Mashg`ulot o`tkazish uchun; Plakatlar, modellar, maketlar, jihozlar, audiovizual, texnik va real vositalar bo`lishi mumkin.
O`quv maqsadlari Fanning o`quv maqsadlari tarmoq standartining har bir ixtisoslik bo`yicha kasbiy tavsifnomada keltirilgan kasb faoliyat turlari, maxsus talablar, ko`nikma va bilimlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilishi lozim, ya’ni tarmoq standarti bilan standartlashtirilgan o`quv dasturlari to`la mos kelishi kerak. O`qitishda o`quv maqsadlarini qo`yish uslubi o`ziga xos xususiyatga ega. Bu talabalar harakatida ifodalanadigan va aniq ko`rinadigan natijalar orqali belgilanadi. O`quv maqsadlarini aniqlash, o`qitishni qayta takrorlash imkoniga ega bo`lish uchun har bir maqsadga erishish mezonini bilish kerak, ya’ni ta’lim maqsadi shunday qo`llanishi kerakki, unga erishganlik haqida aniq xulosa chiqarish mumkin bo`lsin.
Maqsadlarning qo`yilishi... Umumiy maqsadlar - DTS, o`quv dasturidan o`tiladigan mavzu yuzasidan talabalarda qanday bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish muhimligi aniqlashtirilib, shu asosida mashg`ulot maqsadlari belgilab olinadi.
Pedagog maqsadi;
1-ta’limiy mashg`ulot jarayonida talabalarda dunyoqarashni kengaytirish, bilish faoliyati, bilimlarni amaliyotda qo`llash, ma’lum ko`nikma va malakalarni shakllantirish;
2-tarbiyaviy mashg`ulot jarayonida talabalarda mustaqillik, o`zaro munosabat, axloqiy yo`nalishlarni, mustaqil faollikka asos bo`luvchi motivlarni shakllantirish;
3-rivojlantiruvchi mashg`ulot jarayonida talabalarda diqqat, nutq, taqqoslash, refleksiya, aniq yechimlarni izlab topish ko`nikmalarini, mashg`ulotga nisbatan qiziqishni rivojlantirish bilan belgilanadi.
O`quv maqsadlarini aniqlashtirishning ahamiyati O`quv maqsadlarini, ularni alohida qismlarga ajratib aniqlashtirish jahon pedagogikasida keng ommalashgan. Bunday yondashuvga asosan o`quv maqsadlariga erishilganlikni yaqqol aniqlash mumkin. Bunda o`quv maqsadlari tizimi yaratilib, o`zaro bog`liqlik ketma-ketligida joylashtiriladi, ya’ni ularning taksonomiyasi tuziladi. O`quv maqsadlarining bu tizimi xalqaro miqyosda mashhur bo`lib, Blum taksonomiyasi deb nomlanadi.
“Taksonomiya” tushunchasi grekcha - tartib bilan joylashtirish bo`lib, biologiya fanidan olingan. U obyektlarni, ularning o`zaro bog`liqligiga asoslanib va toifalari murakkablashib boradigan ketma-ketlikda joylashtirib turkumlash va tizimlashtirishdir. Blum taksonomiyasini qo`llash, o`qitish maqsadlarini umumlashgan holda bayon qilish imkoniyatini beradi. Undan foydalanilganda pedagog maqsadlarni ajratadi va aniqlashtiradi hamda tartibga soladi. Bu taksonomiya yordamida pedagog nafaqat o`quv maqsadlarini aniqlashtirishga, balki ularni o`zaro bog`liq bo`lgan qat’iy kema-ketlikda joylashtirishga muvaffaq bo`ladi.