Keys bilan ishlash natijalari yozma shaklda ilova etiladi Keys - stadi uchun yozma ish talablari:
Ish A4 standartdagi varaqning bir tomonida (2-varaqdan oshmagan holda) tezis shaklida yozilishi kerak.
Yozma ishni jihozlash tartibi:
birinchi betda, o`ng tomonda o`quvchi ismi, sharifi va guruhini yozishi kerak;
varaqning markazida keysning mavzusi yoziladi, keyin esa keys bilan ishlash natijalari tezis shaklida yoziladi.
Keysda vaziyat tavsifi va axborot ta'minoti har xil hajmda bo`lishi (bir varaqdan bir necha yuz varaqqacha), tahlil etish uchun taklif etilayotgan vaziyatlar tavsifida detallashtirish darajasi ham turlicha bo`lishi, axborot ko`pligi darajasi ham o`zgarishi mumkin bo`lgan - tahlilga aloqasi bo`lmagan ma'lumotlar ham bo`lishi mumkin. Amaliy vaziyatni tahlil qilish vaqtida:
-taklif etilayotgan axborotlarni ko`rib chiqishda adashmang, ular orasida eng zarurini belgilang;
-vaziyatni tor istiqbolda ko`rib chiqmang: muammo birdaniga kichiklashib yoki umuman g`oyib bo`lishi mumkin;
-harakatlar rejasini vaziyatning tahlili tugallangan va muammo aniqlangandan so`ng shakllantiring.
Keys bilan ishlash jarayonini baholash mezonlari va ko`rsatkichlari (mustaqil auditoriyada va auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun) Auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko`rsatkichlari
O`quvchilar ro`yxati
Asosiy muammo ajratib olinib, tadqiqot obyekti aniqlangan mak. 6 b.
Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari aniq ko`rsatilgan mak. 4 b.
Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari
aniq ko`rsatilgan mak. 10 b.