usullarning vorisligi va birga bo’la olishligi, yangi qabul qilingan iste’mol boyligi va innovatsiya iste’molchilarining tajribasiga mos kelishi darajasi. Masalan, buxgalteriya hisobi, hisoblash texnikasini innovatsion qo’llash uchun dasturiy mahsulotlarning muvaffaqiyati tizimni iste’molchilarning psixologiyasi va odatlariga, turg’un ishchi tartib va psixologik stressni kamaytirish imkoniyatiga moslashishga bog’liq;


    • Murakkablik, ya’ni uning mohiyati va tatbiq etish tamoyillari, hamda foydalanishdan foydani tushunishning nisbatan yoiyinligi;


    • innovatsiyani tatbiq etish jarayonini bo’linuvchanligi, ya’ni yangilikni bosqichma bosqich kiritish va natijani asta sekin baholash imkonityai.


    • kommunikatsiyaon ko’rgazmalilik, ya’ni iinovatsiyani qo’llashdan foydalilik va foydani tushunarli bayon qilish imkoniyati.


    Bu jihatdan quyidagini ta’kidlash kerakki, foydaliligini miqdoran (moddiy) baholash mumkin bo’lgan innovatsiyalar ko’pincha umuman ishlab chiqarish tizimini faolitya yuritishini sifatli yaxshilashga qaratilgan innovatsiyaga nisbatan amalda keyingilarning ob’ektiv va sub’ekti foydaliligi g’oyatda kattaroq vositali samarag olib kelishi mumkin bo’lsa ham, birinchi qarashda o’ziga jalb qiladigan ko’rinadi.


    Innovatsiyalarni bozorga tatbiq etish uchun zarur umumiy xususiyatlaridan tashqari iste’molchi uchun sifatning aniq ko’rsatkichlari: konstruktorlik ta’riflari, dizayn iste’molchilik xususiyatlari, foydalanish imkoniyatlari, qulaylik va albatta, narx katta ahamiyatga ega.
    Yangi tovarga talabning bashorati bozor ishtirokchilari va ularning faoliyati o’rtasidagi o’zaro aloqalari tizimli tadqiqot qilishga asoslangan. Bozor ishtirokchilari: xaridorlar, sotuvchilar, savdo agentlari, vositachilar, brokerlar, imijmeykerlar, reklama agentliklari marketing tizimining elementlari bo’ladi. Yangilikni ishlab chiqaruvchilar va uning yakuniy iste’molchilari o’rtasida vazifaviy o’zaro aloqani o’rnatish bozorni tadqiqot qilishning muhim elementi bo’ladi20.
    Ammo tizimli tahlilda raqobat shakllari, usullari va darajasini, ehtimoli bo’lgan raqiblarning xulqini tahlil qilish markaziy rol o’ynaydi. Bozorning barcha ishtirokchilari hulqini bashorat qilish va raqiblar harakatlarini baholash yangi tovorni oldinga harakatlantirish va unga talabni shakllantirishda hal qiluvchi bo’ladi . Demak , yangilikni bozorga kirib borishi strastegiyasini ishlab chiqish tovorning yangiligi darajasi, bozordagi raqobatning turi va novator firma raqobat afzalliklarining darajasiga bog’liqdir.
    Ishlab chiqarilayotgan tovarning tubdan yangiligi, uni tayyorlash texnologiyasi yangilik yashash davrining boshlang’ich bosqichlarida firmaning yakka hokimligi haqida gapirishga imkon beradi. Tubdan yangi mahsulotga talabni shakllanishi ikkita hal etuvchi jihatlari bilan bog’liq: bir tomondan yangilikka talabni yo’qligi, yangilik ishlab chiqaruvchining innovatsion yakka hokimligi. Bu holda innovatsion yakka hokimlik va foydani kattalashtirish sharoitlarida talabni shakllantiruvchi tadbirlar tizimidan tashkil topgan kreativ xarakterga ega bo’ladi.
    Bu jarayonlar raqiblarni faoliyatlari, raqobat kurashini keng yoyadi, o’rnini bosuvchi tovarlar, modifikatsiyalanganlar, takomillashganlarni va imitatsiya qilinganlarni yaratilishi
    20 Borut Likar, co-editors Peter Fatur, Urshka Mrgole ; translation Arslingue K.Jontar, TEFL, TBE. - 1st. ed. - El. knjiga. - Ljubljana INNOVATION management [Elektronski vir] page 163
    ehtimol bo’lgan natija bo’ladi. Yangi tovardan yuqori foyda sarmoyani ishga qo’llashning yangi sohalarini qidirib topishni rag’batlantiradi, sarmoyani foydaliroq sohalarga oqib kelishi sodir bo’ladi, u monopoliyalar va raqobatlashuvchi guruhlarning ortiqcha sarmoyalarni, hamda kichik va o’rta sarmoyalarni harakatlanishi bilan birga bo’ladi.
    Raqobat tashqi muhitning yetakchi ko’rsatkichlaridan birgadir. Menejerning birinchi darajasi vasifasi o’zining firmasi va raqib firmalarining raqobatbardoshligini solishtirma tahlilidir. Pirovardida raqobat kurashining muvaffaqiyatini korxonaning ichki muvaffaqiyatlari va ularning tashqi omillar bilan o’zaro aloqalari belgilab beradilar.
    Korxona raqobat o’rinlari tahlilining natijalari har xil usullar bilan tekshirilishi mumkin; ham miqdoriy va ham sifatiy ko’rsakichlar (masalan, bozorda egallagan joy)ni taqqoslash asosida.
    Faoliyatning afzalliklari va kamchiliklarini baholash firmaning bundan keyingi strategiyasini ishlab chiqish va bozor holatini bashoratlash uchun asos bo’ladi.
    Bundan tashqari, tahlil natijalari menejerlarning o’z firmasining kamchiliklarini bartaraf etish va raqibni neytrallashtirishga qaratilgan operativ ishning asosi bo’ladi. Korxona raqobatbyuardoshligini baholash firmani bundan keyingi rivojlanishining zaifligini hisobga olish bilan bashoratlashga imkon beradi.

            1. Operativ innovatsion marketing

    Iqtisodiy rivojlanishning innovatsion turi hammadan avval determinatsiyalanganlikni keskin pasayishi va umuman tizimi murakkablashishini bildiradi. Tashqi muhitning o’zining sotsial va siyosiy janjallari va iztiroblari, axborotli va texnologik o’zgarishlari bilan yuqori faolligida iqtisodiy tizim va uning tuzilma tashkil qiluvchi xulqi borgan sari ehtimolli va oldindan aytib bo’lmaydigan xarakterga ega. Bunday sifatlarda korxonalarni yashab qolishi rahbarlarning qobiliyati, ularni kutilmagan vaziyatlarda to’g’ri yo’lni tanlay bilishlar, xatarni ko’ra olishlariga to’g’ridan to’g’ri bog’liq. Novatorlik firmasi rivojlanishining mantiiqi og’irlik markazini operativ taktik rejalashtirish va boshqarishdan strategik darajaga, boshqaruvning yangi turini shakllantirish darajasi- innovatsion marketingga ko’chishiga olib keladi. Unda an’anaviy tamoyillarning har xil fragmentlari saqlanib qolinadi, ammo ulardan vaziyatli tahliliga nisbatan qo’llanishida foydalaniladi. Bu yangiliklar, sarmoyalar manbalari va yangi bozorlarni uzluksiz qidirish sharoitlarida firma qobiliyatini muvofiqlashtirishga imkon beradi.


    Innovatsion marketingda samarali rahbarlikning usullari, yondoshishlari va yo’llari vaziyatga muvofiq o’zgaradi. Innovatsiyalar yashash davrining har bir bosqichida marketingning har xil usullari va yondoshishlari, har xil stratgeiyasi va taktikasi talab qilinadi.
    Yangi tovarni sotish kanallarini pozitsiyalashtirish (joylashishi)ni shakllantirishni o’z ichiga oluvchi yangilikni bozorga kirib borishi strategiyasi va taktikasi marketing tadbirlarining muhim yo’nalishi bo’ladi. Joylashtirish-yangilikni bozorda mavjud bo’lgan tovarlar qatoridagi joyini belgilash tizimini bildiradi.
    Joylashtirishdan maqsad –yangilikni bozordagi o’rnini mustahkamlashdir.
    Yangi tovarni joylashtirish hammadan avval yangilik va mavjud bo’lgan tovarlar o’rtasidagi Raqobatni bildiradi.
    Innovatsiyani joylashtirish – bu uning mavjud bo’lganlar qatoridagi o’rinni belgilashdan iboratdir. Masalan, marketing nuqtai nazaridan innovatsiya ostida analoglariga ega bo’lmagan sifatan yangi tovarni, ushbu firma yoki ushbu bozor uchun yangi va mamlakat va xorij amaliyotida analogiga ega imitatsiya qilingan tovarni va qo’llashning yangi sohasiga ega tovarni tushunish mumkin. Tubdan yangi tovar bozor
    yangiligi bo’lgan tovardan, modifikatsiyalangan tovardan, alplikant tovar, substitut tovardan farqlanadi, ya’ni har qanday innovatsiyaning belgilanishi bo’yicha to’ldiruvchi, o’rinni almashtiruvchi va siqib chiqaruvchi yangilik kiritishlardan farqlay olish kerak. Bu jihat innovatsiyani ishlab chiqarish bosqichida alohida rolь o’ynamaydi, ammo yangilik kiritishni bozorga kirishida hal qiluvchi ahamiyatni kasb etadi. Innovatsiyaning muvaffaqiyati va marketingning strategiyasi ana shunga bog’liqdir.
    Joylashtirish marketing faoliyatining har xil: sotish, reklama, tovar, narx, servis va h.k. yo’nalishlariga ta’sir ko’rsatadi. Innovatsion marketing kontseptsiyasi nafaqat Yangi xaridorlarni qo’lga kiritishni , balki firmaning Raqobat afzalliklaridan muvofiq foydalanish, korxona faoliyati sohalarini keng yoyish va kengaytirish va Yangi sohalar va Yangi bozorlarni bosib olish hisobiga ta’sir ko’rsatish sohasini ko’paytirishni ko’zda tutadi.
    Innovatsion marketing uchun marketingning barcha tadbirlari, ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlarning navlari, o’zaro bir birlarini to’ldiradigan va o’zaro bog’liq bo’lishini bildiruvchi sinergizm tamoyili muhim bo’ladi.
    Marketing tizimining yakunlovchi bosqichi-operativ marketing, bu bosqichda strategik innovatsion marketing kontseptsiyalarini amalga oshirishning yaniq shakllari ishlab chiqiladi. Operativ marketing bozordagi yangilik yashash davrlarining bosqichlari bilan mahkam bog’langan. Yangilik yashash davrining boshlang’ich nuqtasini belgilash ayniqsa muhim.
    Innovatsiyalarni bozorda mavjud bo’lishi yashash davrining birinchi bosqichida innovatsiyaga e’tiborni jamlash va diffuziyalash uchun axsus tadbirlar zarur. Masalan, sotishlarning adekvat kanallarini shakllantirish, mavjud bo’lgan eskilarni modifikatsiyalash va moslashtirish zarur. Bu yerda marketingning samaradorligi bir qator omillar: innovatsion reklamaning faolligi, innovatsiyani bozorga chiqishining muvofiq vaqti, innovatsiyaning mavjud bo’lgan tovarlar mavzusidagi xulqining variantini tanlash, ehtimol bo’lgan raqiblar xulqini bashoratlash, hamda bozorning tuzilishi yangi tovarga qanchalik mos kelishiga bog’li-. Bu sharoitlarda marketing nafaqat yangilikni bozorda joylashishini, balki texnologik bozorga joylashishini ta’minlashi, yangilik va boshqa tovarlar avlodlari o’rtasidagi vazifasivy raqobatni yengib o’tishi shart.
    O’sish bosqichida arketing yondoshishlari o’zgaradi. Innovatsion marketing kreativ xarakterini o’zgartiradi va rag’batiruvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Reklamaning xarakteri o’zgaradi, u tashabbuskor, ushbu firma va ushbu tovarning yutuqlariga e’tiborni jamlovchi bo’ladi. Sotish kanallarining yangi tovar ostida modifikatsiyalangan tarmog’idan foydalaniladi. Ishlab chiqaruvchi firmaning raqobai afzalliklari bu yerda yetakchi rolь o’ynaydi.
    Tovarlarning balog’atligi bosqichida bozorning boshqa ishtirokchilari bilan to’g’ridan to’g’ri raqobat qilishdan qochib bo’lmaydli, va buning natijasida raqobat strategiyasini o’zgarishi mumkin. B uerda xarajatlardagi yetakchilik strategiyasining roli o’sadi, yangilikning narxi esa papssayadi. Xuddi shu bosqichda novator -korxona yangi molifikatsiya yoki tubdan yangi mahsulotni bozorga chiqarishga tayyorlaydi.
    Ushbu bosqichda innovatsion marketing ikkita maqsadni ko’zlaydi: pishib yetilgan tovarni sotishlar hajmini operativ qo’llab-quvvatlash va uni o’rniga keladigan yangini ilgari harakatlantirish strategiyasini yaratishni.
    Bu stratgeiya talabga qaratilganligi bilan ta’riflanadi. Firma xuddi qaysi ehtiyojlarni qanoatlantirishi kerakligini belgilash asosiy jihat bo’ladi.
    Yangi tovarlarni bozorga kirib borishi, yoki yangilik kiritishlarning «diffuziya»si marketingning zamonaviy tizimlari va tovarni ilgariga qarab harakatlantirish kanallarini shakllantirish bilan ta’minlanadi.
    Sotish bozori uchun kurash siyosatini takomillashtirish raqobatbardoshlikni oshirishning har xil shakllaridan foydalanishdan iboratdir. Tovarning xarakteri va uning yashash davri bosqichlariga ko’ra raqobatning shakllari va usullari (narxli va narxsiz), reklama usullari va tovarni ilgariga qarab harakatlantirishda farqlar kuzatiladi. Masalan, monopolist raqobatda yangi tovarni bozorga chiqishi bosqichida menejer narx siyosati imkoniyatlaridan ko’proq foydalanishi kerak. Agar korxona oldin noma’lum bo’lgan tovaroni ishlab chiqarayotgan yoki yangi bozorga yorib kirishni amalga oshirayotgan bo’lsa, unda narxni hatto kompaniyaning zarariga ham pasaytirishi va ushbu bosqichdagi zararni boshqa tovarlar hisobiga qoplashi kerak.
    Yapon kompaniyalaridagi innovatsion menejment bozorga yorib kirishda, qoidaga ko’ra narxni keskin pasaytirishni amalda qo’llaydi. Keyin bir vaqtda foydani oshirish va xaridorlar doirasini kengaytirish maqsadida narxlar bilan monevr qilishga o’tadi. Bunda sotishlarning hajmi katta o’zgarishlarni boshdan kechirishi mumkin. Marketing bo’yicha menejerning mohirligi shundan iboratki, komaniyaning foydasi ham bitta tovarni sotishlar hajmini ko’payishi va ham ushbu tovarning o’zining modifikatsiyalari va modellarini paydo bo’lishi hisobiga oshsin.
    Qoidaga ko’ra, zamonaviy iste’molchining turli tuman selektiv (tanlab olinadigan) talabini qanoatlantirish uchun tovar yirik partiyalarda ishlab chiqarilmaydi va raqobatning narxli shakllar imkoniyatlari g’oyatda cheklangan. Bittagina kompaniya, masalan IBM ning bir turli tovarlarini bozorga bir vaqtda chiqarishda raqobatning narxli omillariga suyanadilar. Narxlarning dinamikasi nafaqat tovarning yangiligiga, balki navli siyosat va ushbu mahsulot o’tadigan modifikatsiyalar va avlodlar soniga ham mahkam bog’langan.
    Innovatsiyalar marketingini boshqarish nafaqat sotishlarni kengaytirish, balki yetkazib berishlar va sotishdan keyingi xizmatlarni ta’minlashdan ham iboratdir. Ko’pincha bozordagi muvaffaqiyat xuddi mahsulotning foydalanish sifatlari va unga sotishdan keyingi xizmat ko’rsatishni tashkil qilishga bog’liq. Texnologik rivojlanishni notekisligi, turkumlashtirilmagan bozor va mamlakatdagi inflyatsiya shunga olib keladiki, narxlarning raqobati xuddi shunday mahsulotga narxlarni o’sishining har xil darajasida o’z aksini topadi. Bu bozor potologiyasini taraqqiyo etishi uchung keng imkoniyatlarni yaratadi.
    Yangi tovarlarni sotishlar va bozorni qo’lga kiritishni boshqarish uchun matematik modellashtirish, noaniqlikni hisobga olishbilan rejalashtirish, vaziyatli tahlilni qo’llash maqsadga muvofiqdir. Ekspertli baholash, apriorli ranjirovkalash usullari, Delьfi usuli eng keng qo’llanadiganlardan bo’ladilar. Bunda har xil omillarni balli baholash va o’rinli salmoq katta rolь o’ynaydilar.
    Har xil omillar ahamiyatini ekspertli baholash alohida aniq tovar uchun bozordagi vaziyatni balli tizim yordamida baholash va vaziyatni tahlil qilishga imkon beradi.
    Operativ marketing bundan keyin ham rivojlanadi, variantli tahlilga asoslanadi, bozhor muhiti, talab, raqiblar, mijozlar haqidagi muntazam axborotlarni yig’ish bilan shug’ullanadi, sotishlar sohasidagi maqsadlarni belgilaydi. Bular sotishlar hajmini ko’paytirish, bozor ulushini kengaytirish maqsadida qilinadi.
    Marketing xizmatlari sotishlar tarmog’ini shakllantirish, reklama kompaniyasi, ko’rgazmalar, sinovli, imtiyozli va to’g’ridan to’g’ri sotishlarni tashkil qilish, sevisli va kafolatli xizmat ko’rsatishni yaratish bilan shug’ullanadi.

    Marketing xizmatlari marketing xarajatlari va daromadlarini baholashga alohida e’tiborni qaratadi. Xarajatlarni baholash uchun ishlab chiqarish va sotishlarning doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarini tahlil qilish, daromadlar bo’yicha narxning o’zgaruvchanligini belgilash, raqiblarning narx siyosatini o’rganish zarur. Mahsulotni bozor tomon harakatlantirish (reklama, jamoatchilik bilan aloqa, sotishni rag’batlantirish va h.k.) xarajatlari, hamda sotishdan keyingi va servis xizmatini ko’rsatishning qiymati baholanadi. Marketingdan daromadlarni baholash quvvatlarni muvofiq yuklanishi maqsadga muvofiq ishlab chiqarish dasturlari va sotishlar hajmini talab, mahsulotning ta’riflari va turlari o’zgarishiga ko’ra bashoratlashni hisobga olinishiga ega muqobil yondoshishlarni hisobga olish bilan o’tkazilishi kerak.


    Nazorat uchun savollar
    1. Innovatsion marketingning mazmuni va kontseptsiyasini nima tashkil qiladi?


    2. Strategik innovatsion marketingning vazifalari qanday?


    3. Holatni umumiy iqtisodiy tahlili tadbirlarini ta’riflang.


    4. Bozorni tadqiqot qilish bosqichldarini aytib bering.


    5. Yangi tovarga talabni bashoratlash jarayonini ta’riflang.


    6. Yangi tovarni qabul qilish jarayonini bayon qiling.


    7. Innovatsiyalar iste’molchilarining ta’rifini bering.


    8. Innovatsiyalarning qanday xususiyatlari yangiliklarni qabul qilishga ta’sir ko’rsatadi?


    9. Raqobatning tahlili nimadan iborat ekanligini aytib bering.


    10. Innovatsion yakka hukmronligi nima va uning daromadlarni kattalashtirishdagi roli qanday?


    11. Nima uchun yangiliklarni tatbiq etish va tijoratlashtirishning bozor mexanizmlari takomillashmagan?


    12. Operativ innovatsion marketingning mohiyati nimada?


    13. Vaziyatli tahlilning innovatsion marketingdagi roli qanday?


    14. Operativ innovatsion marketingning bosqichlarini aytib bering.


    15. Innovatsiyalarni joylashtirish jarayonini ta’riflab bering.


    16. Innovatsion marketingda sinergizm tamoyilini qanday qo’llash mumkin?


    17. Marketing tadbirlarini amalga oshirish shakllari yashash davri bosqichlariga ko’ra qanday o’zgaradi?


    18. Tovarlar raqobatbardoshligini oshirishning qanday shakllarini bilasiz:


    19. Kompaniyalar yangi mahsulotni bozorga chiqarishda qanday taktikani qo’llaydilar?


    20. Sotishdan keyingi xizmatlar marketingning samaradorligini oshirishda qanday rolni o’ynaydilar?


    21. Yangi tovarni sotishni boshqarish usullarini aytib bering?


    22. Marketingli vaziyatlarga ekspert bahosini bering.


    23. Operativ marketing va marketing xizmatlarining vazifasini aytib bering.


    24. Marketingdan xarajatldar va daromadlarni baholash qanday o’tkaziladi?


            1. MАVZU. INNOVATSION FAOLIYaTNI MOLIYaLASHTIRISH



    13.1. Innovatsiyalarni moliliyalashtirishning manbalari va shakllari. 13.2.Xorijda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish usullari. 13.3.Innovatsion faoliyatni loyihani moliyalashtirish.


    Yüklə 0,79 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin