Ta’lim vositalari oltita turga bo`linadi:
Matnli vositalar.
Tasvirli vositalar.
Audio vizual vositalar.
Yordamchi (jixoz) vositalar.
Modelli vositalar.
Real vositalar.
Matnli vositalar-O`qituvchi va o`quvchilar uchun: o`quv predmetini o`qitish metodikasi bo`yicha qo`llanmalar, shaxsiy metodika, o`qituvchilar tomonidan tayyorlangan metodik ishlanmalar, mantiqiy strukturalar, fan darsliklari, mavzu yuzasidan kelib chiqqan holda Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslarida badiiy adabiyotlar, fan bo`yicha ma’ruzalar matni.
Tasvirli vositalar- o`quv materialini ko`rgazmali namoyish etishga, uni tizimli etkazib berishga yordam beradi; talabalarga o`quv materialini tushunishlariga va yaxshi eslab qolishlariga imkon beradi (videoproyektor, Vidiofilmlar, rasmlar, haykallar, portret).
Audio vizual vositalar-Matnga ovoz berish, Lingafon vositalari, radio eshittirishlaridan foydalanish, stenogramma matreallari, turli xildagi disklar va hakozolar.
Yordamchi (jixoz) vositalar- Grafoproyektor, Doska-bloknot, Doska-stend, Flipchart, va boshqalar).
Modelli vositalar- grafiklar, chizmalar, sxema, xaritalar
Real vositalar- Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari darslarida muzey eksponatlari, maket va mulyajlar, arxeologik matreallar, Milliy g‘oya, ma’naviyat asos obyektlar.
3.Ta'lim vositalarini tanlashni aniqlovchi omillar, grafik organayzerlar.
Ta’lim vositalarini tanlashni aniqlovchi omillar: maqsadni belgilash; o`quv axborot mazmuni; ta’lim vositalari; yetakchi bilim manbai; o`quv materialining yangiligi va murakkabligi.
Grafikli organayzerlar texnikasi
Dostları ilə paylaş: |