O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi milliy g’oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o’qitish texnologiyalar va loyhalashtirish



Yüklə 3,15 Mb.
səhifə70/73
tarix20.11.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#164455
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
3--Укув материаллар (маъруза матни)

Ta’limning texnik vositalari – o`quv materialini ko`rgazmali namoyish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi; talabalarga o`quv materialini tushunishlariga va yaxshi eslab qolishlariga imkon beradi (diaproyektor, grafoproyektor, doska-bloknot, doska-stend, flipchart).
Tarqatma materiallar – ta’lim oluvchilar uchun o`rganilayotgan mavzuga oid asosiy ma’lumotlarni o`z ichiga olgan, hajmi uncha katta bo`lmagan (1-2 varaq) yozma o`quv materiali hisoblanadi. Mazkur materiallar mashg`ulotni qiziqarli qilish imkonini berib, ko`p hollarda ta’lim oluvchilar uchun mustaqil ravishda o`qib chiqib, muhokama qilish uchun mo`ljallangan bo`ladi.
Tasvirli vositalar- o`quv materialini ko`rgazmali namoyish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi; talabalarga o`quv materialini tushunishlariga va yaxshi eslab qolishlariga imkon beradi (vedioproyektor, vediofilmlar, rasmlar, haykallar, portret).
Texnologik xaritaning tuzilishi va mazmunli ko`rsatkichlari - O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi uch qatorni o`z ichiga olib, 1-1, 5-2 varaqda jadval ko`rinishida bajariladi: (1) o`quv mashg`uloti bosqichlari va vaqti; (2) ta’lim beruvchi faoliyati; (3) ta’lim oluvchi faoliyati.
Texnologiya – ensiklopedik lug`atda bu «biror bir material, yarimfabrikat, yoki xomashyoni qayta ishlash, tayyorlash, uning holatini o`zgartirish, xususiyatlarini boshqacha qilishga yo`nalitirilgan metodlar majmuasidir»
Texnologiya — biror ishda, mahoratda, san’atda qo`llaniladigan usullar, yo`llar yigindisi. (Izoxli lugat).
Yordamchi (jihoz) vositalar- grafoproyektor, doska-bloknot, doska-stend, flipchart, va boshqalar).
Yordamchi ta’lim vositalari – grafiklar, chizmalar, na’munalar va boshqalar ( model-mulyajlar, deagrammalar, sxema, xaritalar va boshqalar).


Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o’qitish texnologiyalar va loyhalashtirish fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish bo`yicha uslubiy ko`rsatma
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o’qitish texnologiyalar va loyhalashtirish bo`yicha talabalarning mustaqil ishini tashkil etishda mazkur fanning xususiyatlari va talabalarning bo`lg`usi pedagogik va metodik tayyorgarligini amalga oshirishda tutgan o`rnini hisobga olgan holda mustaqil ishning quyidagi shakllaridan foydalaniladi:
Umumiy o`rta ta'lim maktablari va o`rta maxsus ta'lim muassasalarida fanni o`qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish yuzasidan ilg`or tajribalar, va metodik qo`llanmalarni o`rganish va tahlil etish;
Institut portali va xorijiy metodik adabiyotlar materiallari asosida muayyan nazariy masalalarni mustaqil o`rganish va ma’ruza tayyorlash;
Fandan yaratilgan elektron darsliklarni o`rganish va fan darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan o`zviy foydalanish bo`yicha dars ishlanmalarini loyihalash;
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o’qitish texnologiyalar va loyhalashtirishning dolzarb muammolariga bag`ishlangan anjumanlar uchun ma’ruza va taqdimot materiallarini tayyorlash;
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o’qitish texnologiyalar va loyhalashtirishning xususiy masalalarini metodik qo`llanmalar orqali o`rganish va ma’ruzalar tayyorlash;
Talaba fandan kafedrada tasdiqlangan mustaqil ta’lim mavzularidan l tasini tanlaydi Tanlangan mavzusi bo`yicha 5 ta vazifani bajaradi Bu vazifa mavzusi bo`yicha adabiyotlar ro`yxati va shu adabiyotlar asosida referat, maqola yozish, test tuzish, BMI (bitiruv malakaviy ishi) rejasi tuzishdan iborat.

V a z i f a 1 a r

1

2

3

4

5

Adabiyotlar
ro`yxati

Refarat yozish
(5 bet)

Maqola yozish
(2 bet)

Test to`zush
(10 ta)

Mavzu bo`yicha BMI rejasini tuzish

Eslatma: Mustaqil ta’lim mavzulari va oraliq nazorat topshiriqlari darsning 1-kunida talabalarga beriladi, bajarish muddati 2 oydan kam bo`lmagan holda o`tkazilish kuni aytiladi va guruh jurnaliga yoziladi. Mustaqil ta’lim mavzulari va oraliq nazorat topshiriqlari 1 ta daftarda jamlangan holda belgilangan kunda yozma va og`zaki shakllarda auditoriyada o`tkazilishi talabalarga e’lon qilinadi.
Mustaqil ishni baholash mezonlari: joriy va oraliq nazorat ishlariga ajratilgan ballardan o`quv fani soatiga ko`ra 2 balldan 10 balgacha olinadi.
1. Adabiyotlarni baholashda:
- talabaning tanlagan mavzusiga oid kerakli adabiyotlarni tanlay olishi (Prezident asarlari, qarorlar, dasturlar, nizomlar, monografiyalar, risolalar, darsliklar va o`quv qo`llanmalar, jurnallar, internet saytlari) va foydalana olishi malakasiga asosiy e’tibor beriladi.

  • Adabiyotlar 10 tadan ko’p bo`lsa va keltirilgan adabiyotlar mavzuga oid bo`lsa va adabiyotlar ro`yxatida Prezident asarlari, qarorlar, dasturlar, nizomlar, monografiyalar, risolalar, darsliklar va o`quv qo`llanmalar, jurnallar, internet saytlari berilgan bo`lsa hamda referat, maqola yozishda test tuzishda, bitiruv malakaviy ishi rejasini to`g`ri tuzishda foydalana olsa - 2ball;

  • Adabiyotlar 10 tadan ko’p bo`lsa va keltirilgan adabiyotlar mavzuga oid bo`lsa va adabiyotlar ro`yxatida monografyalar risolalar darsliklar va o`quv qo`llanmalar, jurnallar omaviy nashrlarda berilgan bo`lsa hamda referat, maqola yozishda test tuzishda, bitiruv malakaviy ish rejasini to`g`ri tuzishda foydalana olsa -1,6 ball;

  • Adabiyot ro`yxati to’liq bo`lsayu, lekin bitta manbadan foydalangan bo`lsa va shu asosida referat, maqola yozgan, test va bitiruv malakaviy ishi rejasini to`zgan bo`lsa -1,2 ball;

2.Referatni baholashda:

  • Referatda mavzu to’liq ochilgan, to’g`ri xulosa chiqarilgan ijodiy fikrlari bo`lsa – 2- ball;

  • Referat mavzusi mohiyati ochilgan. Faqat xulosasi bor -1.6- ball;

  • Mavzu mohiyati yoritilgan. Ammo iqtiboslar berilmagan, ayrim kamchiliklar bo`lsa - 1.4 ball;

  • Faqat mavzu mohiyati ochib berilgan bo`lsa - 1.2- ball;

3.Maqolani baholashda:

  • Mavzuda o`rganilayotgan ob’ekt chuqur tahlil qilinib, asos, gepoteza ilgari surilgan, muammo yyechimlari ko`rsatilgan bo`lsa - 2- ball;

  • Mavzu tahlil qilingan muommolarga oid taklif berilgan bo`lsa - 1.6 ball;

  • Mavzuda ilmiy faraz ilgari surilgan bo`lsa - 1.4 ball;

  • Mavzu targ`ibot shaklida ifodalangan bo`lsa - 1.2 ball.



4.Test savollarini baholashda:

  • Tuzilgan savollar mavzu mohiyatini to’liq ochib bergan, muhim qoidalar, g`oyalar, qonuniyatlar to'g`ri bayon qilingan bo`lsa - 2 ball;

  • Savollar to’g`ri tuzilgan, lekin ayrim kamchiliklar bo`lsa - 1.6 ball;

  • Tuzilgan savollar umumiy va g`alizliklar bo`lsa - 1.2 ball;

5. Bitiriv malakaviy ish (BMI) rejasini baholashda:





  • BMI rejalari o`rganilayotgan mavzuning o’zagiga, mohiyatiga chuqur kirishga, mavzuning dolzarbligini yoritishga, muammo yyechimiga qaratilagan bo`lsa - 2 ball;

  • BMI rejalari o`rganilayotgan mavzu bilan yaqindan tanishish, muayyan bilimga ega bo`lishga qaratilgan bo`lsa - 1.6 ball;

  • BMI rejalari o`rganilayotgan mavzuga munosabat bildirish asosida tuzilgan bo`lsa - 1.4 ball;

  • BMI rejalari referat shaklda bo`lsa - 1 ball.


Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin