O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi milliy g’oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o’qitish texnologiyalar va loyhalashtirish


Innovatsiya tushunchasi va innovatsion texnologiyalar



Yüklə 3,15 Mb.
səhifə13/73
tarix20.11.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#164455
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73
3--Укув материаллар (маъруза матни)

1. Innovatsiya tushunchasi va innovatsion texnologiyalar.
Innovatsiya (inglizcha innovation)-yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o`qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o`zgarishlar kiritish bo`lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda yosh avlodga chuqur bilim beradigan, fikrlash doirasi keng, kasbiy ko`nikmalarga ega bo`lgan, huquqiy demokratik jamiyat a’zolarini ozod va erkin yashashga, mustaqil fikr yuritishga o`rgata oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifa qilib belgilangan. «Ilgari biror bir mamlakatning taraqqiyoti va kuch-qudratini ifodalash va baholash uchun uning mavjud bo`lgan tabiiy boyliklari va iqtisodiy salohiyati haqida so`z yuritilar edi. Bugun dunyo taraqqiyotning shunday bosqichiga qadam qo`ydiki, har qanday millat va davlat imkoniyatlarining hal qiluvchi belgisi bu- ma’rifat, insonlarning intellektual, kasbiy va ma’naviy salohiyatidir»-deb ta’kidlaydi I.A.Karimov.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi asosiy tamoyillardan biri - bu ta’lim tizimini tuzilishi va mazmun jihatidan isloh qilish uchun o`qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash, yuqori malakali, raqobatga qodir mutaxassislar tayyorlash bo`yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg`unlashtirish, ilg`or pedagogik texnologiyalarni, pedagogik innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga kiritish hisoblanadi.
Ammo ilg`or pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar o`z-o`zidan ta’lim tizimiga kirib kelmaydi. Bu o`qituvchi faoliyati va uning motivatsiyasiga bog`lik jarayon. O`qituvchi faoliyatini o`zgartirmay turib uning mas’uliyati va faolligini oshirmasdan ta’limda bir qadam oldinga siljib bo`lmaydi. Akademik A.N. Leontev «Dunyoni idrok qilishning birinchi sharti -faoliyat, ikkinchi sharti - tarbiyadir. Faoliyat jarayonida; kishilarning qobiliyati, bilim va malakalari shakllanadi, demak, faoliyat ijtimoiy hodisa bo`lib, hayotiy kurashning asosiy shartidir.
Pedagogik faoliyat, uning tuzilishi va tarkibiy qismlari haqida juda ko`p olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Jumladan, S.L.Ko`zmina o`z tadqiqotlarida pedagogik faoliyatning geneseologik (bilish), loyihalash, tashkilotchilik, kommunikativ tarkibiy qismlari mavjud ekanligini bayon etib o`tgan.
Bugungi kunda pedagogika sohasida yangi ilmiy yo`nalish - pedagogik innovatsiya va ta’lim jarayonini yangilash g`oyalarining paydo bo`lishi natijasida o`qituvchining pedagogik faoliyatida ham yangi yo`nalish «o`qituvchining innovatsion faoliyati» tushunchasi paydo bo`ldi.
Pedagogikada innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion pedagogika, ta’limda innovatsion jarayonlarni boshqarish kabi tushunchalar XX asrning 60-yillarida dastlab, AQSh va g`arbiy Yevropa mamlakatlarida «ta’lim texnologiyasi» tushunchasi e’tirof etilgan vaqtda paydo bo`ldi. Usha vaqtdayoq Yevropada pedagogik innovatsiyalar markazi va instituti tashkil etildi. Bu tushunchalarning paydo bo`lishi va innovatsion ta’lim nazariyasining yaratilishi to`g`risida ma’lumot beruvchi manbalar taxlili shuni ko`rsatadiki, bu tushunchalar ta’lim tizimini texnologiyalashtirish, pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimiga kiritish orqali ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim samaradorligini oshirish, shaxs ijtimoiylashuvini ta’minlash, bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishish uchun ta’lim jarayonida bolaga do`stona munosabatlarni shakllantirishga urinish natijasida vujudga keldi. Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida o`tgan asrning 80-yillari ikkinchi yarmida pedagogik faoliyat bu — ijodiy jarayon va pedagogik innovatsiyalar birlashmasi, degan yangi ilmiy yo`nalish tarkib topdi. Bu esa o`qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatining shakllanishi va rivojlanish jarayonini tahlil qilish imkonini berdi.
O`qituvchi innovatsion faoliyatining umumiy va aloxida jihatlarini K.Angelovskiy, G.I.Gorskaya, V.A.Kan-Kalik, S.L.Ko`zmina, V.A.Slastenin, L.M.Fridman kabi olimlar o`zlarining ilmiy tadqiqot ishlarida yoritib berdilar. Mamlakatimizda pedagogik innovatsiyani rivojlantirish muammolari ustida pedagog olimlardan N.Azizxo`jayeva, B.Farberman, U.Nishonaliyev, N.Sayidaxmedov, M.Ochilovlar ilmiy izlanishlar olib bormokdalar.
I.Shumpater va N.Kondratevlar «Innovatsiya» tushunchasining ilk va ulkan nazariyachilari hisoblansalar, K.Angelovskiy, V.A Slastenin va V.I.Slobadchikovlar o`z ilmiy tadqiqotlarida innovatsion faoliyat pedagogik faoliyatning alohida shakli ekanligini isbotlashga harakat qildilar hamda bu borada muayyan natijalarga erishgan olimlar, deb tan olinadilar. Jumladan, V.I.Slobadchikov shunday yozadi: «Avvalo, innovatsion faoliyatni ilmiy ijodiyot sohasidagi faoliyatga o`xshatib bo`lmaydi, chunki bunday o`xshatish «Innovatsion faoliyat» termini ma’nosini sayozlashtirib yuboradi. Chunki har qanday ilmiy-texnikaviy faoliyat o`z tabiatiga ko`ra innovatsion hisoblanadi. Shuning uchun innovatsion faoliyatni ma’lum bir ijtimoiy amaliyot maydonida ko`rib chiqish zarur. Bu amaliyotni konkret subyekt nuktayi nazaridan va amaldagi an’anaga nisbatan jiddiy o`zgarishlarga olib keladigan har qanday faoliyatni innovatsion deb hisoblash mumkin».
Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, 80-yillarda pedagogik faoliyatni avvaldan puxta ishlab chiqilgan dastur g`oyalariga muvofiq amalga oshirish va dasturlashtirilgan mustaqil malaka oshirishni tashkil etish tashabbusi ko`tarildi. Natijada, o`qituvchilarning masofadan malaka oshirish tizimini yaratish kun tartibidagi asosiy masalaga aylandi.
«Innovatsion faoliyat» tushunchasini tahlil qilar ekanmiz: G.A.Mkritichyanning bu haqdagi fikri diqqatga sazovar: - «Pedagogik tajriba-sinov faoliyatining 3 ta asosiy shaklini ajratish mumkin: xususiy tajriba, tajriba-sinov ishi, o`qituvchining innovatsion faoliyati. Pedagogik faoliyatda innovatsiyalar qancha ko`p bo`lsa, o`qituvchi xususiy eksperimentni shuncha yaxshi tushunadi»
Innovatsion faoliyat - pedagogning o`z kasbini takomillashtirishdagi mavjud shakl va vositalarni egallashga ijodiy yondashuvini nazarda tutadi. Ta’limdagi innovatsiyalar va innovatsion pedagogik faoliyat haqida barqaror va hammaga ma’qul bo`lgan ilmiy tasavvurlar va tasniflar shu paytgacha mukammal tarkib topgan emasligini ham e’tirof etish lozim. Bunday holatning asosiy sabablaridan biri ta’limga yo`naltirilgan ilmiy bilimlar tizimlari o`rtasidagi qiyinchilik bilan yengib o`tiladigan uzilishlardir. Yana muhimroq sabab esa ta’limiy bilim va amaliy pedagogik faoliyat o`rtasidagi uzilishdir. O`qituvchi innovatsion faoliyatning subyekti va tashkilotchisi sifatida yangilikni yaratish, qo`llash hamda ommalashtirishda ishtirok etadi. U fandagi bilim, an’analardagi o`zgarishlar mazmunini va mohiyatini tahlil eta bilishi kerak.
Innovatsion faoliyat tushunchasi innovatsiya, innovatsion jarayon kabi tushunchalar bilan chambarchas bog`liq. Shu sababli bu tushunchalar mazmunini izohlamasdan turib, innovatsion faoliyat mazmunini anglash mumkin emas.
Innovatsiya - amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo`lib, ijtimoiy-madaniy obyekt sifatlarini yaxshilashga yo`naltirilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimidir. Bu g`oya nazariyasi mohiyatining yaratilishiga nisbatan turli yondashuvlar va fikrlar mavjud bo`lib, uning mohiyati borasida fanda yagona fikr mavjud emas.

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin