O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi milliy g’oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o’qitish texnologiyalar va loyhalashtirish


Darsni interfaol metodlarda tashkil etishning qanday afzalliklari mavjud



Yüklə 3,15 Mb.
səhifə8/73
tarix20.11.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#164455
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73
3--Укув материаллар (маъруза матни)

Darsni interfaol metodlarda tashkil etishning qanday afzalliklari mavjud:

  • O`qitish mazmuni yaxshi o`zlashtirishga olib keladi;

  • O`z vaqtida o`quvchi-o`qituvchi-o`quvchilar orasida ta’limiy aloqalar o`rnatiladi;

  • O`qitsh usullari ta’lim jarayonida turli xil ko`rinishlarda kechadi. (yakka, juft, guruh,, katta guruhlar).

  • O`quv jarayoni o`quv ehtiyojini qondirish bilan yuqori motivatsiyaga ega bo`ladi.

• O`zaro axborot berish, olish, qayta ishlash orqali o`quv materiali yaxshi esda qoladi.
• O`quvchida o`zaro muloqotga kirishish, fikr bildirish, fikr almashinish ko`nikmalari shakllanadi.
• O`quv jarayonida - o`quvchining o`z-o`ziga baho berishi, tanqidiy qarashi rivojlanadi.
• O`quvchi uchun dars qiziqarli o`qitilayotgan predmet mazmuniga aylanadi, o`qish jarayoniga ijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo`ladi.
• Har bir o`quvchini o`zi mustaqil fikr yurita olishga, izlanishga, mushohada qilishga olib keladi.
• Interfaol usulda o`tilgan darslarda o`quvchi faqat ta’lim mazmunini o`zlashtiribgina qolmay, balki o`zining tanqidiy va mantiqiy fikrlashini ham rivojlantiradi.Albatta, interfaol darslarni tashkil etishning ham o`ziga yarasha kamchiliklari mavjud.
1. O`quv-biluv jarayoni ko`plab vaqt sarflashni talab qiladi.
2. Interfaol mashg`ulotlarda barcha o`quvchilarni kerakligicha nazorat etib borishning imkoniyati bo`lavermaydi.
3. Juda murakkab materiallar o`rganilayotganda o`quvchilar muammoni to`laqonli, aniq yecha olmaydilar, bunday sharoitlarda o`qituvchining roli past bo`lishi hollari kuzatiladi.
4. Guruhlarda o`quv jarayoni kechayotganda kuchsiz o`quvchilarning ishtiroki tufayli kuchli o`quvchilar ham past ball yoki baho olish hollari kuzatiladi.
Xulosa shuki, bunday sharoitda o`qituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo`yicha mushohada yuritishga, muammolarni o`z vaqtida yecha oladigan qobiliyatga ega bo`lishi kerak.
Interfaol usullarda darsni tashkil etishda o`quvchi shaxsini rivojlantirishni o`ziga-o`zi zamin yaratishdan boshlash kerak.
Ya’ni o`quvchi:
- O`zi mustaqil mutolaa qilish, o`qish asosida bilim olishga;
- O`zini-o`zi anglab yetishga, anglab tarbiya topishga;
- O`z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga;
- O`quv mehnatiga mas’uliyat hissi bilan qarashga;
- O`z faoliyatini mustaqil tashkil eta olish, har bir minutni g`animat bilishga;
- O`quv mehnatiga o`zida xohish-istak uyg`ota olishga;
- Har qanday vaziyatda faollik ko`rsata olishga;
- Ayniqsa, hozirgi tezkor axborot manbalaridan unumli foydalana olishni asosiy va bosh maqsad qilib olishga o`rganmog`i zarur.
Shuning uchun ham hozirgi kunda o`quvchining o`z-o`zini rivojlantirish texnologiyasini yaratish pedagogika, didaktika fani oldida o`z yechimini kutayotgan dolzarb muammolardandir.
Keyingi vaqtlarda o`qituvchilar orasida shaxsga qaratilgan ta’lim nima, interfaol usulda o`qitsh nima uchun zarur? Bu usul qachondan o`quv jarayoniga kirib kelgan? Uning qanday turlari mavjud? Tarkibiy tuzilishi qanday? Uni o`quv jarayoniga qanday olib kirish kerak, uni avvalgi usullardan farqi nimada kabi savollarga duch kelamiz.
Buning uchun shu kunlarda maktablarimizda olib borilayotgan an’anaviy darslarni yana bir marotaba eslab o`tish joizdir. An’anaviy o`qitish XVII asrda Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy tomonidan taklif etilgan.
U o`qitshning yagona klassik tizimini ishlab chiqib, uni sinf - dars sistemasi deb yuritadi. Keyinchalik bu sistema pedagogikada keng tarqalgan. An’anaviy maktab sinf-dars tizimi nomini olish u quyidagicha o`ziga xos an’analarga ega:
• Taxminan bir xil yoki yaqin yoshli bolalar tayyorgarlik darajasi yaqin bolalar sinfini tashkil etadi.
• Sinf yagona reja, dastur, dars jadvali asosida ishlaydi.
• Asosan mashg`ulot turi yagona dars hisoblanadi.
• Dars ma’lum o`quv predmeti, temaga bir xil material ustida ishlaydi.
• O`quvchilar faoliyatini o`qituvchi boshqaradi, har bir o`quvchining bilim darajasini baholaydi, yil oxirida o`quvchini sinfdan-sinfga ko`chirishni ham u hal qiladi.
• Darsliklar asosan uy ishini bajarishda, uyda qo`llaniladi.
An’anaviy dars sxemasi quyidagicha ko`rinishga ega.
Yangi mavzuni —> Mustaxkamlash — Nazorat — Baholash - O`rganish
An’anaviy darsning konseptual holati
Ilmiylik
• O`quvchi tabiatiga mosligi
• Ketma-ketlik, tizimliligi
Tushunarliligi
• Ko`rgazmalilik
• Nazariyaning amaliyot bilan bog`liqligi, amalda qo`llay bilish.

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin