An’anaviy darsning kamchiliklari: - Darsning bir qolipdaligi, bir xilligi;
- Boshlang`ich ma’lumot berilib, uni o`zlashtirish jarayoni uyiga reja, vazifa orqali amalga oshadi;
- O`quvchilar passiv eshituvchi va mustaqilligi yo`q.
- O`quvchilar bir-biri bilan fikr almashadilar, nutqiy fikr almashuv amalga oshmaydi;
- Qayta aloqalar yo`lga qo`yilmaydi;
- Har bir faoliyat o`rtacha o`quvchiga yondashuv asosida kechadi;
- Ta’lim mazmuni asosan o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
4.Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o`qituvchisining innovatsion faoliyati. Hozirgi kunda Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o`qitishning muhim muammolaridan biri bu - maqsadli ta'lim-tarbiyani yo`lga qo`yishdir. Ushbu dolzarb masala xususida Prezidentining “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o`rta maxsus, kasb- hunar ta'lim muassasalarini shunday kadrlar bilan ta'minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga ko`ra ta'lim jarayonida ilg`or pedagogik uslub va texnologiyalar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta'lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanish borasida ilgari surilgan vazifalar bugungi kunda ta'limni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o`qitishda Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari tushuncha va tasavvurlarni egallash, ularni izohlash, ko`nikma va malakani shakllantirish orqali o`quvchilar intellektual qobiliyatlarini jadal o`stirishni maqsad qilib olinadi. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o`qitishda quyidagi innovatsion faoliyatga e’tibor berish tavsiya qilinadi:
Mashg`ulot vositalari Pedagog uchun; O`quv-metodik qo`llanma, metodik tavsiya, metodik ishlanma, o`quv dasturi, dars rejasi, ma’ruza matni.
Talaba uchun; Darslik, o`quv qo`llanma, jadvallar, tarqatma materiallar, yo`l-yo`riqli texnologik xaritalar, tipik xatolar xaritasi, topshiriq varaqasi, interfaol usullar.